«Shina» topologiyasida ishlash
«Shina» topologiyasi (ba’zi hollarda «umumiy shina» deb ham ataladi) o’z tashkiliy qismi bilan tarmoq kompyuter tarmoqlarining bir turda bo’lishini va barcha obanentlar teng huquqligini taqazo qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo’li bitta. Aks holda uzatayotgan axborot ustma –ust bo’lishi natijasida o’zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib bu turdagi axborot almashinuvi yarim dipleks rejimida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o’zida emas, navbat bilan ikki yo’nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy obanent bo’lmagani uchun puxtaligi boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy kompyuter ishdan chiqqan holda, boshqarilayotgan tizim ham o’z vazifasini bajarishdan to’xtaydi. Shina tarmogiga yangi obanent qo’shish ancha oddiy bo’lib yangi obanentni tarmoq ishlab turganda ham qo’shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan shinada eng kam uzunkida kabellar ishlatiladi. SHuni xisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikki chetdagi kompyuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har dioim ham qulay bo’lmaydi.
Mumkin bo’lgan konfliktlarni hal qilish har bir obanentning tarmoq qurilmasi zimmasiga tushadi. «Shina» topologiyasida tarmoq adapterining qurilmasi boshqa topologiyadagi adapter qurilmasiga nisbatan murakkabroqdir. Lekin, «Shina» topologiyasida mahalliy tarmoqlarining (Ethernet, Arcnet) keng tarqalganligi uchun tarmoq qurilmalarining narxi unchalik qimmat emas. Shinadagi kompyuterning biri ishdan chiqsa, tarmoqdagi qolgan kompyuterlar bemalol axborot almashinuvini davom ettirishi mumkin. Kabellarni uzilishini ham qo’rqinchli emasdek tuyiladi, chunki biz uzilish bo’lganda ikkta ishga layoqatli alohida shinaga ega bo’lamiz. Lekin elektr signallarni uzun aloqa yo’lidan tarqalish xususiyatidan kelib chiqqan holda shina oxirlariga maxsus moslashtirilgan qurilmalar, ya’ni terminator ulanishi lozim. Terminatorsiz ulanganda signal aloqa yo’lining oxiridan aks sado tarqaladi va surilish hosil bo’lishi natijasida tarmooqda aloqa amalga oshishi mumkin bo’lmay qoladi. Shunday qilib kabel shikastlanganda yoki uzilish hosil bo’lganda aloqa yo’lining moslashuvi buziladi va hattoki o’zaro ulangan kompyuterlar o’rtasida ham axborot almashinuvi to’xtaydi. Shina kaelining xohlagan qismida yuz bergan qisqa to’qnashuv natijasida butun tarmoqning ish faooliyati to’xtaydi. Shinadagi tarmoq tarmoq qurilmalaridan birontasi buzilgan taqdirda uni ajratib qo’yish qiyin, chunki hamma adaperlar parallel ulanganligi sababli ularning qaysi biri ishdan chiqqanligini aniqlash oson emas. «Shina» topologiyali tarmooqning aloqa yo’lidan axborot signallari o’tish davomida so’nish yuzaga keladi va u qayta tiklanmaydi, shuning uchun kabelning umumiy uzunligiga chegara qo’yiladi. Bundan tashqari obanent tarmoqdan turli amplitudali signal oladi, buning sababi axborot uzatayotgan kompyuter va axborot qabul qilayotgan kompyuterlar orasidagi masofaga bog’liqdir. Bunday vaziyat tarmoqning axborotni qabul qilish qurilmalariga qo’yiladigan qo’shimcha talablarni oshiradi. «Shina» topologiyasida tarmoq uzunligini oshirish uchun ko’pincha bir necha segmentlar ishoatiladi (har bir segment alohida shinani tashkil qiladi), bu segmentlar o’zaro maxsus signallarni tiklovchi qurilma – repiterlar, yoki takrorlovchi qurilmalar orqali ulanadi. Lekin bu usulda tarmoqni uzunligini cheksiz oshirib bo’lmaydi, chunki aloqa yo’lida signalni tarqatish tezligining chegarasi mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |