Tuproqning (zichligi) hajm massasi deb, strukturasi buzilmagan mutloq quruq tuproq massasining uning hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Solishtirma massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi shundaki, hajmiy massa tuproqning barcha massa hajmini, yani uning qattiq qismi va g’ovaklarini o’z ichiga oldi. Shu sababli tuproqning zichligi qattiq qismining zichligidan doim kichik bo’lib, 1 dan 1,8 g/sm3 gacha uzgarib turadi.
Sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarning hajm massasi vegetasiya davomida haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 , mexanik tarkibi og’ir botqoq tuproqli yerlarda esa 1,7- 1,9 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 g/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi.
Tuproqning zichligiga yerni ishlash usullari, tuproq strukturasini o’zgartirish, organik o’g’itlar solish, suvning muzlashi va boshqalar tasir etadi.
Madaniy o’simliklar tuproqning tuzilishiga har xil talabchan bo’ladi. Ayniqsa, ildizmevalilar kartoshka, piyoz, sabzi, lavlagi, sholg’om, turp kabi ekinlar mexanik tarkibi yengilroq, yumshoq tuproqli yerlarda yaxshi o’sib rivojlanadi va yuqori hosil olinadi.
Ko’p yillik dukkakdosh ekinlar, o’q ildizli va boshoqdosh don ekinlarining tuproq zichligiga munosabati ularning yeshiga bog’liq. Tuproq yuza qatlamining zichligi yesh o’simliklarga salbiy tasir etadi. Keyinchalik yoki ikkinchi yili zichlik tasirini bemalol bartaraf etib, o’simliklar normal o’saveradi. Haydalma qatlam ostidagi zich qatlam o’simliklarning o’sishiga, ayniqsa ildiz tizimining qo’yi va yon tomonlarga tarqalishiga to’sqinlik qiladi. Shuning uchun haydalma qatlam osti zich bo’lgan yerlar har xil qurollar bilan yumshatilishi zarur.
Mayda chang zarrachalarini bir-biri bilan yopishib, har xil, kattalikdagi agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil bo’lishida organik modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. Chirindi qancha ko’p bo’lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo’ladi. Kesaklar yirik-maydaligiga qarab qo’yidagilarga bo’linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq), makrostrukturali (diametri 10-0,25) va mikrostruktura (diametri 0,25 mm dan kichik), mikrostruktura o’z navbatida dag’al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik mikrostrukturaga (0,01 mm dan kichik) bo’linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Suvga bo’ktirilganda tuproq agregatlari mayda zarrachalarga bo’linib ketsa, u strukturasiz tuproq deyiladi.
Strukturali tuproqlar yaxshi ishlanadi, suv bilan tez to’yinadi va tarkibida kerakli miqdorda suv hamda havoni saqlaydi.
Strukturali tuproqqa ishlov berilganda, g’ovak massa hosil bo’ladi va yirik kesakchalar ko’chmaydi, yopishqoq bo’lmaydi va ishlov berilganda strukturasiz tuproqlarga nisbatan kam energiya sarflanadi.
Tuproqning strukturasiga suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari kuchli tasir ko’rsatadi. Struktura mexanik, fizik-kimyoviy va biologik omillar tasirida yemriladi.
Mexanik omillarga kesakchalarni qishloq xo’jalik mashinalarining g’ildiraklari, ishchi organlari, qishloq xo’jalik hayvonlari va odamlarning yurishi va boshqa kuchlar tasirida ezilishi kiradi.
Fizik-kimyoviy omilga bostirib sug’organda tuproq ichidagi havoni suv bosim bilan siqib chiqarishi natijasida strukturani buzishi kiradi, hamda singdirish kompleksidagi ikki, uch valentli (Sa2 + va Mg2 +) kationlarining bir valentli (Na+, N+ va NN4) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo’ladi. Mikroorganizmlarning organik moddalarni parchalab strukturani buzishi biologik omilga kiradi.
Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab ekish yani organik modda miqdorini ko’paytirish hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda yerga ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin tutadi.
Respublikamiz aholisi soni yildan-yilga ko’payib ketmoqda. Kishi boshiga to’g’ri keladigan ekin maydoni esa tobora kamayib, hozir 2001 yilning boshiga kelib u 0,16 gektarni tashkil etadi (Abdug’aniyev A. Yadiyarova Sh. 2002y). Bu ko’rsatkichlar AQSh- 0,52, Fransiyada-0,34, Qozog’istonda-1,54, Qirg’ozistonda-0,26, Ukrainada-0,59, Rossiyada-0,67, gektarga teng. Hozirgi vaqtda respublikamizda sug’oriladigan maydonlarining 1,5 mln. gektariga paxta va 1,3 mln. gektardan ziyed maydonga lalmi va suvli g’alla ekilmoqda. Iqtisodiy islohatlar O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng birinchi navbatda qishloq xo’jaligida boshlandi. Buning o’ziga xos ramziy ma’nosi bor, chunki aholining 60 % dan ko’prog’i, ish bilan band aholining 44% qishloq joylarda yashab mehnat qilmoqda, yalpi ichki mahsulotning 30%, valyuta tushumining 55%, tovar mahsulot almashuvining 70%, oziq-ovqat mahsulotlarining 90% agrar sektor hissasiga to’g’ri keladi. (R.Xusanov, 2001y).
Ma’lumki AQSh, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va iqtisodiy taraqqiy etgan boshqa davlatlarda qishloq xo’jaligida band bo’lganlar umumiy mehnatga qobiliyatli aholining 2,5-7% dan ortmaydi. Respublikamizda g’alla mustaqilligiga erishish, g’o’za va boshqa ekinlardan yuqori hosil olish, tuproq unumdorligini yanada oshirish, undan oqilona foydalanish dehqonchilikda mavjud bo’lgan asosiy yechimi kechiktirib bo’lmaydigan masalalardir. Demak, dehqonchilik bo’lmasa hayot ham oziq-ovqat ham bo’lmaydi. Aholini o’sib borayetgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |