5. AMALIY MAShGULOTLARGA DOIR USLUBIY KO’RSATMALAR
O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Alisher Navoiy nomidagi
Samarqand Davlat universiteti
Axatov A.R., Abdullayev A.N.
Algoritmlash va dasturlash
(uslubiy qo’llanma)
SAMARQAND ─ 2010
Algoritmlash va dasturlash: uslubiy qo’llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2007. – 69 bet.
Ushbu uslubiy qo’llanma amaliy matematika va informatika bakalavriat ta’lim yo’nalishidagi “Algoritmlar nazariyasi”, “Kompyuter amaliyoti”, “Dasturlash asoslari” fanlarini o’rganuvchi 1 va 2- bosqich talabalariga mo’ljallangan.
Uslubiy qo’llanma 6 bo’limdan iborat bo’lib, har bir bo’limda qisqa nazariy ma’lumotlar keltirilgan, namuna sifatida echib ko’rsatilgan bir nechta masalalar uchun sinov qiymatlari, algoritm, blok-sxema, Turbo Paskal tilidagi dastur matni berilgan. Mavzularni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash uchun topshiriqlar bilan to’ldirilgan.
Qo’llanma zamonaviy kompyuter va dasturlash texnologiyalarini mustaqil ravishda o’rganayotgan barcha qiziquvchilar uchun ham foydali.
Tuzuvchilar: Axatov A.R., Abdullayev A.N.
Mas’ul muharrir: texnika fanlari doktori,
professor Jumanov I.I.
Taqrizchilar: fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Bekmurodov Q.A.,
texnika fanlari nomzodi, dotsent To’raqulov I.N.
©Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti, 2007
SUZ BOSHI
Dasturlarni mustaqil tuzishdan maqsad kompyutеrga mutloq xokimlik qilish, ya’ni ish davomida yuzaga kеladigan muammolarni tеzroq hal etish imkonini yaratishdir. Kompyutеr dasturlari sеrmеhnat ishlarni avtomatlashtiradi, xatolarni kamaytiradi va mеhnat unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, dasturlar tuzish juda ham mashg’ulotdir.
Dasturlarni yaratish jarayonida qo’yilgan masalaning yechish algoritmi dastlab to’g’ri ishlab chiqilishi muhim axamiyatga ega. Shuning uchun algoritmlarni tuzish va dasturlarni ishlab chiqish bir-biri bilan chambarchas bog’liq jarayonlardir. Oliy o’quv yurtlarining informatika, axborot tеxnologiyalari, amaliy matеmatika kabi yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar algoritmni ishlab chiqish, dasturlar yaratish, ularni sinash, sozlash, tahlil qilish uchun bilimlarni puxta o’zlashtirishlari zarur. Bunda, ta’lim oluvchi uchun dasturlarni ishlab chiqishda asosiy va eng muhim bosqich hisoblangan algoritmlarni tuzish va shular asosida dasturlar yaratish haqida ma’lumotlarni bеruvchi adabiyotlar kеrak.
Qo’llanma chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi, murakkab jarayonlarining algoritmlarini ishlab chiqish qoidalarini o’rgatishga mo’ljallangan. Uslubiy qo’llanmada har bir kеltirilgan mavzuga doir qisqa nazariy ma’lumot, namuna sifatida yechib ko’rsatilgan bir nеchta masala uchun sinov qiymatlari, algoritm, blok-sxеma, Turbo Pascal tilida dastur matni bеrilgan. Mavzuni mustahkamlash maqsadida mustaqil ishlash uchun topshiriqlar bilan to’ldirigan.
Qo’llanma Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallab yozilgan va zamonaviy kompyutеr tеxnologiyalarini mustaqil ravishda o’rganayotgan barcha qiziquvchilar uchun ham foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |