3-bosqich
Yakuniy
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzuga xulosa qiladi.
3.2. Rejadagi natijaga erishishda faol ishtirokchilarni rag’batlantiradi.
3.3. Mustaqil ish uchun vazifa beradi:
|
Eshitadilar. Topshiriqlarni yozib oladilar.
|
1-ilova
Sintaksis (grekcha so`zdan olingan bo`lib, tuzish demakdir) til tizimining yuqori sathi bo`lgan sintaktik sath hamda shu sath haqidagi ta'limotdir .
Morfologiya va sintaksis grammatikaning o'zaro bog'langan ikki bo`limi sanaladi. Grammatikaning bu ikki bo`limi predmetlariga ko`ra farqlanadi .
Morfologiyaning o`rganish obyekti (predmeti) alohida so`z shakllarining ma'lum grammatik ma'no asosidagi paradigmalari, ularning grammatik kategoriyalari bo`lsa, sintaksisda so`zlarni biriktirib gap qurish (shu jumladan, bir so`zdan gap hosil qilish) qoidalari, gapning strukturasi, funksiyasi, qo`llanishi, gaplarning o`zaro munosabati kabi masalalar tekshiriladi, bunda hodisaning mundarijasi-mazmuni (nimaning ifodalanishi) hamda formasi (qanday yo`l bilan ifodalanishi) ko`zda tutiladi. Sintaksisning o`rganish obyekti gap va uni tashkil etgan so`z shakllarining grammatik va mazmuniy munosabatlari hamda bu munosabatlarni yuzaga chiqaruvchi vositalardir.
Sintaksis predmeti yuzasidan tilshunoslikda xilma-xil qarashlar mavjud. O`zbek tili sintaksisiga doir barcha adabiyotlarda sintaksisining ikki birligi: so`z birikmasi va gap haqida fikr yuritiladi. Bunday qarash rus tilshunosligi ta'sirida kirib keldi. Rus tilshunosligida sintaksisning ikkita o`rganish obyekti mavjud ekanligini A.A.Shaxmatov bayon qilgan edi. Bu fikr V.V.Vinogradov tomonidan rivojlantirildi. Predikativlik hodisasining talqini o’zbek tilshunosligida ham,asosan, akad. V.V.Vinogradov ta’limotiga asoslanganini ko’ramiz.
Hozirgi kunda sintaksisning 4 ta o`rganish obйekti bor: 1) so`z birikmasi, 2) gap sintaksisi, 3) qo`shma gap sintaksisi, 4) matn sintaksisi. (Mahmudov N.,Nurmonov A. O’zbek tilining nazariy grammatikasi.-Toshkent: O’qituvchi.1995,6-b.)
Nutqning o`zicha tugallikka ega bo`lgan parchasi gapdir. So`z birikmasi bunday grammatik xususiyatga ega emas, u gap tuzish vositasidir. Shuning uchun sintaksisning asosiy tekshirish obyekti gapdir. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligidir . V.Vinogradov fikriga ko`ra, faqat so`z birikmasi va gapgina emas, balki qo`shma gap ham alohida sintaktik birlik sifatida tan olinadi. Bu qarashga muvofiq, sintaksis 3 birlik: so`z birikmasi, gap va qo`shma gap haqidagi ta'limotdir
O`zaro grammatik va mazmuniy jihatdan bog`lanib, obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik - nopredikativ birlik so`z birikmasidir. So`z birikmasi doimo ikki qismdan (tobe va hokim qismdan) iborat bo`ladi .
Sintaktik qurilmalar so`z, so`z birikmasi, gap va matn ko`rinishida namoyon bo`lib, ular sintaksisning tekshirish obyekti hisoblanadi. Ma'lum grammatik qoidalar asosida hosil bo`lgan birikmalar sintaktik qurilma sanaladi: keng hovli, ko`m - ko'k daraxtlar, vatanni sevmoq, Toshkent choyi, gullar ochildi kabi.
Sintaktik qurilmalar tuzilishiga ko’ra uch turga guruhlanadi:1) bir so’zli qurilmalar; 2) ikki so’zli qurilmalar; 3) ko’p so’zli qurilmalar.
Bir so’zli sintaktik qurilmalar birgina mustaqil ma’noli so’z bilan shakllanadi va so’z-gap, nominativ, atov, vokativ gaplarni, shuningdek, Boraman, Keldim tarzidagi gaplarni o’z ichiga oladi.
Ikki so’zli sintaktik qurilmalar o’z xarakteriga ko’ra: sodda so’z birikmasidan(ovqat yemoq, kitob o’qimoq kabi) va sodda gapdan (Dars boshlandi, Bahor keldi kabi) tashkil topadi.
Ko’p so’zli sintaktik qurilmalar ikkidan ortiq mustaqil so’zning birikishidan iborat bo’ladi: g’uj-g’uj bo’lib turgan yetita xira yulduz (murakkab birikma). Halol mehnat qilish-eng yaxshi odat. (yoyiq gap)
Sintaksisning markazi gap haqidagi ta'limotdir. Har bir gap bir tugal fikrni bildiradi, lekin gapdagi fikr tugalligi nisbiydir: ayrim gaplarning mazmuni yakka olinganda aniq, to`liq bo`lmaydi. Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Predikativlik gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma'nodir.
A.G’ulomovning fikriga ko’ra, predikativlik gapga xos bo’lgan kategoriya sanaladi. Predikativlikni kesim ko’rsatadi va shu bois bu hodisa modallik, shaxs-son, zamon kategoriyalari orqali ifodalanadi. Predikativlik shaxs-son, zamon, mayl, tasdiq- inkor ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi shakllar yig`indisidan tashkil topadi. Predikativlik gapning asosiy grammatik kategoriyasi bo’lib, u tasdiq-inkor, modallik(mayl), shaxs, son kategoriyalari sintezidan iborat.
Gapning predikativlik belgisi modallik tushunchasi bilan bevosita bog’liqdir. Modallik - gap umumiy mazmunining obyektiv borliqqa munosabatidir.
Har qanday gap grammatik jihatdan struktural tugalligi bilan farqlanadi. Bu ega va kesim guruhi yoki ularning biri orqali shakllanib, intonatsion butunlikka ega bo`ladi. Shuningdek, gap nutqdagina tugal fikr anglatadi. Uning tugal fikr anglatishi matnga bog`liqdir.
Ma'lumki, aytilmoqchi bo`lgan fikr alohida olingan bir gap bilan oydinlashmay qolishi mumkin. Shu vaqtda muallif shu gapning mazmunini izohlovchi, mazmunan bir - biriga aloqador bo`lgan bir qator gaplarni yonma-yon keltiradi. To`liq fikr gapga nisbatan yirik bo`lgan sintaktik butunlik orqali ifodalanadi. Bunday yirik sintaktik butunlik, sintaktik qurilma matn (tekst) deb yuritiladi. Gap nisbiy tugal fikrni ifodalasa, matn (tekst) to`liq fikrni ifodalaydi. Matn tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1. Makromatn. 2. Mikromatn.
Makromatn - tilshunoslikning o`rganish obyekti hisoblanadi. Yozilgan yoki bosilgan, aytilgan nutq, kitob, gazeta, jurnal va shu kabilar rasm, kitob, jadval bezaklaridan boshqa qismi, rasmiy hujjatlarni shart va izohlardan boshqa qismi, musiqa asarlariga asos bo`lgan so`zlar, she`r ko`rinishlaridir.
Mikromatn - tilshunoslikning o`rganish obyekti bo`lib, yuqori darajadagi sintaktik birlik, murakkab sintaktik butunlik, supersintaktik butunlik sifatida qaraladi. Mikromatn murakkab sintaktik butunlik sifatida tarkibiy qismlari mavzusining umumiyligi bilan ajralib turadi.
Matnning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ba'zi tilshunoslar uni mustaqil bir soha (matn lingvistikasi, matn grammatikasi) sifatida nomlamoqdalar.
Sintaksis tilning morfologiya, leksikologiya va fonetika bo`limlari bilan bog`liq. Bu sohalar bir-birisiz yashay olmaydi. Tilning yaxlit sistemaliligi ham ana shunda namoyon bo`ladi. Morfologiya va sintaksis bir-birini to`ldiradi. Sintaktik kategoriyalar ko`pincha morfologik vositalar bilan bog’liq holda o`rganiladi.
Gapning so`zlardan tuzilishini va so`zning gap ichida haqiqiy hayotiga ega bo`lishini, nutq ichida qo`llanilishini hisobga olsak, sintaksisning leksika bilan ham bog`liqligi anglashiladi.
Gapning zarur belgilaridan biri intonatsiya sintaksisning fonetika bilan ham bog`liqligini ko`rsatadi.
So`zlarning o`zaro aloqaga kirishuvidan so`z qo`shilmasi hosil bo`ladi. Bular ikki xil: 1) gap (Osmon ko`m- ko`k.); 2) so`z birikmasi ( tiniq osmon)
Tilning asosiy funksiyasi jamiyatda aloqa, informatsiya - axborot vositasi bo`lish. Fikr ifodalash vazifasini gap bajaradi. So`z birikmasi esa fikr ifoda etmaydi. Demak, sintaksisning bosh birligi gap bo`lib, so`z birikmasi gapning tarkibiga kiradigan komponent - yordamchi birlikdir.O`zaro grammatik va mazmuniy jihatdan bog`lanib, obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarning nomini bildiruvchi sintaktik birlik-nopredikativ birlik so`z birikmasidir. Nopredikativ aloqa so`z birikmasini tashkil qiladi. Lekin so`zlarning har qanday nopredikativ bog`lanishi so`z birikmasini hosil qilmaydi. Shuning uchun ham so`zlarning nopredikativ bog`lanishi ikkiga bo`linadi:1) erkin bog`lanish; 2) turg`un bog`lanish.
Erkin bog`lanish so`z birikmasini, turg`un bog`lanish esa frazeologizmlarni o`z ichiga oladi.
Sintaksisning markazi gap haqidagi ta'limotdir.
Tilning sintaktik birliklari - gap va so`z birikmalari - so`zlarning qo`shilishidan hosil bo`lishi, bu qo`shilishning esa turli vositalar orqali yuzaga kelishi sintaktik birliklarning tildagi boshqa birliklar bilan bog`liq ekanligini ko`rsatadi. So`z qo`shilmasi hosil qilish uchun ma'lum shakldagi so`zlar va ularni bir-biri bilan bog`lovchi vositalar zarur.
So`zlarni biriktirish vazifasini bajaruvchi elementlar (so`z formalari-sintaktik affikslar; ko`makchi, bog`lovchi kabi yordamchi so`zlar, sintaktik leksika) tilning sintaktik vositalari sanaladi. ( Biz bordik; daladan kelmoq; sifat uchun kurashmoq kabi). Intonatsiya va so`zlar tartibi ham sintaktik vosita sanaladi. Intonatsion xususiyat ( masalan, pauza ) so`zlar orasidagi mazmuniy va sintaktik munosabatning ko`rsatkichi bo`lib, ularning har xilligi semantik va grammatik boshqalikni ko`rsatadi.
Yuqoridagilardan anglashiladiki, nutqda:
1. So`z boshqa so`z bilan birikkan bo`ladi: unga tobe bo`ladi yoki uni o`ziga tobe qiladi va shunga muvofiq holda turli grammatik formada bo`ladi ( uydan kelmoq, yashil vodiy).
2. So`zlar o`zaro sintaktik bog`lanib, tushuncha ifodalovchi birlik-so`z birikmasi yuzaga keladi va u gapning tarkibida uni hosil qiluvchi element bo`lib xizmat qiladi. Bularni o`rganuvchi soha-so`z birikmasi sintaksisi.
3. So`zlar sintaktik bog`lanib, informatsiya bildiruvchi, fikr ifodalovchi birlik yuzaga keladi. Bu -gap sintaksisi.
Sintaktik konstruksiya hosil qilishda:
1. Material element-so`zlar ishtirok qiladi.So`zlarning bir-biri bilan qo`shilib birikma hosil qilishi uchun dastlab ularning semantik - grammatik tomonlari bir-biriga mos kelishi shart.
2. So`zlarni biriktiruvchi vosita-sintaktik vosita sifatida affikslar (sintaktik xarakterdagi affikslar), yordamchi so`zlar (ko`makchilar va bog`lovchilar), intonatsiya va so`z tartibi ishtirok qiladi.
Leksema-leksik birlik, lekin ma'lum grammatik formada kelib, sintaktik vazifa bajaradi-sintaktik birlik bo`ladi.
Sintaktik birliklar bir necha komponentli bo`ladi. So`zlarning tobe aloqasini ikki katta guruhga bo`lish mumkin: predikativ aloqa va nopredikativ aloqa. Predikativ aloqa ega va kesim aloqasidan iborat. Bahor keldi. O`rik gulladi. Nopredikativ aloqa ikkinchi darajali bo`laklarning hokim bo`lak bilan aloqasidan iborat: bahorning kelishi, o`rikning gullashi.
Sintaktik aloqalar ikki turga ajraladi: teng aloqa va tobe aloqa.
Tenglashishda sintaktik jihatdan teng, biri ikkinchisiga bo'ysunmaydigan so'zlar sanash ohangi yoki teng bog'lovchilar yordamida sintaktik aloqaga kirishadi. Teng aloqa gap tarkibidagi elementlar orasida uchraydi. So`z birikmasi tarkibidagi elementlar orasida teng aloqa bo`lishi mumkin emas.
Teng aloqa orqali uyushiq bo`laklar hosil bo`ladi. Tobe aloqa sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysunuvchi, biri ikkinchisini aniqlovchi birliklar munosabatini ifoda qiladi. Shuningdek, ba'zi manbalarda biri ikkinchisini taqozo etadigan so'zlarning sintaktik aloqaga kirishishining turi sifatida munosabatdorlashish ham ko`rsatiladi : Singlimning hovlisi. Bu tur konstruksiyalarda birinchi komponent belgisiz qo'llanishi ham mumkin: maktab bog'i.
Nutqda so`zlarning bir-biri bilan bog`lanishi har bir tilning so`z qo`shish qoidalari asosida bo`ladi; har bir tilda so`zlarning munosabatini ko`rsatadigan, sintaktik konstruksiya hosil qiladigan turli vositalar bor. So`zlarning bu vositalar orqali sintaktik bog`lanishi har doim so`z birikmasi hosil qilavermaydi.
So`zlarning atributiv (aniqlovchi) munosabati, obyektiv munosabati va relyativ munosabati turli tipdagi so`z birikmalarini hosil qiladi, lekin so`zlarning predikativ munosabati (lotincha predikat - kesim) gapni hosil qiladi.
So`zlarning atributiv munosabatida komponentlar aniqlovchi + aniqlanmish tipida birikadi. Moslashuv-hokim so`z tobe so`z biln shaxs va sonda mos bo`lishi. Moslashuvning so`z birikmasi va ega-kesim munosabatidagi ko`rinishlari bor. Moslashuvda ba`zan moslikning buzilishi kuzatiladi. Masalan, "Navoiy" ko`chasi kabi birliklar bo`laklarga ajralmaydi .
So`zlarning obyektiv munosabatida komponentlar boshqaruv yo`li bilan birikadi: ot + fe`l (xatni yozmoq), ot+ sifat (temirdan qattiq )
So`zlarning relyativ munosabatida komponentlar, odatda, bitishuv yo`li bilan birikadi. Relyativ birikma: ravish + fe`l ( tez ishlamoq ), ravishdosh+fe`l (iljayib gapirmoq). Bu birikma harakatning belgi bilan bo`lgan munosabatini ko`rsatadi.
So`zlarning boshqaruv munosabatida hokim bo'lak tobe bo'lakning ma'lum formada kelishini talab qiladi. Bunda bog'lanish ham semantik, ham grammatik jihatdan yuz beradi. Boshqaruv kelishikli va ko`makchili turlarga bo`linadi:uyga keldi, maktab tomon ketdi.
Bitishuvda tobe va hokim bo'lak grammatik ko'rsatkichlarsiz aloqaga kirishib, semantik jihatdan bog'langan bo'ladi.
Bitishuvda aloqa tartib va intonatsiyadan bilinib turadi: mevali daraxt, o'sha voqea, ikki o'g'il, tez kelmoq ,kulib gapirmoq, yuvilgan ko'ylak kabi.
Tobelanish - hokim va tobe qismlar orasida, teng bo`lmagan qismlar orasida bo`ladi. Tobe a`loqaning ko`rinishlari: moslashuv , boshqaruv, bitishuv.
Gapda so`zlarni biriktirish vazifasini bajaruvchi vositalar so`z shakli affikslari, yordamchi so`zlar (sintaktik-leksik vosita), tartib va ohangdir.
So`z shakli - so`zlarning o`zgarish paradigmasidagi so`z o`zgartiruvchi vositalar (kelishik va egalik shakllari) bog`li nutqda mustaqil so`zlarni o`zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar sanaladi.
Sintaktik aloqalarni ifodalashda tuslovchilar (shaxs-son qo`shimchalari) ham xizmat qiladi.
Egalik qo`shimchalari qarashlilikni bildiradigan birikmalar hosil etishda xizmat qiladi: Bizning maktabimiz, sizning fikringiz.
Kelishiklar otning ikkinchi so`z (asosan fe`l) bilan bo`lgan munosabatni ifodalashdir: Toshkentdan kelmoq, sayohatga bormoq.
Tuslovchilar - shaxs-son qo`shimchalari shaxs va uning soniga ishora qiladi, o'zi birikib kelgan komponentning hokim so`zga bog`lanishiga yordam beradi: Biz talabamiz, tirishib o`qiyapmiz .
Yordamchi so`zlar sintaktik aloqalarni ifodalashda qo`llanadigan yordamchilar- ko`makchi, bog`lovchi va bog`lamalardir.
Ko`makchi otning ikkinchi so`zga (asosan fe`lga) bog`lanishini ko`rsatadi. Bog`lovchilar, odatda, so`z tizmalarining, gaplarning komponentlarini bog`laydi. Bog`lama ega va kesimning birikishida shaxs-son, zamon ma`nolarini ifodalash uchun xizmat qiladigan yordamchilardir. Bog`lama bu ma`niolarni o`zicha ko`rsata olmaydi, shu ma`nolarni ifodalovchi shakllariga ega bo`lmagan so`zlar bilan birga keladi: Biz talaba bo`ldik. Kechagina o`quvchi edik.
Bog`lama kesimi ot bilan ifodalangan gaplarda ega va kesimning birikishini ko`rsatadi.
Hozirgi o`zbek tilida so`zlar tartibi grammatik holatga, asosan, ta`sir qilmaydi. Gapdagi bo`laklarning o`rni o`zgarsa ham, ularning sintaktik vazifasi maxsus ko`rsatkichlar bilan ifodalanmaganda, tartib asosiy vazifani bajaradi. Bunda so`zning gapdagi vazifasi, asosan, tartib orqali belgilanadi, tartib o`zgarsa, mazmun bilan birga sintaktik holat ham o`zgaradi. Bu hodisa (tartibning grammatik ro`li) o`zbek tilida sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishida aniq ko`rinadi. Ohang (intonatsiya) ham turli sintaktik aloqalarni, grammatik fikriy holatlarni ifodalashda xizmat qiladigan vositadir. U nutqdagi bo`laklarning bir butun, yaxlit holatini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: