vaziyatdan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, bu yerda tajriba o’z
so’zini aytmay qo’ymaydi. Hayotimiz davomida, iqtisodiy tamonlama yuqori bo’lmagan insonlar, o’zlari xoxlagan o’qishga kirishga tayyorgarliklari mavjud emasligi, kasbga, o’zlari qiziqqan sohani o’rganishga, hayotdagi yozilmagan qonunlar to’siq bo’lishiga juda ham ko’p bor guvoh bo’lamiz.
Fikr bildirar ekanman, biror-bir sohada tadbirkorlikni boshlash maqsadi bo’lganida, avvalambor shu soha bo’yicha 1-2 yillik ish faoliyatini olib borish va sir-asrorlarini o’rganish, biznes(tadbirkorlik)da pand yemaslik uchun eng samarali yo’l deb bilaman. Misollar tariqasida keltiradigan bo’lsak, ular juda ham ko’p.Tikuvchilikda, sartaroshlikda va bir qator hunarlarda ham misol qilsak bo’ladi. Iqtisodiy tamollama yuqori darajada bo’lib, tajriba kam
bo’lsayu, siz o’zingizga tegishli bo’lgan oshxona ochmoqchisiz. Bunda eng avzali, siz shahardagi ilg’or oshxonalarga ishga kiring va qanchadir muddat ishchi faoliyatini olib boring. Bu bilan siz avvalombor tadbirkorlikda asosan nimaga e’tiborni qaratishni , iste’molchi talablari nimaga yuqori ekanligini,raqobatga va maskan tanlashda e’tiborli bo’lish, xom-ashyo, kerakli bo’lgan barcha tovarlarni arzon va qulay sharoitda topish yo’llarini o’rganasiz. Yana bir muhim jihat, ichki muhitni qanday maksimal darajada ushlab turish , unumdorlikni oshirish va ularni boshqarish tajribasiga ega bo’lasiz. Hattoki ishchilar va hamkorlar tomonidan pand beradigan jihatlarga tayyor bo’lasiz. Shu holatni agar siz iqtisodiy mukammal bo’lmasangiz ham, davlat tomonidan ajratiladigan kriditlardan foydalanib ish boshlashingiz mumkin bo’ladi. Chunki sizda asosiysi ishonch va tajriba bo’ladi.
qism juda ham katta muloxaza va muhokamalarga ega qism
hisoblanadi. Urg’uni tadbirkorlikka qaratsak, bu o’ylab qilingan
tavakkalchilikdir. Ishlab chiqarish nazaryasida juda katta ko’lamdagi bilim
va tajriba kerak bo’ladi. Tavakkalchilik yosh ishbilarmonlar uchun tadbirkorlikdagi sinov qismi hisoblanadi. Mantiqqa tayanib aytishim mumkinki , yosh tadbirkorlarni, takidlash joizki barcha yoshlarni avvalambor daromadini, mablag’ini to’g’ri yo’lga sarflashiga o’rgatish ham asosiy maqsad qilinishi kerak. Yoshlardagi ehtiyojlar xilma-xilligi va meyoridan ortiqligi ularni kerakli vaqtda to’g’ri qaror qabul qilishlariga xalal beradi. Tadbirkorlikni boshlaganalar va boshlashni niyyat qilib
yurganlarga o’zimni kichik eslatmamni aytib o’tsam, “Tadbirkolikda halol
mehnat va halol mahsulot yetqazib berish Olloh tomonidan barakatli bo’ladi
va iste’molchilar tommonidan qadrlanadi”.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , bildirilgan fikrlar orasida alohida belgilangan shukur qilish va sabrli bo’lish , o’z istagiga ,ko’ngliga qarashi , kasbga
ishtiyog’i , tajriba , muloxaza va o’ylab qilingan tavakkalchilik hislatlarini
har bir inson o’zida mujassam qilishga intilsa , hayotda va tadbirkorlikda band yeyish oqibatlari juda ham kam bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |