Hozirgi ilm-fan, texnika, sanoat jadal rivojlanayotgan bir paytda ta`lim jarayonida ta`lim mazmuning yangi loyihasi ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo`llash zarurati vujudga keldi



Download 279,5 Kb.
bet2/8
Sana22.04.2022
Hajmi279,5 Kb.
#572213
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pirimidin

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adaniyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Uning umumiy hajmi 43 bet. Unda foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.


I.Asosiy qism
Tarkibida pirimidin halqasi tutgan tritsiklik xinazolin alkaloidlari yuqori biologik xossalari tufayli katta ahamiyatga ega. Ularning ba’zilari kо‘p yillardan beri tibbiyotda qо‘llanib kelinmoqda. О‘tgan asrning 70-yillari boshida xinazolin asosida olingan birikmalardan bor-yо‘g‘i ikkita preparat tibbiyot amaliyotida qо‘llanilgan bо‘lsa, 80-yilga kelib ularning soni 50 taga yetgan . Hozirgi vaqtda butun dunyoda eng dolzarb muommolardan biri bо‘lgan “Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi” (OITS) kasalligiga ham pirimidin asosidagi moddalar bilan qarshi kurashish borasida katta izlanishlar olib borilmoqda .
1.1. Pirimidin halqasidagi azot atomiga boruvchi reaksiyalar
Pirimidinlar, ularning benzol (xinazolinlar), tiofen, (tiyenopirimidinlar) va boshqa geterotsikllar bilan kondensirlangan analoglari 1-holatdagi azot atomi bilan kо‘pgina reaksiyalarga kirishadi. Masalan, ular organik kislotalar xlorangidridlari, sulfotrioksid, molekulyar brom bilan kompleks moddalar hosil qiladi.
1.2.Atsillovchi agentlar bilan reaksiyasi
Bu reaksiya bir geteroatom saqlovchi olti a’zoli geterotsiklik birikmalarning birinchi vakili piridinga ham xosdir. Piridinni N-alkillash va N-atsillash mumkinligi ilgari kо‘rsatilgan. Olingan mahsulotlar N-etilpiridiniy bromid (piridinga etilbromid ta’siridan) va N-atsetilpiridiniy xloridlar (piridin va atsetilxlorid) bо‘lib, suv yoki boshqa reaksiya qobiliyati kuchli nukleofil birikmalar ishtirok etmagan sharoitlarda barqaror kristall yoki qattiq moddalar hisoblanadi. N-Atsil- tuzlari atsil guruhini tashuvchi moddalar bо‘lib xizmat qiladi. Ular murakkab efirlar va amidlar olishda ishlatilishi mumkin:



1,2-Digidropirimidin-4-onlar va ularning kondensirlangan analog- larini atsillash ham birinchi holatdagi azot atomiga ketadi. Bunda oddiy atsillash, ya’ni aminlarning angidrid yoki galoidangidridlar bilan boradigan reaksiyalari sodir bо‘ladi. Masalan, 2-oksopirimidin-4-onni benzoilxlorid yoki n-gidroksibenzoilxlorid bilan reaksiyasi N1 atomiga boradi va 1-benzoil(n-gidroksibenzoil)pirimidin-2,4-dion hosil bо‘ladi.
Ar=C6H5, n-HOC6H4.
Reagentlar nisbati о‘zgartirilganda pirimidin-2,4-dion va benzoilxloriddan N1, N3-dibenzoil mahsulot olingan.

Pirimidin-2,4-dion va 6-metilpirimidin-2,4-dionlarni oksalil-xlorid bilan atsillanganda ham reaksiya 1-holatga ketishi aniqlangan .
Pirimidin-2,4-dionni N3-almashingan hosilasi keten bilan atsillanganda, reaksiya birinchi holatidagi azot atomiga ketib, N1-atsetil mahsulot hosil bо‘ladi .
Tritsiklik xinazolin qatoriga kiruvchi birikmalardan 2,3-trimetilen-3,4-digidroxinazolin-4-on ham atsetilbromid bilan reaksiyaga kirishib N-atsetil-2,3-trimetilen-3,4-digidroxinazolin-4-on bromidni hosil qiladi.

Bu modda quritilgan holda saqlansa turg‘un birikma. Unga suv ta’sir qilinsa 2,3-trimetilen-3,4-digiroxinazolin-4-on gidrobromid va sirka kislotasi hosil qilib gidrolizlanadi. Ushbu reaksiya benzoilxlorid, p-nitrobenzoilxloridlar bilan ham boradi va tegishli N-benzoil-, -p-nitrobenzoil tuzlari hosil qiladi.

Ar=C6H5, p-O2NC6H4
Atsetilbromid, benzoil- va p-nitrobenzoilxloridlarni 2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on bilan ta’sirlanishidan N-atsetil-,-benzoil-, p-nitrobenzoil-2,3-tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on bromid va xlorid tuzlari olingan.

X=Vr, R=CN3; X=Sl, R=C6N5,; X=Cl, R=O2NS6N4.
Ushbu tuzlarning aroil guruhi saqlovchi birikmalar sifatida S-, N-, O-atsillovchi agent bо‘lib xizmat qilishi mumkinligi kо‘rsatilgan. N-Atsetil-2,3-tri- va -tetrametilen-3,4-digidroxinazolin-4-on tuzlari esa faqat N-,O- atsillovchi reagentlar sifatida ishlatilishi kо‘rsatilgan. Bunda alifatik va aromatik amidlar, atsilaminokislotalar, N-atsilalkaloidlar (sitizin, 1,2-digidrodezoksivazitsinon) va murakkab efirlarni olishning qulay usullari yaratilgan.
2-Okso-1,2,3,4-tetragidroxinazolin-4-onni metilxlorformiat bilan о‘zaro ta’siri natijasida ham N1 atsil mahsulot olingan.
N1-Atsil mahsulot hosil bо‘lishi pirido[2,3-d] pirimidin-4-onlarda ham kuzatiladi. Masalan, 2-okso-3-fenil-5-etoksikarbonil-7-metil-1,2,3,4-tetra-gidropirido[2,3-d]pirimidin-4-on sirka, benzoy, izomer xlorbenzoy va boshqa aromatik kislotalarning xlorangidridlari bilan shunday atsillanadi .
1,2,3,4-Tetragidroxinazolin-4-onlar, masalan, 2-aril-3H(metil-, etil-, benzil-, aril-)-1,2,3,4-tetragidroxinazolin-4-onlar, kislota angidridlari, xlorangidridlari bilan atsillanishi natijasida N1 atsil mahsulotlar hosil bо‘ladi .

R=H, aril; R1=CH3, C2H5, aril, C6H5CH2; R2=CH3, C6H5.
Yuqoridagi reaksiya asosida ikkinchi holatda ikkita metil guruhi saqlovchi 2,2-dimetil-1,2,3,4-tetragidroxinazolin-4-onni ham benzoillab 1-benzoil-2,2-dimetil-1,2,3,4-tetragidroxinazolin-4-on olingan.
2,3-Polimetilen-1,2,3,4-tetragidroxinazolin-4-onlarni sirka angid-ridi, benzoilxlorid, n-kapriloilxlorid, xloratsetilxlorid bilan atsillash ham N1 holatga ketishi aniqlangan.

R=CH3; X=OCOCH3; R=C6H5; X=Cl; R=C7H15; X=Cl; R=ClCH2; X=Cl
Shunday qilib, bitsiklik va tritsiklik 1,2,3,4-tetragidroxinazolin-4-onlarni kislotalarning angidridlari va xlorangidridlari bilan atsillash reaksiyalarida N1 atsil mahsulotlar hosil bо‘ladi.
Agar pirimidin-4-on va uning kondensirlangan analoglarining ikkinchi holatida ozod aminoguruh bо‘lsa atsillash reaksiyasi shu guruhga ketadi. Masalan, 2-amino-3H(metil)xinazolin-4-onni benzoilxlorid bilan xona haroratida atsillash orqali 2-benzoilamino-3H(metil)xinazolin-4-on sintez qilingan.

Sxemadan kо‘rinib turibdiki, reaksiya ekzotsiklik aminoguruhga ketadi.
Aytib о‘tish lozimki, bu sharoitda reaksiya endotsiklik azot atomiga ketmaydi. Ammo olib borilgan chuqur izlanishlar shuni kо‘rsatadiki, reaksiya 0oS da suvsiz dimetilformamidda olib borilganda 2-amino-1-benzoil-3-metilxinazolin-4-on xloridi hosil bо‘lar ekan. Lekin u xona haroratida qayta guruhlanib 3-metil-2-benzoilaminoxinazolin-4-onga aylanadi:
.

Download 279,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish