Qayta tiklash usullari:
1-usul. Ishlar panelidagi mos tugma sichqoncha yordamida bosiladi.
2-usul. Oyna nomi joylashgan qatorning ihtiyoriy joyiga sichqoncha ikki marta bosiladi.
3-usul. [Alt]+[Tab].
Oynani butun ekranga yoyish uchun:
1-usul. O’ng burchakdagi « » belgili tugmaga “sichqoncha” bosiladi.
2-usul. Oyna nomi joylashgan qatorning ihtiyoriy joyiga sichqoncha ikki marta bosiladi.
3-usul. Sistema menyusida «Восстaновить» buyrug’i tanlanadi.
Butun ekranga yoyilgan oynani avvalgi holatiga qaytarish uchun:
1-usul. O’ng burchakdagi « » belgili tugmaga sichqoncha bosiladi.
2-usul. Oyna nomi joylashgan qatorning ihtiyoriy joyiga sichqoncha ikki marta bosiladi.
3-usul. Sistema menyusida «Восстaновить» buyrug’i tanlanadi.
Oynani yopish oynadagi dastur ishini tugatishdir.
Yopish usullari:
1-usul. O’ng burchakdagi «X» belgili tugmaga “sichqoncha” yordamida bosiladi.
2-usul. Sistema menyudan «Закрыть» (yopish) tanlanadi (yana [Alt]+[F4])
3-usul .Oyna menyusida Файл / Выход buyrug’i tanlanadi.
7.11. Kontekst-menyu
Belgilangan obyekt ustida bir necha amallarni bajarish mumkin. Bu amallar obyektning holatiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Oynada bunday obyektlardan bir qanchasi bo’lishi mumkin. Oyna menyusidan hamma obyektlarning amallari joylashtirilsa, menyu kattalashadi, ekranda ortiqcha axborotlar ko’payadi, kerakli yozuvni topish qiyinlashadi. Shuning uchun kontekst-menyu tushunchasi kiritilgan. Kontekst-menyu – har bir obyekt uchun alohida aniqlangan menyu bo’lib, unda faqat shu obyektgagina tegishli amallar joylashgan bo’ladi. Bu menyudagi qatorlar obyektning joriy holatiga bog’liq tarzda o’zgarib turadi. Kontekst-menyu obyektga sichqonchaning o’ng tugmasini bosish orqali chaqiriladi (yoki [Shift]+[10]).
Misol. Ekranda bir yoki bir nechta oyna ochib qo’yilgan. Ishlar paneliga “sichqoncha”ning o’ng tugmasini bosib, kontekst-menyuni кuzаtsаk, unda 5 qator borligini ko’ramiz. Shu erdan «Свернуть все» buyrug’ini tanlaymiz. Bunda ochilgan barcha oynalar «yig’ishtiriladi». Endi ishlar paneli kontekst-menyusini ochsak, unga «Отменить свертывaние» qator ham qo’shib qo’yilgan bo’ladi. Shu qator tanlansa, oynalarni yig’ishtirish bekor qilinadi, ya’ni oynalar ekrandagi avvalgi holatiga qaytadi.
Bu menyuning boshqa qatorlarini ham o’rganib olaylik.
1. «Каскадом» qatori tanlansa, ekrandagi ochilgan oynalar oynasining yuqori chap qismlari ko’rinadigan holda ustma-ust tartiblanadi.
2. «Сверхy вниз» qatori tanlansa, ekrandagi ochiq oynalar ekranni gorizontal holda teng bo’lib olishаdi.
3. «Слевa направо» qatori tanlansa, oynalar vertikal ravishda bir – birini bosmasdan joylashadi.
4. «Свойствa» qatori tanlansa, ishlar panelining xossalarini chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |