O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
GuLDU o‘quv ishlari prorektori
______________ F. Sharipov
»____» _________2020-yil
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI
fanining
ISHCHI O‘QUV DASTURI
(2-kursning 3-4 semestri uchun)
Umumiy soat -68+210
Shu jumladan:
Ma’ruza mashg‘ulot - 10+26
Amaliy mashg‘ulot - 12+38
Seminar mashg‘uloti - 12+38
Mustaqil ta’lim - 34+104
GULISTON – 2020
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
-
Tuzuvchilar:
|
|
|
|
|
|
J. Abdullayev
|
-
|
“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri,
|
G. Dushayeva -
|
|
filologiya fanlari nomzodi
“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi
|
Taqrizchi:
|
|
|
|
|
|
F. Sharipov
|
-
|
“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
|
Fanning ishchi o‘quv dasturi “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasining 2020 yil “_____” _________ dagi ___ - sonli majlisida ko‘rib chiqilib, fakultet kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: J. Abdullayev
Fanning ishchi o‘quv dasturi Filologiya fakulteti kengashining 2020 yil “______” ______ dagi “_____” - sonli majlisida tasdiqlandi.
Fakultet kengashi raisi: dots. M. Mamatqulov
Fanning ishchi o‘quv dasturi GulDU O‘UKning 2020-yil “___”-______ dagi __-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
O‘quv-uslubiy
bo‘lim boshlig‘i: I.Xudoyberdiyev
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan, shuningdek, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asaridan kelib chiqqan holda talabalarda “Hozirgi o‘zbek tili” fanining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, “Hozirgi o‘zbek tili” filologiya mutaxassisligi uchun asosiy poydevor fan ekanligini asoslash.
Kurs “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (HO‘AT) fanining ilk bo‘limi bo‘lganligi sababli, avvalo, HO‘AT haqida umumiy tushuncha, o‘zbek tilining tarixiy bosqichlari, til, lison va nutq munosabati, unli va undosh fonemalar paradigmasi, urg‘u, bo‘g‘in, talaffuz va imlo, grafika, morfemika, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis kabi masalalar haqidagi fan ekanligi.
Fanning asosiy maqsad va vazifalari
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani o‘zbek filologiyasi mutaxassisliklar uchun asosiy poydevor fanlardan hisoblanadi.
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanini o‘qitishdan maqsad Davlat Ta’lim Standartlari asosida bo‘lg‘usi filologlarga o‘zbek tilining fonetik qurilishi, fonetik qonuniyatlari, lug‘at tarkibi, leksik-semantik guruhlari, lug‘atchilik masalasi, morfemik qurilishi, so‘z yasalishi tizimi, so‘z turkumlari, sintaktik qurilishi (so‘z birikmasi, sodda gap, qo‘shma gap va matn sintaksisi) muammolari yuzasidan izchil ilmiy–nazariy ma’lumot berishdan, immanent imkoniyat sifatida ularning ongida joylashgan ifoda vositalarini yetkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |