Hozirgi kunda biror bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lishi uchun kompyuter savodxon bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq lozim


MAVZU: TASVIRLARNI TANISH MASALASI



Download 1,84 Mb.
bet10/76
Sana30.06.2022
Hajmi1,84 Mb.
#719156
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
O’zbekiston oliy va o’rta

8 MAVZU: TASVIRLARNI TANISH MASALASI


Reja
1. Masala qo’yilishi.
2. Algoritmni tuzish
3. Algoritm tahlili
4. Algoritm optimallashtirish
Masala qo’yilishi

Etalon bilan taqqoslash muammosining bir o’lchamli holatida tasvirlarni tanish masalalaridan quyidagisini ko’ramiz. Kirish ma’lumoti sifatida n ta haqiqiy sonlardan iborat X vektor berilgan. Chiqishda shu vektorning barcha uzluksiz qism vektorlari orasida maksimal elementlar yig’indini hosil qilish kerak.


Masalan, kirish vektori



31

-41

59

26

-53

58

97

-93

-23

84











bo’lsa, unda chiqishda X[3..7] vektorning 187 qiymatli yig’indisini hosil qilamiz. Bu yerda, agar kirish vektorida hamma sonlar musbat bo’lsa, masala osonlashadi; maksimal qism-vektor sifatida kirish vektorning o’zi xizmat qiladi. Agar X vektorda manfiy sonlar ham bo’lsa, masala qiyinlashadi.
Algoritmni tuzish

Masalani yechish uchun, barcha elementlari manfiy bo’lgan vektorda maksimal yig’indiga ega bo’lgan vektor-qismni bo’sh vektor, ya’ni elementlar yig’indisi nolga teng bo’lgan vektorni qabul qilish shartini kiritamiz.


Eng oddiy variantda algoritm shartini qanoatlantiruvchi barcha L va U butun sonlar juftliklari bo’yich X[L..U] vektorlari elementlari yig’indilarini hisoblab chiqadi va har qadamda topilgan yig’indi shungacha topilgan yig’indidan kattaligi tekshiriladi.
Psevdotilda dastur quyidagicha bo’ladi:
Maxsum:=0,0;
For L:=1 to N do
For U:=L to N do
Begin Sum:=0,0;
For i:=L to U do Sum:=Sum+x[i];
Maxsum:=max(maxsum, sum);
End.


Algoritm tahlili

Dasturning jiddiy kamchiligi – sekin ishlashi. 1990 yildagi o’rta tezlikka ega bo’lgan kompyuterlarda (286) N=1000 bo’lganda 1 soat, N=10000 bo’lganda 39 soat vaqtda bajarilgan. Bunday tezlikdagi dasturni qo’llab bo’lmaydi.


Algoritm samaradorligini intuntiv baholab ko’raylik. O-yozuvdan foydalanamiz. Eng tashqi siklning operatorlari aniq N marta bajariladi, o’rta siklning operatorlari tashqi siklning har bir qadami bo’yicha bajarilishi N dan oshmaydi. Demak, o’rta siklda bajarilayotgan 4 ta satr marta qiyinlik bilan baholanadi. Shu 4 ta satrlarda joylashgan sikl bajarilish soni ham N dan oshmaydi va O(N) bilan baholanadi. Baholarni ko’paytirish natijasida algoritmni umumiy bahosi proporsionalligini aniqlaymiz.
“O-yozuv” usulning kamchiligi shundaki – konkret berilganlar uchun dastur bajarilishiga aniq sarflanayotgan vaqtni hisoblab bilmaymiz, faqatgina qadamlar bajarilish soni bo’lganini bildik. Lekin bu usul bilan tahlil qilish qulay, va berilgan amaliy masala uchun dasturni samaradorligini aniqlaydigan dastlabki hisoblashlar uchun algoritmning isahlash vaqtini assimptotik bahosini beradi.
Shu tahlil yordamida quyidagi algoritm yuqoridagi masalani qadamlar bilan yechimini ko’rsatamiz.
Algoritm optimallashtirish

Bu algoritmda X[L..U] vektorning elementlar yig’indisi birinchi algoritmdagidek (U-L+1) qadamda emas, balki aniq sonli qadamlar bilan topiladi.


Yig’indini tez hisoblanishi X[L..U] vektorning elementlar yig’indisi, X[L..U-1] vektorning yig’indisiga bog’liqligiga asoslangan. Algoritm ko’rinishi quyidagicha:
Maxsum:=0,0;
For L:=1 to N do
Begin sum:=0,0;
For U:=L to N do sum:=sum+x[U];
Maxsum:=max(maxsum, sum);
End.
Birinchi siklning ichidagi operatorlar N marta, ikkinchi siklning ichidagi tashqi siklning har bir qadami uchun N martadan ko’p bo’lmagan qadamlar bilan bajariladi. Demak, algoritm ishlashining umumiy vaqti .
Shunday qilib algoritm ishlash vaqti samaradorligi bo’yicha yahshilandi.
Takrorlash uchun savollar


1. Masala qo’yilishidagi o’zgaruvchilarni aniqlang.
2. Algoritm optimallashtirish uchun qanday qadam qo’shildi?
3. Algoritm qaysi dasturlash tilida amalga oshirildi?

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish