Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan “O‘zbek tilida lug‘aviy-sintaktik shakllar” mavzusida yozilgan



Download 433 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana12.05.2020
Hajmi433 Kb.
#50093
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
ozbek tilida lugaviy-sintaktik shakllar

sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema bo`lib, lug’aviy ma’noni muayyanlashtirish, 

nutqqa  xoslash  bilan  birga  (kelgan),  (o`qigach),  so`zni  sintaktik  aloqaga  ham 

kiritadi: o`qigan bola, o`qigach gapirmoq.  

Sintaktik shakl hosil qiluvchi morfema so`zning sintaktik qurilmadagi o`rnini 

belgilaydi.  Masalan,  kelishik  kategoriyasi  so`zga  kesimlik  mavqeyini  beradi. 

Kesimning ega va hol bilan sintaktik aloqasini ta’minlaydi. Kelishik morfemalari 

oldingi  so`zni  keyingi,  egalik  qo`shimchalari  esa  keyingi  mustaqil  so`zni 

oldingisiga bog’lash vazifasini bajaradi”

1

.  


Yuqoridagilardan  shunday  xulosaga  kelishimiz  mumkin,  o`zbek  tilidagi 

qo`shimchalar  murakkab  tabiatga  ega.  Bu,  ayniqsa,  fe’lning  o`zgalovchi 

kategoriyasida  yaqqol  namoyon  bo`ladi.  Chunki  fe’lning  nisbat,  bo`lishli-

bo`lishsizlik,  harakat  tarzi  va  lug’aviy  shakllik  mohiyatiga  ega  bo`lgan  tur  kabi 

to`rt  lug’aviy  shakli  mavjud.  Bu  lug’aviy  shakllarning  har  biri  o`ziga  xos 

xususiyatlarga va paradigmaga birlashuvchi necha ko`rinishlarga ega, shuningdek, 

ularning  nutqdagi  voqelanishi  turli  xil.  Shunga  qaramay  ular  nutqda  yuzaga 

chiqadi  va  fe’l  tarkibida  qoladi.  Shakl  yasovchi,  lug’aviy  shakl  deb  yuritib 

kelingan  o`zgalovchi  kategoriya  shakli  –  ravishdosh,  sifatdosh  va  harakat 

nomining o`ziga xos murakkab xususiyati na lug’aviy shaklga, na sintaktik shaklga 

berilgan  ta’riflarga  mos  keladi.  Chunki  mazkur  shakl  so`z  lug’aviy  ma’nosini 

muayyanlashtirish  bilan  birga,  fe’lni  o`zidan  keyin  kelgan  ot  yoki  fe’lga 

tobelantirib  bog’lash  va  shu  asosda  uning  gapdagi  mavqeyiga  ham  kuchli  ta’sir 

etish  xususiyatiga  ega.  Lug’aviy  ma’noni  muayyanlashtirishi,  aniqlashtirishi  va 

faqat  fe’lga  xosligi  ravishdosh,  sifatdosh,  harakat  nomi  shaklini  sintaktik  shakl 

sifatida baholashga, fe’lni o`zidan keyingi so`zga tobelab bog’lashi hamda gapdagi 

vazifasini  belgilashi  ularni  lug’aviy  shakl  sifatida  baholashga  to`siq  bo`ladi. 

Shuningdek,  o`zgalovchi  kategoriyasining  “fe’lni  boshqa  so`zlarga  bog’lash  va  

fe’lga otga xos vazifalarini berish” UGMsini “fe’lni fe’lga bog’lash” (ravishdosh), 

“fe’lni  otga  bog’lash”  (sifatdosh)  hamda  “fe’lga  ot  vazifasini  berish”  (harakat 

nomi)  tarzida  xususiylashtirsak,  mazkur  shakllarning  sintaktik  imkoniyati 

                                                 

1

 Sayfullayeva R., Mengliyev B va b. Hozirgi o`zbek adabiy tili. T.: Fan va texnologiya.2009.142-bet. 




 

24 


natijasida  fe’llik  xususiyatidan  uzoqlashayotganligiga  guvoh  bo`lamiz.  Demak, 

o`zgalovchi  kategoriya  o`zida  ham  lug’aviy,  ham  sintaktik  shakllik  mohiyatini 

mujassamlashtiradi.  Masalan,  yorilgan  devor,  qizigan  asfalt,  qiziqib  so`ramoq, 

oqar  daryo,  o`qigani  kelmoq    kabi  birikuvlarda  sifatdosh  shakli  fe’lni  otga 

tobelantirib  bog’lamoqda  va  shu  bilan  birgalikda  fe’ldagi  harakat  ma’nosini 

kuchsizlantirib,  belgi  ma’nosi  bilan  nutqqa  olib  kirmoqda.  Masalan,  keltirilgan 

birikmalar tarkibidagi  -gan sifatdosh shaklining ma’noviy va  vazifaviy  xususiyati 

rang-barang  bo`lib,    shu  boisdan  uning  talqinida  qarama-qarshi  nuqtayi  nazarni 

ko`plab uchratish mumkin. O`zbek tilshunosligida bu shakl xususida har-xil fikrlar 

bildiriladi.  Birgina  -gan  ko`rsatkichining  sifatdosh  shakli  sifatidagi  umumiy 

grammatik  ma’nosi  hamda  uning  oraliq  grammatik  ma’no  orqali  voqelanishiga 

e’tibor qaratsak, mazkur shaklning boshqa morfologik shakllar qatori ma’noviy va 

sintaktik  xossa  birligidan  iborat  butunlik  ekanligiga,  uning  umumiy  grammatik 

ma’nosi ham shu yaxlitlik asosida tiklanishiga amin bo`lamiz.. Shaklning ma’noviy 

jihati “fe’lga sifatlik xususiyatini berish” bo`lsa, sintaktik vazifasini “fe’lni ot va ot 

vazifasidagi  so`zga  bog‘lash”  tashkil  etadi.  Demak,  sifatdosh  shaklining  umumiy 

grammatik  ma’nosini  “fe’lga  sifatlik  xususiyatini  berish  va  fe’lni  otga  bog’lash” 

deya aytishimiz mumkin bo`ladi. Sifatdosh shakli umumiy grammatik ma’nosining 

sintaktik  mohiyati  deyarli  o`zgarishsiz  -  “fe’lni  otga  bog’lash”  tarzida 

xususiylashadi,  bog’lanuvchi  fe’l  yoki  ot  bu  vazifani  o`ziga  xos  tarzda  o`zgartira 

olmaydi.  Biroq  ma’noviy  jihat  to`g’ridan-to`g’ri  emas,  balki  muayyan  oraliq 

grammatik  ma’nosi  orqali  nutqqa  chiqadi,  xususiy  holda  namoyon  bo`ladi.  -gan 

shaklining  fe’lni  aniqlovchi  sifatida  nutqqa  olib  kirishga  asos  bo`luvchi  sintaktik 

imkoniyati  borligini  ham  qayd  etishimiz  mumkin  bo`ladi:  Chinor  bo`lmasa  ham, 

boshqa biror tup daraxt eksa, yer yuzini shovullagan bog’lar qoplab ketardi.   

Shuningdek,  ravishdosh  shakli  ham  fe’lni  o`zidan  keyingi  fe’lga  tobelab, 

harakat ma’nosini kuchsizlantirgan holda holat, payt, sabab ma’nosi bilan nutqda 

voqelantiryapdi.  

Ravishdosh,  sifatdosh,  harakat  nomi  shakli  tizimini  kuzatish  shuni  ko`rsatadiki, 

mazkur shakllardagi lug’aviy va sintaktik imkoniyat birdek mutanosiblikda emas. 




 

25 


Shaklning  lug’aviy  ma’noga  ta’siri  kuchayishi  bilan  unda  sintaktik  qobiliyat 

kuchsizlanib  boradi.  Ravishdosh  shaklida  fe’lni  fe’lga  tobelash  imkoni  kuchli, 

ammo atash ma’nosiga ta’sir nisbatan kuchsiz. Sifatdoshda esa har ikki jihatning 

mavjudligiga  guvoh  bo`lamiz.  Harakat  nomi  shaklida  atash  ma’nosiga  ta’sir 

anchayin sezilarli, hatto ayrim o`rinlarda unga ot yasalishi sifatida qaraladi, ammo 

fe’lni boshqa so`z bilan aloqaga kiritish imkoniyati tamoman yo`qolib boradi. Shu 

vaqtga qadar lug’aviy shakl hosil qiluvchi shakl sifatida talqin etilgan o`zgalovchi 

kategoriyasi  shakli,  ta’kidlab  o`tilganidek,  o`ziga  xos  murakkab  tabiatga  ega. 

Uning  serqirra  mohiyati  lug’aviy  shaklga  ham,  sintaktik  shaklga  ham  berilgan 

ta’rifni  tushunishimizda  murakkablik  keltirib  chiqaradi.  Chunki  ular  har  ikki 

shaklga  xos  bo`lgan  xususiyatni  o`zida  saqlaydi  va  aynan  shu  xususiyati  bilan 

ushbu ikki qarama-qarshi sath orasida umumiylik shakllanayotganini ko`rsatadi.  




Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish