2-jadval Sekyuritizatsiya sub’ektlari va aktivlar turlari
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda moliya bozorining nazariy jihatlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari
Yurtimiz moliya bozori mamlakatda jadal sur’atlarda amalga oshiralayotgan islohotlarning mahsuli sifatida namoyon bo‘lib, o‘zining rivojlanish yo‘liga ega. Mamlakatimiz uchun asosiy muammolar qatoriga ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va industrial o‘sishni ta’minlashni kiritish mumkin. Ushbu muammolarni hal qilishda milliy moliya bozorining roli va funksiyalari katta ahamiyatga ega.
Jahon amaliyotidan ma’lumki, aynan moliya bozori milliy iqtisodiyotning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligi, xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash uchun investitsiyalarni jalb qilish, real sektorni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda va umuman iqtisodiyotda o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy resurslarni jalb qilishning samarali mexanizmidir. Moliya bozorining ochiqligi, jozibadorligi, barqarorligi, umuman yuqori darajada tashkillashganligi va rivojlanganligi milliy iqtisodiyotning xalqaro miqyosda raqobatbardoshliligini ifodalaydi. Barcha mamlakatlarning shunday xossalarga ega bo‘lgan moliya bozorlari investitsiyalar maqsadida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va savdo faolligini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zaro raqobatlashadil
Ushbu raqobatda O‘zbekiston moliya bozorining hozircha kichik bo‘lsa hamo‘ziga xos o‘rni bor bo‘lib, bosqichma-bosqich jahon moliya bozorlari erishgan xossalari darajasi tomon takomillashib va rivojlanib bormoqda. Tabiiyki, ko‘pchilik rivojlanayotgan (o‘tish iqtisodiyotiga mansub) mamlakatlarning moliya bozorlari ham O‘zbekiston singari investitsiyalar maqsadida moliya resurslari uchun kuchli raqobat sharoitlarini boshidan kechirmoqda.
O‘zbekistonda moliya bozori modeli aralash (gibrid, qo‘shma) modelga mansub bo‘lib, o‘zida anglo-sakson, kontinental va Yapon modellari elementlarini ma’lum darajada mujassamlashtirgan. Uning xususiyati shundaki, unda banklarning, moliya institutlarining (investitsiya institutlari, sug‘urta tashkilotlari, fondlar), institutsional investorlarning, mayda chakana investorlarning alohida ustunligi kuzatilmaydi. Alohida segmentlarga (pul, valyutalar, korporativ va davlat qimmatli qog‘ozlari, sug‘urta instrumentlari, kredit va banklarning boshqa instrumentlari bozorlariga) ega bo‘lib, ular hozirda bir-biri bilan to‘liq bog‘liq emas va har biri turli vakolatli davlat organlar tomonidan alohida tartiblashtiriladi. Bunday organlarga Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish Qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi kiradi.
Moliya bozorida antimonopol siyosatni ko‘rsatib o‘tilgan organlar bilan birgalikda Davlat raqobat Qo‘mitasi amalga oshiradi. Hozirda O‘zbekiston moliya bozorining infratuzilmasi ma’lum darajada shakllanganligi va unda turli moliyaviy instrumentlar mavjudligi, iqtisodiyotda muhim, lekin muammoli ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Uning muammosi shundan iboratki, hozircha O‘zbekiston uchun yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda bozorning faolligi kam sezilmoqda. Chunki moliya bozori qatnashchilarining faolligi nisbatan sust, muomaladagi moliyaviy instrumentlarning turi kam, riskliligi darajasi baland, kapitalizatsiyasi va likvidliligi past, hajmi kam, aylanmaliligi sekin, tartiblashtirish mexanizmi mukammal emas va h.k. Bularning barchasi vaqtinchalik holat bo‘lib, kelajakda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari singari raqobatbardoshlik darajasiga erishishi muqarrar.
Hozirda moliya bozorining operatsion tuzilmasi yetarlicha shakllangan, yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarida, ko‘pchilikrivojlanayotgan mamlakatlardagi singari, aksiyalarning katta paketlari egalari tashkil etgan, natijada «shareholder capitalism» (aksiyadorlar kapitalizmi) anglo-sakson modelidan farqli «stakeholder capitalism»(«nazorat paket egalari» kapitalizmi) holati yuzaga kelgan. Ularda korporativ boshqaruv mexanizmi germancha (ikki pog‘onali, insayderlar) modelga asoslangan. Kompaniyalar va banklarda emission, foizli daromadlar va investitsion siyosatlarida nomutanosibliklarni kuzatish mumkin.
Banklar, kompaniyalar va sug‘urta tashkilotlarining rivojlanish darajasi barqaror emas, risklilik darajasi yuqori. Qimmatli qog‘ozlar bozorida hozircha muddatli instrumentlar (derivativlar), munitsipal, ipoteka va boshqa turdagi tijorat qog‘ozlari (jumladan veksellar) segmentlari endi shaklanmoqda. Davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasi Respublika Valyuta birjasida amalga oshiriladi. Valyuta va banklararo kredit bozorlari banklar sektorida faoliyat ko‘rsatadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori hajmining YaIMga nisbati (kapitalizatsiya sur’ati) kichik bo‘lib (1 foizga yaqin), uning darajasi yalpi ichki investitsiyalar hajmidan ancha kam (taxminan 15–17 barobarga). Real sektorning pul resurslariga bo‘lgan talabi asosiy kapitalga qilingan ichki investitsiyalar hisobiga qondirilmoqda. Aksiyalar bo‘yicha dividendlar foizi va obligatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi yildan-yilga pasayish tendensiyasiga ega. Aksiyalarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarining nisbati taxminan bir-biriga yaqin. Aksiyalar va obligatsiyalarning ikkilamchi bozorlari spekulyativ xarakterga ega emas. Spekulyativ portfel investorlar yaxshi shakllanmagan bo‘lib, asosan strategik portfel investorlar mavjud. Shunday bo‘lsa-da, kelajakda O‘zbekiston moliya bozorining keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo‘ladi. Buning uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar bor13.
Mutaxassislar taqdim etgan tahlillar O‘zbekistonda moliya bozorining likvidligi talab darajasida emasligini ko‘rsatadi. Ikkilamchi bozorning mavjud holati va aholi boshqa qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining moliya bozoridagi faoliyatini susaytirmoqda.
Iqtisodiyotning real sektori va moliya bozoridagi uzilishlar sababli korxonalarga investitsiya mablag‘larini jalb qilish uchun moliya bozorining zamonaviy vositalaridan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelinyapti. Uy xo‘jaliklarining moliya bozoriga kirib borishi orqali ularning korporativ qimmatli qog‘ozlar bozoridagi salmog‘ini oshirish masalasi yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.
Bundan tashqari, kreditlash, jamg‘arma-depozit, pul o‘tkazmalari, hisob-kassa amaliyoti, sug‘urtalash, inkassatsiya, moliyaviy kafolatlash va valyuta oldi-sotdisi kabi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish yurtimizda lozim darajada, yoinki, xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilmagan. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasida keng qo‘llaniladigan birja, lizing, reytinglash, qayta sug‘urtalash, brokerlik, mulkni baholash, moliyaviy maslahat berish, moliyaviy resurslarni ishonchli boshqarish kabi xizmatlarni ko‘rsatish kutilgan natijalarni bermayapti.
“Moliya bozori va moliya xizmatlari sohasini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari va istiqbollari: milliy amaliyot va xalqaro tajriba” mavzusi oliy Majlis Senati qo‘mitalari va Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan davra suhbatida shu kabi masalalar muhokama qilindi. Senatorlar, xorijiy va milliy ekspertlar, mutasaddi vazirlik va idoralar, tijorat banklari vakillari ishtirokida mamlakatda moliyaviy boshqaruvning yangi turlarini tatbiq etish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish muammosi o‘rtaga tashlandi.
— To‘g‘ri, sohada hali natijaviy yondashuvni kutayotgan, ayniqsa, qonunchilikdagi takomilga muhtoj bo‘lgan normalar talaygina, — dedi Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov. — Ayniqsa, korporativ boshqaruv va moliya sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish bo‘yicha ishlarni yanada jonlantirish lozim. Chunki bu kamchiliklar moliya bozori va xizmatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlar ijrosi samaradorligini oshirish, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Buning uchun bir necha yangi qonunlar qabul qilish oldimizda turgan vazifalardan. Jumladan, davra suhbatida bildirilgan taklifga ko‘ra, moliya bozorini rivojlantirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, investorlar hamda fond bozorining boshqa ishtirokchilariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlariga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qilinishini yanada tezlashtirishga kelishib olindi.
Tadbirda ishtirok etgan sohaning xalqaro ekspertlari ham bu borada xalqaro tajribaning muvaffaqiyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan fikr bildirdi.
— Koreya va O‘zbekiston iqtisodiyoti va bank-moliya tizimi bir biridan katta farq qiladi, — deydi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi konsultanti Pol Li. — Ammo, O‘zbekiston zamonaviy moliya bozorini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega mamlakat. Uning investitsiya resurslarini yanada ochiqroq taqdim etish, banklarning jozibadorligini oshirish va aholi o‘rtasida aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida ishtirok etishga ishonch uyg‘otish – moliya bozorining kelgusidagi istiqbolini ta’minlaydi. Bugun moliya bozori kechagidan farq qiladi. Mulkdor bo‘lish uchun imkoniyatlar juda ko‘p. Bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish orqali moliya bozorlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish mumkin14.
Xulosa
Hozirgi davrda moliya bozorining jahon iqtisodiyotidagi oʻrni va ahamiyatini tоʻgʻri tushungan holda mamlakatimizda ham moliya bozorini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga e‟tibor qaratilsa, moliya bozori mamlakat iqtisodiyotining oʻsishida muhim oʻrin tutayotganligini koʻrish mumkin.
Hozirgi kunda moliya bozori iqtisodiyotni rivojlanganligi amaliyotining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Shu bois ham mamlakatimizda moliya bozrini rivojlantirish va buning natijasida korporativ tuzilmalarda davlat ulushini kamaytirish muhim masala hisoblanadi. Bu borada albatta mamlakatimizda bir qancha choratadbirlar olib borilmoqda, chunki albatta moliya bozorini yaxshi yo‘lga qo‘ymasdan jahon bozori va dunyoda rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar oldida o‘z o‘rnini topish murakkab masaladir.
Moliya bozori iqtisodiy tizimda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu iqtisodni boshqaradigan vositadir, ortiqcha birliklar defitsit birliklari bilan uchrashadigan va har xil moliyaviy kelishuvlarni muhokama qiladigan platformalardandir. Moliya bozorini rivojlantirishning maqsadi, moliyaviy bozorning vositachi sifatida samarali ishlash imkoniyatini oshirishdir. Samarali moliya bozorida to‘g‘ri risklar va imkoniyatlar, ya'ni taklif tomonida bo‘lgan, aktivlar talabining barcha sinflarini qondirish uchun emitentlarning tanlovini taklif qiluvchi keng miqyosli moliyaviy vositalar, kredit xatarlari va boshqalar mavjud. Talab tomonda har xil investorlarning turli xil xavf-xatar bilan birga katta miqdorda investitsiya talabi bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, emitentlar va investorlar o‘rtasidagi xilma-xillik odatda bozorning yaxshi rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa moliyaviy aktivlarni faol almashinuviga olib keladi. Yuqori likvidli moliya bozori eng kam narx ta'sirida katta hajmdagi va turli xil moliyaviy vositalarni berishga qodir. Bu yerda moliyaviy vositalar tezda o‘rtacha narxlarda almashinishi mumkin. Samarali kliring va hisob-kitob qilish tizimi tranzaktsion xarajatlarni kamaytirishga yordam beradigan asosiy omil hisoblanadi.
Moliya bozorining asosiy vazifasi sifatida moliyaviy resurslarning yakuniy isteʼmolchilari oʻrtasida jamgʻarmani samarali taqsimlashni taʼminlash masalasi qoʻyiladi. Bu masalani hal qilish ham obyektiv, ham subyektiv sabablarga koʻra murakkablik kasb etadi. Chunki moliya bozori ishtirokchilari manfaatlari bir-biriga qarama-qarshiligi, moliyaviy majburiyatlarni bajarish boʻyicha risklarning yuqoriligi va boshqa holatlar vazifaning toʻliq bajarilishiga imkon bermaydi. Moliya bozori aholi jamgʻarmalarini investitsiyalarga aylantirishning asosiy mexanizmi hisoblanadi, u investor va jamgʻaruvchi manfaatlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |