Bino va inshootlarga bólgan huquqlarni róyxatga olish va ular
bilan amallar ótkazish uchun tushgan talabnomalar
REESTRI
1-jadval
№
|
Arizachining
nomi
|
Ariza
tushgan
sana
|
Ob`ekt
nomi
|
Talabnoma pred-meti (róyxatga olish, amallarni bajarish)
|
Róyxatgaolish
vaqti va
sanasi
|
Xizmat
uchun
tólangan
haq
|
izoh
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Róyxatga oluvchi róyxatga olinayotgan kóchmas mulk ob`ektiga nisbatan olib borilgan bitim yoki amallar haqida voqif bólishi lozim. Bu holat tomonlarning ózaro shartnomani tuzish, talabnoma reestrini tóldirish choǵida aniqlanadi.
Bino va inshootlarni davlat róyxatiga olish uch bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich: Talabnoma berish.
2-bosqich: Talabnoma (ariza)ni tekshirish.
3-bosqich: Ariza yoki talabnomani róyxatga olish va mulk huquqi
guvohnomasini berish.
Róyxatga olish davrida kelib chiqqan noaniqliklar va boshqa savollar bóyicha róyxatga olish organida ushbu muammolarni hal qilish uchun sórovnomalarni róyxatga olish reestri yuritiladi, uni quyidagi tartibdat tuzish tavsiya etiladi.
2-jadval
Axborotni qidirish va sórovnomalarni berish REESTRI
№
|
Arizachiing
f.i.sh.
|
Sórovnoma
berilgan sana
|
Sórov-noma-ning
maqsadi
|
Ob`ekt
nom
|
Sórovnomani
róyxatga olish
vaqti va sanasi
|
Xizmat
uchun
tólangan
haq
|
Bajaril
Ganligi haqida
belgi (olingan
axborot
belgisi)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Sórovnomaning yozma bayoni oddiy va aniq standart qolipda bólishi va uning orqa tomonida yuqoridagi 2-jadval tasvirlanishi lozim.
Sórovnomaning standart qolipida bino va inshootning reestr raqami, er
uchastkasining kadastr(kod) raqami, egalik huquqining tavsifi va kutilayotgan natija kabi ma`lumotlar bayon etiladi.
Talabnomalar formasining tuzilishini shunday tayyorlash kerakki, uning har bir bólimida bir xil mazmundagi axborotlar mujassam bólsin. Ushbu ma`lumotlar róyxatga oluvchining maxsus xonasida saklanishi kerak.
Talabnomalar formasining tuzilmaviy kórinishini quyidagi 1-rasmda tasvirlangan.
Kóchmas mulk huquqi mavjud bólgan yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari davlat róyxatga olish tizimida rasmiylashtirilmasa, tegishli mulkka bólgan huquq vujudga kelmaydi, ya`ni u hech qanday yuridik kuchga ega bulmaydi.
Kóchmas mulkni davlat tomonidan róyxatga olinishi kóchmas mulkka bólgan huquqlarni davlat tomonidan kafolatlaydi.
Kóchmas mulkni davlat tomonidan róyxatga olishda 2-ilovada kórsatilgan hujjatlar talab etiladi. Buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar tekshirilib, shubha yoki ishonchsizlik tuǵdirayotgan hujjatlarga aniqlik kiritiladi. Talabnoma(ariza) hujjati notóǵri tóldirilgan yoki kóchmas mulkga oid hujjatlar tóplami tóliq hajmda taqdim etilmagan hollarda talabnoma buyurtmachiga kerakli hujjatlarni olib kelish uchun qaytarib beriladi.
2-ilovadagi róyxatda kórsatilgan bino va inshootlarga tegishli barcha hujjatlar tóplami vakolatli mutaxassis tomonidan qabul qilingandan sóng, talabnoma(ariza) davlat REESTRIga (1-jadval) olinadi va buyurtmachiga bajariladigan xizmat uchun tólanadigan hujjat (tólov qoǵozi) hamda talabnoma (ariza)ni qabul qilib olinganligi haqida róyxatga oluvchi shaxs tomonidan til xat beriladi.
«Bino va inshootlarga bólgan huquqlarni róyxatga olish va ular bilan amallar ótkazish uchun tushgan talabnomalar REESTRI» ga arizalarni qayd etishdan oldin ariza ekspertizadan ótkaziladi va róyxatga olish organidagi mazkur ob`ektga tegishli joriy axborotlarni, arizalarni mavjud yoki mavjud emasligi tekshiriladi.
Mazkur ob`ektga tegishli boshqa ariza (protest) yoki munozarali holatlar aniqlangan takdirda róyxatga olish ishlari tóxtatiladi. Bunda tomonlar órtasidagi muammolar sud organlarining aralashuvi yoki Ózaro kelishuv yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |