Hozirgi o`zbek adabiy tili (Sodda gap sintaksisi)” fanidan O`quv uslubiy мajmua



Download 4,03 Mb.
bet111/231
Sana11.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#341952
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   231
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sodda gap s

3-bosqich

Yakuniy

(10 daqiqa)

3.1. O’quv faoliyatiga yakin yasaydi. O’zaro o’qitish natijalarini e’lon qiladi. Faol ishtirokchilarni belgilaydi va olingan bilimlarning kelajakdagi ahamiyatini ta’kidlaydi

3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi: Toshkent iqtisodiy rayoni mehnat resurslarini ta’riflash.



Vazifani yozib oladilar.

O`zbek tilida gap bo`laklarining tartibi, asosan, erkin bo`lsa ham, ular ma`lum grammatik qoidalarga bo`ysunadi, shu qoidalar asosida joylashadi.

Gapda bo`laklarning sintaktik vositalar (turlovchi va tuslovchi affikslar yordamchi so`zlar) bilan belgilangan tartib erkin bo`ladi Ularning o`rinlarini almashtirish ko`pincha grammatik holatlarni o`zgartirmaydi. Qiyos qiling: Dugonamni do`konda ko`rdim// Do`konda dugonamni ko`rdim.

Ba`zan gap bo`laklari tartibining o`zgarishi grammatik holatga ta`sir etishi mumkin. Bu hodisa quyidagi ko`rinishga ega:

Ot kesimli yig`iq gaplarga tartib o`zgarsa, kesim ega, ega kesimga aylanadi: Bir oy -o`ttiz kun. O`ttiz kun – bir oy. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning tartibi o`zgarsa, aniqlovchi birikma ega va kesim munosabatini ko`rsatuvchi yig`iq gapga aylanadi. Yangi bino. Bino yangi.

O`zbek tilida gap bo`laklarining odatdagi tartibini quyidagicha izohlaymiz:

Ega asosan gap boshida keladi: Rustam imtihonga puxta tayyorgarlik ko`rdi.

To`ldiruvchi, ko`pincha, kesim oldida keladi: Men ko`zlarimga, quloqlarimga ishonmayman.

Hol ,asosan, kesim oldida keladi: Men sizni atayin shoshib qidirib keldim.

Aniqlovchi doim aniqlanmishdan oldin keladi: Navoiy turli shoirlarning turli-tuman asarlaridan o`n minglarcha baytni yod bilar edi .(O.)



Inversiya quyidagi hollarda ro`y berishi mumkin:

1. She’r tipidagi buyruq va undov gaplarda kesim birinchi, ega ikkinchi o`rinda keladi: Yashasin bizning mash`allarimiz!

2. So`zlashuv nuqtida kesimga ko`proq e`tibor berilganda kesim egadan oldin keladi: Hammani ovora qildi bu shumtakalar.

3. She`riyatda vazn, qofiya va turoq kabi talablar natijasida ega va kesim inversiyasi yuz beradi.

4. To`ldiruvchi bilan to`ldirilmishda inversiya uchrashi mumkin. Bu ko`proq so`zlashuv nutqida, she`riyatda uchraydi. Ket, ko`rinma ko`zimga!

5. Hol kesimdan oldin keladi. Payt holi, odatda, gap boshida, ba`zan egadan keyin, kesim tarkibidan oldin, ba`zan ega kesim yonida keladi: Bu yil hamma sohada katta muvaffaqiyatga erishdik. (“O`zbekiston ovozi”)

6. Agar hollar ko`p bo`lsa, ravishdosh va ravish bilan ifodalangan hol kesim yonida keladi: Bugun bu yerda quvnay-quvnay dam oldik.

7. Sifatlovchi sifatlanmishdan, qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi. Ba`zan bunda ham inversiya hodisasi yuz berishi mumkin: Ona sevmas farzand topilmas, farzand yo`qdir onani sevmas (H. O) Beti qursin o`shaning. (So`zl.)

8. Izohlovchi jins, kasb, ixtisos, ilmiy daraja va unvonni bildirsa, o`z izohlanmishidan oldin: laqab, qarindoshlikni bildirsa, keyin keladi: qiz bola, general Rahimov, Oxunjon qiziq, Abdulla qassob kabi.

Odatda, bo`laklarning tartibi tinch ohang bilan aytiladigan darak gaplar strukturasiga tayanadi. Gapda bo`laklarning umumiy tartibi quyidagicha: Payt holi+ ega+ to`ldiruvchi+hol +kesim.

Gaplar o`zining ma`lum tipdagi tuzilishi nuqtai nazaridan gap bo`laklarning to`la ifodalanishi yoki biror zarur bo`lakning to`la ifodalanmay qolishiga, tushib qolganligiga qarab ikkiga bo`linadi.

1.To`liq gaplar.

2.To`liqsiz gaplar.

Hamma bo`laklari qo`llangan gap to`liq gap deyiladi. Masalan: Derazamning oldida bir tup o`rik oppoq bo`lib gulladi.(H.O.) Ko`rinib turibdiki, ushbu gapdagi biror bo`lakning tushib qolmaganligi shu sintaktik konstruksiyaning qurilishidan, mazmunidan anglashilib turibdi.

Grammatik jihatdan biror bo’lagi ifodalanmagan gap to`liqsiz gap sanaladi. Masalan: - Kecha sen telefon orqali gaplashdingmi? -Gaplashdim.

To’liqsiz gaplar quyidagi turlarga ajratiladi:1) dialogik nutq tarkibidagi to’liqsiz gaplar, 2)mustaqil qo’llanuvchi to’liqsiz gaplar, 3)frazeologik birikma tarzidagi to’liqsiz gaplar, 4) qo’shma gap tarkibidagi to’liqsiz gaplar. (Abdurahmonov G’. O’zbek tili grammatikasi. Sintaksis.-Toshkent, 1996. 37-b.).

Dialogik nutqni tashkil etgan to’liqsiz gaplarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ularda zarur bo’lgan, ma’lum maqsadni ochish va suhbatni davom ettirish uchun xizmat qilgan gap bo’laklarigina ifodalanadi, suhbatdoshning nutqidagi gap bo’laklari zarur bo’lmasa,gap tarkibidan tushib qoladi:- Ayta olmayman, qo’rqaman.- Kimdan? (H.H.)

Mustaqil qo’llanuvchi to’liqsiz gaplarda, asosan, kesim bo’lmaydi. Yashiringan kesim sifatida kifoya, turmoq, bo’lmoq, o’tirmoq, payqamoq, bor kabi mavjudlik bildiruvchi so’z bilan ifodalangan tushuncha tasavvur qilinadi: Kunjarani supurib ol! Tez! (P.Q.)

O`zbek tilidagi ayrim to`liqsiz gaplar frazeologik birikmalarni tashkil etishi mumkin. Ular to’liqsiz gapning hamma shaklida kelib, turli mazmunni (salomlashish, tabriklash, chaqirish, xabar,his,tuyg’u kabilarni) ifodalaydi. Xayrli kech. Bayramingiz bilan!

Shuningdek, to’liqsiz gaplar bog’lovchisiz,bog’langan yoki ergashgan qo’shma gaplarning biror qismi bo’lishi mumkin:... Shoxlardagi ochilgan,ochilmagan to’liq ko’saklarni bittalab sanadi: yetmishta. (H.G’.)

To`liqsiz gaplarda tushirilgan bo`laklarda ifodalanishi kerak bo`lgan ma`noning so`zlovchi yoki tinglovchi uchun ayon bo`lishi,avvalo, kontekstual va nutqiy sharoitga bog`liq.

Demak, to`liqsiz gapning mustaqil sintaktik birlik bo`lishi tugallangan intonatsiyaga ega bo`lishi, tugallangan fikr ifodalashi kontekst tufaylidir.

To`liqsiz gap ikki turga ajratiladi:

1.Kontekstual to`liqsiz gaplar.

2.Situativ to`liqsiz gaplar.

Kontekst asosida shakllangan to`liqsiz gap kontekstual to`liqsiz gap deyiladi: -Nimani sevasan?- Tabiatni . –Ustozing kim?- Onam.

Ma`lum vaziyat, sharoit tufayli shakllangan to`liqsiz gaplar situatsial to`liqsiz gap deyiladi. Masalan,uchdi deyilganda aeroportda samaliyot, tog` yo bog’da qush uchganligi anglashiladi. Elliptik gaplarda biror bo`lakning tushib qolganligi anglashilib tursa-da, ularni gapda tiklash zaruriyati bo`lmaydi. Aslida, to`liqsiz gaplar mazmunan to`liq bo`ladi, chunki ular ham ma`lum bir fikrni anglatadi: yashiringan bo`lak anglashilib turadi.To`liqsiz gap ma`lum fikrni,maqsadni ifodalashda qo`llanuvchi bir uslubiy vositadir. Dialog tipidagi to`liqsiz gaplarda gapning bir yoki ikki bo`lagi mavjud bo`ladi. Bu bilan ifodalangan gap bo`lagini boshqa bo`laklardan ajralib ko`rsatish lozim topiladi. Bunday (to`liqsiz) hollarda to`liqsiz gap to`ldirilsa, grammatik jihatidan mukammal gap hosil bo`ladi-yu, ammo aytilmoqchi bo`lgan maqsad, maqsadning nozik qirralari ifodalanmay qoladi, natijada gap mazmun jihatidan ham buziladi.

Demak, to`liqsiz gap biror bo`lagi yetishmagan chala gap emas, balki sodda gapning alohida bir turidir, ma`lum mazmunni ifodalashda qo`llanuvchi uslubiy vositadir.


Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish