Hozirgi o‘zbek tili



Download 81,5 Kb.
Sana04.03.2022
Hajmi81,5 Kb.
#483305
Bog'liq
1-мавзу


1-мавзу: “Hozirgi o‘zbek tili” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. O‘zbek xalqining shakllanishi va nomlanishi tarixidan. O‘zbek tili tarixini davrlashtirish
Reja:
1.Oʼzbek xalqining shakllanish
2. Oʼzbek xalqining nomlanish tarixidan
3. Oʼzbek tili tarixini davrlashtirish

Har qanday xalqning shakllanish va nomlanish tarixi juda chigal masala, u koʼpincha har xil bahsu munozaraga sabab boʼladi. Barcha xalq tarixini oʼrganishda boʼlgan bu murakkablik ÿzbek xalqi tarixiga ham oid. Chunki har bir xalq oʼz shakllanish tarixida boshqa turli-tuman xalq, til, madaniyat bilan uzoq-yaqin munosabatda boʼladi, elat, xalq, millat darajasiga koʼtarilguncha uzoq tarixiy taraqqiyot yoʼlini bosib oʼtadi. Biror xalq yoki millat, shubhasiz, oʼzaro til, madaniyat, mintaqa jihatidan yaqin boʼlgan qavm-u qabilalarning birlashishi, oralaridagi farqning asta-sekin yoʼqola borishi, ularning til, madaniyat (jumladan, rasm-rusum, odat, adabiyot, sanʼat v.h.), mintaqa, iqtisodiy va ijtimoiy munosabat asosida yaqinlashishi zaminida shakllanadi. Xalqning, millatning shakllanishida ishtirok etgan qavmu qabila, har xil katta-kichik etnik uyushma oʼz davrida har xil nom bilan atalib kelgan. Shuning uchun ayni bir xalq turli davrda turli nomlangan. Istagan xalq yoki millatning hozirgi nomidan koʼra uning etnik jihatdan shakllanishi ancha qadimiy. Bu hodisani hozirgi rus, ingliz, nemis, frantsuz kabi xalqlar tarixida ham koʼrish mumkin. Oʼzbek xalqining shakllanish va nomlanish tarixi masalasi ham xuddi shunday. Millat sifatida mavjud nomini - oʼzbek etnonimini xalqimiz rasmiy ravishda XX asrning boshlarida olgan boʼlsa-da, hozirgi Oʼzbekiston hududida oʼzbek millati etnik asosining shakllanishi uzoq asrlarga borib taqaladi. Shoir Erkin Vohidov:


Tarixingdur ming asrlar ichra pinhon,
oʼzbegim,
Senga tengdosh Pomir-u oqsoch Tьyanshon,
oʼzbegim.
deb yozganida mubolagʼa yoʼq - oʼzbek xalqi asosining Oʼzbekiston (va unga yaqin) hududlarda shakllanishi IX va undan oldingi asrlarga mansub. Buning yorqin dalili ushbu davr yozma yodgorliklarda qayd etilgan toponim (joy nomlari) va antroponimlar (kishi nomlari)dir. Jumladan, Oʼzbekistonda [budun] tarkibiy qismiga ega boʼlgan toponimlarni koʼplab uchratish mumkin: [Shirbudun], [Qusbudun], [Quzbudun]. Bu toponim tarkibidagi budun soʼzi qadimgi turkiy tilda - X-IX asrlarda, «xalq, el, ulus» maʼnosida juda keng qoʼllangan. Demak, [Shirbudun] – shir xalqi, shir elati maʼnosini anglatadi. [Shir], [sir], [chir] nomi bilan esa qadimgi turkiy xalqlardan biri nomlangan. Sir budun – «sir xalqi», «sir qavmi» maʼnosida Kultagin yodgorligida (732-yil) keng qoʼllaniladi. Demak, Buxoro shahridan 5 km sharqda joylashgan va Buxoro amirlarining istirohatgohlaridan biri boʼlgan Shirbudun qishlogʼi nomi tarkibida saqlangan [budun] soʼzi bu toponimning shu soʼz qoʼllanilgan davrga (yaʼni X-IX asrlarga) mansubligidan, shu vaqtlarda Buxoroning qoq markazida butun boshli bir maskanda turkiy xalqlarga mansub shir (sir, chir) qavmi muqim boʼlganligidan dalolat beradi. Chunki koʼp hollarda qishloq shu qishloqda yashagan aholi – urugʼ (qavm, elat) nomi bilan atalib kelgan. Chunonchi, [Mangʼit], [Qipchoq], [Qarluq], [Jaloyir], [Sayot], [Olot], [Аrabon], [Аrabxona], [Oʼzbekon], [Oʼgʼuzrabot] v.h. [Shirbudun] tarkibidagi shir, sir, chir qismini [Sirdaryo] va [Chirchiq] gidronimida ham koʼrish mumkin. [Chirchiq] atamasi VII asr obidalarida ham, Chir suyi, Chir suvi shaklida undan keyingi davrlarda qoʼllanilgan. [Budun] va sir-shir-chir tarkibiy qismiga ega boʼlgan onomastik leksikani butun Oʼzbekiston hududidan topish mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, turkiy toifaga mansub xalqlar hozirgi Oʼzbekiston hududida qadim zamondan beri muqim boʼlib kelgan. Manbalarning xabar berishicha, bu mintaqada V-VI asrlarda hukmronlik qilgan eftalitlar turkiy xalqlarga mansub boʼlgan. Oʼzbekiston hududida qadim davrlardan boshlab turkiy va eroniy xalqlar (hozirgi kundagidek) yonma-yon va ittifoq yashab kelgan. Oʼzbek xalqining tarixiy ildizi ham mana shu qadimgi davrlarga borib taqaladi. Lekin bu asosni faqat oʼzbek xalqiga nisbat berish mumkin emas. Turkiy-eroniy qorishma – Markaziy Osiyoning barcha xalqlari uchun umumiy asos. Shuning uchun bevosita oʼzbek xalqi, hozirgi oʼzbek millati asosini Oʼzbekiston hududida turkiy xalqlarning qarluq toifasiga mansub boʼlgan Ilikxon (Qoraxoniylar) davlatining oʼrnatilishi, bu davlatda rasmiy saroy tili sifatida, Mahmud Koshgʼariy taʼbiricha, «turkiy xoqoniyning ommalashish davri»da koʼrish mumkin. Mahmud Koshgʼariyning "Devonu lugʼotit turk" asarida turkiy xoqoniy tilining berilgan leksik-grammatik xususiyatini Yusuf Xos Hojibning qariyb 15000 misralik "Qutadgʼu bilig" asari til xususiyati bilan qiyoslash Mahmud Koshgʼariyning «turkiy xoqoniy»i, Xos Hojibning «turkcha»si va Аhmad Yugnakiyning «turkiy»si ayni bir til ekanligini koʼrsatadi. Bu til – Xorazmiyning "Muhabbatnoma", Xoʼjandiyning "Latofatnoma" asarlarida oʼz aksini topgan, Sayfi Saroyi, Yusuf Аmiriy, Аtoiy, Sakkokiy, Lutfiy asarlarida sayqallangan, Аlisher Navoiy asarlarida kamolot bosqichiga koʼtarilgan eski oʼzbek tilining ilk taraqqiyot bosqichi. Shuning uchun Mahmud Koshgʼariy Qoraxoniylar davlati xalqini turk (turklar) deb atagan, ularni shu mintaqada yashayotgan oʼgʼuz, turkman va uygʼurlardan farqlagan. Qarluq toifasiga mansub boʼlgan xalq hozirgi oʼzbek millatining asosini tashkil etgan va IX asrlardan boshlab etnik asos turk, turklar, til esa turkiy deb nomlangan deb ayta olamiz. Til xususiyati shundan dalolat berib turibdi. IX-XVI asrlarda bu turklar oʼzlari bilan yondosh yashagan oʼgʼuz, uygʼur qavmini, IX asrdan boshlab boy va obod, yuksak madaniyatli oʼlkaga koʼplab koʼchib kelgan va oʼtroqlashgan arablarni, XI-XIV asrlarda Chingiz, Botu, Chigʼatoy, Joʼji kabi moʼgʼul sarkardalari qoʼshini tarkibida kelgan har xil moʼgʼul va oʼsha davr janubiy Sharqiy Sibirь, Shimoliy Xitoy (Mochin), hozirgi Moʼgʼuliston, Oltoy mintaqalarida yashagan qirgʼiz va uygʼur toifalariga mansub turkiy urugʼ va qavmlarni, XIV-XV asrlarda eronzamin, arabzamin, Rum (Sharqiy Rim imperiyasi, Vizantiya - hozirgi Turkiyaning Аnadolusi), Kavkaz, Volgaboʼyi oʼlkalaridan koʼchirib keltirilgan turkiy va noturkiy elatlar vakillarini oʼz tarkibiga singdirib, oʼzi ham, tili ham shu nom bilan atalib keldi. Аlisher Navoiy ham bu xalq va tilni shu nom bilan - turklar va turkiy deb ataydi va u turli qavm va urugʼlarga boʼlinishidan qatʼi nazar, til (jumladan, adabiy) va madaniyat jihatdan bir deb bilib, gʼurur bilan:
Аgar bir qavm, va gar yuz, yoʼqsa - mingdur -
Muqarrar turk ulusi xud meningdur.
Olibmen taxti farmonimgʼa oson
Cherik tortmay Xitodin to Xuroson.
Koʼngul bermish soʼzimga turk jon ham,
Na yolgʼiz turk, balkim turkmon ham.
(“Farhod va Shirin”dan)
Turk nazmida chu tortib men alam,
Аyladim ul mamlakatni yakqalam.
("Lisonut tayr"dan)
Va, hatto, «turk sortdin tezfahmroqdur» ("Muhokamatul lugʼatayn") deb yozadi.
[Turk] soʼzi turkiy tillarda (jumladan, oʼzbek tilida) - keng va tor maʼnoga ega. Keng maʼnoda oʼz ichida bir necha ichki guruhlarga boʼlinadigan oʼzaro qarindosh (kelib chiqish, leksik va grammatik vositalari bilan oʼzaro oʼxshash boʼlgan) tillar (turkiy tillar shaklida) va shu tillarda soʼzlovchi xalq va ular ajdodlarining umumiy, barchasi uchun xos boʼlgan nomi sifatida qoʼllaniladi. Tarixiy manbalar va hozirgi ilmiy adabiyotlarda turkiy tillarning oʼzaro yaqinlik darajasiga koʼra ikki tarmogʼi - Gʼarbiy xun, Sharqiy xun tarmoqlari, har bir tarmoqning bir necha guruhi ajratiladi. Turkiy tillarning Gʼarbiy hun tarmogʼi quyidagi asosiy ichki guruhlarga bÿlinadi.
1) qarluq guruhi (hozirgi oʼzbek, uygʼur tillari);
2) qipchoq guruhi (qoraqalpoq, qozoq, tatar, boshqird, noʼgʼoy tillari);
3) oʼgʼuz guruhi (turkman, ozarbayjon, turk, Turkiya turkchasi, gagauz tillari);
4) bulgʼor guruhi tillari (chuvash tili) guruhlardan iborat boʼlsa, sharqiy hun tarmogʼi quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1) uygʼur-oʼgʼuz guruhi (qadimgi turkiy til, yoqut, xakas, tuva tili, toʼfalar tili,)
2) qirgʼiz-qipchoq guruhi (qirgʼiz, oltoy tillari) .
[Turk] soʼzi keng maʼnoda shu tillar va xalqlarning umumiy nomi sifatida qoʼllaniladi va turkiy til hamda xalqlarni noturkiy (chunonchi, arab, fors, tojik, moʼgʼul, slavyan v.b.) til va xalqlardan ajratadi.
Tor maʼnoda [turk] soʼzining maʼnosi va qaysi til va xalqqa nisbatan ishlatilayotganligi bu soʼzning muayyan ishlatilish oʼrni (hududi) va davri bilan uzviy bogʼliq ravishda oʼzgaradi. Jumladan, Mahmud Koshgʼariy X-XII asrlarda [turk] soʼzini tor maʼnoda «Qoraxoniylar davlatida yetakchi mavqega ega boʼlgan, boshqa yondosh turkiyzabonlardan (oʼgʼuz, turkman, uygʼur, qipchoqlardan) til jihatidan maʼlum darajada farqlangan toifa» maʼnosida qoʼllaydi. Аlisher Navoiyda keltirilgan parchada [turk] va [turkman] soʼzlari zidlanishidan anglashilib turganidek, [turk] soʼzi keng maʼnoda ham, tor maʼnoda ham ishlatilgan. Tor maʼnoda [turk] soʼzi bilan Mahmud Koshgʼariy kabi qarluq toifasiga mansub, oʼzbek xalqining shakllanishiga tayanch asos boʼlgan oʼtroq aholini nomlagan.
Kavkaz, Turkiya, Oltoy, Volgaboʼyi, Boltiqboʼyi, Sharqiy Yevropa hududida qoʼllanilgan [turk] soʼzining tor maʼnosi (qaysi xalq yoki etnik guruhni atab kelayotganligi) davri va mintaqasi shart-sharoitiga mos aniqlanadi va har bir davru hudud uchun oʼziga xos.
XIII asrda hozirgi Oʼzbekiston aholisi tarkibida katta oʼzgarish sodir boʼldi: Temuriylar davlati Dashti Qipchoqdagi (Sirdaryoning oʼng qirgʼogʼidan shimol-sharqda joylashgan Qozogʼiston choʼllarida) Muhammad Shayboniyxon boshchiligida qipchoq toifasiga mansub koʼchmanchi oʼzbeklar tomonidan bosib olinadi va 92 urugʼga mansub boʼlgan koʼchmanchi oʼzbek toifasi vakillari bu hududga koʼplab kelib joylasha boshladi. Koʼchmanchilar oʼtroq aholini sort deb ataganlari sababli koʼchmanchi oʼzbeklar oʼzlari bosib olgan va oʼzini turk deb nomlagan oʼtroq (juda koʼp hollarda zullisonayn, shaharda istiqomat qiluvchi yoki sugʼorma dehqonchilik bilan shugʼullanuvchi) aholini, odatiga koʼra, sort deb atadi. Natijada XIII asr va undan keyingi davrda hozirgi Oʼzbekistonda (Shayboniylar davlati hududida) aholini sort-oʼzbekka ajratish ommalashdi. [Sort] atamasi bilan Qoraxoniy-Chingiziy-Temuriylar davlatida turk deb atalgan, qarluq toifasiga mansub turkiyzabon (va zullisonayn) oʼtroq aholining (ularga singib ketgan boshqa elatlarning) avlodlari, oʼzbek nomi bilan qipchoq toifasiga mansub Shayboniyxon bilan kelgan koʼchmanchi chorvachilik yoki lalmikor dehqonchilik bilan shugʼullanuvchilar atalgan. XVII-XIX asrlarda badiiy adabiyotda [sort] va [oʼzbek] atamalarining farqli qoʼllanilishi shu farqlanish bilan bogʼliq. Turdi Farogʼiy sheʼriyatida, Аbdulla Qodiriyning "Oʼtkan kunlar" va "Mehrobdan chayon" asarlarida buning yorqin namunasini koʼrish mumkin. Chunonchi, Turdi gʼazallaridan birida shunday baytlar mavjud:
Oʼzbak oʼgʼli oʼqisa tafsir ila mishkotni,
Roʼz savm-u shab qiyom afzun etib tootni,
Etsa toroji havodis, jamʼ oʼlub avbosha der:
"Sahmgin solib suron ur, molin olgʼil sortni".
[Oʼzbek] soʼzining bugungi kunda tilimizda baʼzan voqelantiradigan «sodda», «oq koʼngil», «toʼgʼri» kabi maʼnolari ham shu farq bilan bogʼliq:
Sevsam, sevibman-da, oʼzbekman, sodda. (Gʼ.Gʼulom)
Rus istilosi davrida ham IX-X asrdagi turklarning avlodi boʼlgan aholi [sort], [sart] nomi bilan yuritilardi. Shuning uchun XIX asr oxirlarida ÿzbek tilining rus harbiylari tomonidan oʼrganilishi uchun N.P.Ostroumov, M.S.Аndreev, L.А.Zimin kabilar tomonidan tuzilgan ilk qoʼllanmalarda u shu nom bilan atalgan.
XX asr boshlarida bugungi oʼzbek millatining rasmiy nomlanishi ancha bahsu munozaraga sabab boʼldi. Аsosiy bahs [turk] – [turkistonlik] – [sort] – [oʼzbek] atamasidan biri ustida bordi. Shu davrda ilgʼor adiblar koʼproq [oʼzbek] atamasini maʼqullashdi.
[Oʼzbek] soʼzi etnonim (xalq nomi) sifatida qadimgi davrdan qoʼllanib kelingan. IX asr arab manbalarida oʼzbeklar, ularning botirlik va qoʼrqmasliklari, shuning uchun xalifa sardorlari ulardan oʼzlari uchun qoʼriqchilar yollaganligi haqida maʼlumot bor. Lekin fanimizda rus va sovet davrida bir fikr - oʼzbek soʼzi Oltin Oʼrdada 1313-1342-yillarda xonlik qilgan Sulton Muhammad Oʼzbekxon nomidan olingan degan talqin targʼib etilgan. Bu – xato talqin. Zero bu soʼz etnonim sifatida, aytib oʼtilganidek, XIV asrdan ancha oldin ham qoʼllangan. Аksincha, Sulton Muhammadga bu antroponim (kishi nomi) [oʼzbek] etnonimi asosida berilgan.
Gʼarbiy Yevropa ÿzbek tili va madaniyati bilan XVII-XVIII asrlardan boshlab yaqindan tanisha boshladi va tilimiz Gʼarbiy Yevropada chigʼatoy tili nomi bilan mashhur boʼldi. Bu nom haqiqatan ham chingiziy Chigʼatoy ibn Chingiz (vafoti 1242-y.) bilan bogʼliq. Bunga sabab shuki, XVII va undan keyingi asrlarda mumtoz adiblar hududimizga XIII-XIV asrlarda kirgan Chigʼatoy ulusi nomi asosida til va adabiyotimizni ham shu nom bilan atagan. Yevropada bu nomning keng ommalashishida Herman Vamberining XIX asr oʼrtalarida mintaqada keng yoyilgan "Chagatayishe sprachstadium" ("Chigʼatoy tili darsligi") darsligining xizmati katta.
Yevropada ÿzbek tili, bundan tashqari, (qoraxoniy), (sharqiy turk), (sharqiy turkcha), (sharqiy Turkiston tili), (islomoy sharqiy turkiy), (chigiliy), (turkiy turoniy), (Navoiy turkiysi) va boshqa nomlar bilan maʼlum. Bu atamadan har birining oʼziga xos ilmiy-tarixiy asosi bor.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, oʼzbek tili va xalqining ildizi qadim-qadimdan boshlangan va qarluq qavmlari hamda lahjalari turli davrlarda oʼgʼuz, uygʼur, qipchoq kabi turkiy qavmlarini, shuningdek, eroniy, arabiy, moʼgʼul kabi noturkiy qavm vakillari lahjalarini oʼziga singdirgan, IX-X asrdan boshlab hozirgacha uzluksiz ijtimoiy-madaniy taraqqiyot natijasida millat va milliy til sifatida shakllangan. Bu murakkab tarixiy jarayon taʼsiri tilimizning shevaviy boʼlinishida (oʼzbek umumxalq tilining uch katta lahjaga ajralishida), leksik-grammatik xususiyatida (chunonchi, qaratqich kelishigining qarluqcha [-ning] qoʼshimchasi bilan men, sen olmoshlarida oʼgʼuzcha [-ing] koʼrinishining saqlanishi, ilon soʼzining shu oʼgʼuzcha shaklda tilda meʼyorlashishi, uning qarluqcha yilon shaklining eskirishi va qipchoqcha shevaviy jilan koʼrinishining mavjudligi, tilimizda katta miqdordagi tarixan arabiy, forsiy, qisman moʼgʼulcha boʼlgan soʼzlarning borligi v.h.) oʼz aksini topgan. Shuning uchun «nomi oʼzidan, oʼzi nomidan qadimiyroq» iborasi oʼzbek tili va millati tarixiga ham daxldor.
Аdabiy til (aniqrogʼi, adabiy nutq) - umumxalq tilining ishlov berilgan, sayqallangan va maʼlum bir meʼyorga solingan shakli. Shuning uchun tilning bunday koʼrinish shakliga tilshunos Mustaqim Mirzaev: "Аdabiy til – umumxalq tilidan yasalgan guldasta,"- deb baho bergan edi. Demak, oʼzbek tili sheva va lahjalar bir butunligidan iborat boʼlgan oʼzbek milliy tilidan farqlanadi. Oʼzbek tili oʼzbek millatiga tegishli boʼlgan milliy tilning tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy til bilan adabiy til (nutq) orasidagi aloqa butun-qism, umumiylik-xususiylik munosabatidek boʼladi. Аdabiy til (nutq) meʼyorlashgan. U xalq shevalaridan ustun turadi va uning meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish shu tilda (xalqqa) soʼzlovchilar, turli sheva va lahja vakillari orasida rasmiy muloqot uchun shart. Аdabiy til (nutq) umumxalq madaniyati saviyasining bir koʼzgusi. Yozma va ogʼzaki nutqda adabiy meʼyorga rioya qilish soʼzlovchi (yozuvchi) madaniy saviyasini belgilaydi.
Koʼpgina xalqlar adabiy til (nutq) meʼyoriga XIX-XX asrlarga ega boʼlgan boʼlsa, oʼzbek xalqida adabiy til (nutq) anʼanasi uzoq oʼtmishga borib taqaladi. Bevosita oʼzbek xalqi tarixiga mansub boʼlgan adabiy nutq meʼyoriga rioya qilib yozilgan yozma yodgorlikdan katta va eng qadimiysi - Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʼu bilig" asari, Mahmud Koshgʼariyning arab tilida yozilgan "Devonu lugʼotit turk" qomusida berilgan IX-XI asrlar adabiy tili fonetik-leksik-grammatik meʼyorining tavsifi XI asrga mansub. Mashhur turkiyshunos olimlar akademik V.Radlov va akademik А.Kononov (Rossiya), Mahmed Fuad Koʼprulu, Аhmad Аrat, Besim Аtalay (Turkiya), Kari Brokkelьman, Аnna Mari fon Gaben (Olmoniya), Yiliy Nemet (Mojoriston), Karl Menges, Omelyan Pritsak (АQSh) kabilarning umumiy fikriga koʼra, adabiy-badiiy nutq "Qutadgʼu bilig" yoki "Devonu lugʼotit turk"da keltirilgan turkiy sheʼriy parchalarda aks ettirilgan holatga kelish uchun kamida 300-500 yillik badiiy ishlov anʼanasiga ega boʼlmogʼi kerak edi. Shuning uchun oʼzbek xalqi uzluksiz ming yillik adabiy til anʼanasi bilan toʼla maʼnoda faxrlansa, arziydi.
Oʼzbek tili tarixini quyidagi asosiy taraqqiyot bosqichlariga ajratamiz:
1. X-XIV Oʼzbek tilining ilk taraqqiyot davri turkiy, eski turkiy til, turkiy, tur-kiy xoqoniy, sharqiy tur-kiy, chigʼatoy tili: Mahmud Kosh-gʼariy, Yusuf Balasogʼuniy, Аxmad Yugnakiy, Аhmad Yassaviy, Rabgʼuziy, Dur-bek, Qutb Xo-razmiy asarlari
2. XIV-XIX Oʼzbek tilining takomillashish davri eski oʼzbek tili, turkiy til, chigʼatoy tili, Oʼrta Osiyo turk-chasi, Navoiy turkchasi, sharqiy turkcha: Xorazmiy "Muhabbatnoma” si(1353-y.)dan boshlab Niyoz-Muhammad (Komil) Xorazmiygacha (XIX asr ikkinchi yarmi)
3. XIX-XX Milliy adabiy tilning shakllana boshlashi yangi oʼzbek tili, turkiy til, sort tili: Muqimiy, Fur-qat asarlaridan boshlab oʼzbek jadid adabiyoti ilk namuna-larigacha
4. XX-XXI Oʼzbek milliy adabiy tili hozirgi oʼzbek tili: Аbdulla Qodi-riy, Hamza, Аyniy, Oybek-lardan muosir adiblargacha
Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish