42-43-mavzu. O‘zbekistonning suv havzalari. (2 soat, A2+: 3 soat)
Leksika: O‘zbekiston suv havzalari, daryolar va ko‘llar, Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengizi, Orolning qurishi, suv manbalarini asrash, buloqlar, turli kasalliklarga shifo kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: kerak, zarur, shart so‘zlari, ularning qo‘llanishi (2 soat).
Adabiy o‘qish: Respublikamizning suv havzalari haqidagi matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
44-46-mavzu. Sport – salomatlik garovi. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: sport mashg‘ulotlari, sport turi bilan shug‘ullanmoq, muntazam, salomatlik garovi, sog‘lom turmush, musobaqada qatnashmoq, “Barkamol avlod” musobaqalari kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Ko‘makchilar (1 soat), ularning qo‘llanishi (2 soat).
Adabiy o‘qish: salomatlik va sportga oid matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |