Zbekiston respublikasi



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/22
Sana21.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#396498
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
mustaqillik davri ozbek sheriyatining poetik yangilanishi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I.2. MUSTAQILLIK DAVRI SHE’RIYATIDA POETIK FIKRNING 
YANGILANISHI. 


29 
 
 
“She’riyatimizga 70-yillarda kirib kelgan avlodning ijodiy faoliyati uzoq payt 
adabiyotimizni  o‘z  iskanjasiga  olgan  mafkura  tazyiqidan  birmuncha  erkin  tarzda 
boshlandi  va  80-yillar  o‘rtalaridan  boshlab  undan,  asosan,  xalos  bo‘lib  bordi.  80-
yillar  avlodi  yurtimizdagi  mavjud  holat,  xalqning  fojeali  ahvoli,  o‘tmishi  va 
kelajagiga  yangicha  nazar  soldi.  Shuning  natijasida  bu  avlod  salaflaridan  farqli 
ravishda,  vatan  istiqbolini  komunizm  g‘oyasi  bilan  bog‘liq  holda  ko‘rmadi”
8

Aksincha, u g‘oya o‘z umrini yashab bo‘lganini, rasmiy  mafkura shiorlari haqiqiy 
holat  orasida  tubsiz  jar  hosil  bo‘lganini  teran  his  qildi  va  shuning  natijasida 
yurtning istiqbolini istiqlol bilan bog‘liq holda tassavvur qila boshladi.
 
Shunday 
qilib,  Mustaqillik  davri  she’riyatining  fikriy  yo‘nalishi, 
asosan,o‘zbeklarning  millat  sifatidagi  ma’naviy  kamoloti,  milliy  mustaqillik,  erk, 
ozodlik  kurashi  kabi  mavzular  doirasida  kechdi.  Xususan,  XX  asr  o‘zbeklarning 
fojeali  qismat,  erkka,  hur  fikrlilikka  intilgan  shaxsning  achchiq  toleining  g‘oyat 
sekin  o‘zgarishlarda  kechgan  millat  ko‘rgiliklarini  tarixiy  jarayon  sifatida  poetik 
o‘rganishdan  boshladi.  Yanayam  muhimi,  mafkuralashgan  siyosiy  madaniyat 
bag‘rida  chinakkam  adabiyotni  go‘zal  poetik  nafosatni,  umumbashariy 
qadriyatlardan biri bo‘lgan haqiqiy she’riyatni yaratdi. 
Shoiro‘ziga  tegishli  barcha  narsada  yangilikka  intiladi.  U,  avvalo,  atrofni 
o‘zgartiradi,  shu  o‘zgarishlarni  taqozo  etgan  yoki  ular  tufayli  paydo  bo‘lgan 
tuyg‘ular  ifodasi  orqali  adabiyotni  o‘zgartiradi.  Va  shu  o‘zgargan  adabiyot    yana 
atrofni  yangilaydi.  Qay  birining  boshqasiga  hal    qiluvchi  ta’sir  o‘tkazishini 
aniqlash  esa  imkonsiz.  O‘zbek  adabiyoti  ham  XX  asrning  so‘ngi  o‘n  yilligida 
shunday 
o‘zgarishlar,inson 
turmushini 
yengillatishga 
xizmat 
qiluvchi 
texnologiyalar  rivoji  va  keskin  ijtimoiy  to‘ntarishlar  bois  o‘zaro  qarama-qarshi 
tuyg‘ular,  orasida  qoldi.  Millat  tarixi  va  adabiyotida  muhim  ahamiyat  kasb  etgan 
ijtimoiy-badiiy yo‘nalish-mustaqillik davri she’riyati shu tarzda paydo bo‘ldi. 
                     
8
.
Ulug‘bek  Hamdam “Yangi o‘zbek she’riyati”“Adib” Toshkent– 2012
 
 


30 
 
Bugungi adabiy  jarayonda,  xususan,  she’riyatda  kechayotgan  janr  va  shakliy 
izlanishlar  shunchaki  ijodiy  tajriba-poetik  yangilanishning  namunalari  bo‘lib 
qolayotgani  yo‘q.  Bu  ayni  paytda  poetik  fikrning  ilmiy  va  badiiy  yangilanishiga 
sabab  bo‘lmoqda.  Muttasil  kechayotgan  janr  va  shakliy  izlanishlar  shoirlarning 
yurak  amriga,  ma’naviy-intellektual  ehtiyojiga  aylangani  boisidan  ham  qutlug‘ 
samaralar  bermoqda.  Voqelikni  tushunish,  inson  va  jamiyat  psixologiyasini 
tushuntirishda  hayotiy  mazmun  bilan  to‘liqib  bormoqda.  Istiqlol  davri 
she’riyatimiz g‘oyaviy-estetik  mundarijasini belgilamoqda. Real hayotiy  mazmun, 
zamonga  hamnafaslik,  qaynoq  davr  ruhi  istiqlol  she’riyatining  etakchi 
xususiyatlaridan biriga aylandi. 
Masalan, Mustaqillik she’riyatining asoschilaridan A.Oripov she’rlarida talqin 
etilgan davr nuri-bu hurriyat nuri, millat erki, Vatan ozodligi, ezgulikning boqiyligi 
bilan  yorishib ketadi. Ular bir- birini to‘ldiradi, biri ikkinchisini boyitib nurlantirib 
turadi. Fikriy mundarijasi hm shu tomonlama yangilanib boradi.  
 
                  Hayot tantansi boshlanmish ammo 
                  Do‘stlar nur vasliga tashlaylik nigoh, 
                  Shu buyuk oftobning mukofotini 
                  E’zozlab qo‘yaylik aytib shukrona 
 
Shoir  she’rlarida  nur  xayol  obrazining  quyuqligi  masala  mohiyatini  ochib 
bermaydi, albatta. Aslida nur real hayot mag‘ziga to‘liq jonli moddiy birlikdir. Shu 
ma’noda,  nurning jilvalari  g‘oyat rang - barang.  Bu  hol ayniqsa  nur bilan bog‘liq 
sifatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi( porloq rangin, pok beg‘ubor, yorqin olovli, oq, 
parishon, so‘lg‘in, bokira, hur, zarra va boshqalar). 
Bu yerdagi fikr nur jilolarining rangdorligida emas. Balki nurning teranligi va 
xushligini  taminlagan  hayotiyligi,  tasirchanligi  va  nozikligida.  Shu  asosda  nur 
shoir  poetik  dunyosi  fikrlar  badiyatining  teranligini  isbotlaydi.  Nur-ko‘zlarga 
tiniqlik va yorqinlik baxsh etuvchi bir unsur emas. She’rning estetik tasir quvvatini 
oshirishdek  vazifasi  bor,  o‘zi  ham  anashu  jarayonda  teran  ma’no,  yangi  fikr  kasb 


31 
 
etadi. 
 “Poetik  janr  va  shakllardagi  izlanishlar  qanchalik  ko‘p  bolsa,  badiiy-ilmiy 
fikrni  ifodalash  usullari,  yo‘llari  shunchalik  kengligini  ko‘rsatadi.  Shoirlarimiz 
salohiyatining  daraja-miqyoslarini  tasdiqlaydi.  Zero,  janr  va  shakliy  izlanishlar 
badiiy-falsafiy,  ijtimoiy-axloqiy  mazmunni  berish  barobarida,  salohiyatining 
imkoniyatlarini ham ko‘rsatadi”
9

 
Rayhonlarga chulg‘anib ketgan 
                                     Onam hidi keladi sendan. 
                                     Bilamanki, xokisorginam, 
                                    Sen hech narsa kutmaysan mendan. 
 
Ushbu  satrlar  istiqlol  davri  she’riyatida  go‘zal,  benazir  va  betakror  badiiyat 
namunalarini yaratayotgan hassos shoira Halima Ahmedovaning “Vatan” she’ridan 
olingan.  Rayhon,  tuproq  obrazlariga  yuklatilgan  badiiy  fikr  Vatan  tushunchasini 
butkul  yangicha  talqin  etishga  olib  kelgan.  She’rning  nechog‘liq  asl  she’rligini, 
badiiy-estetik salohiyatini poetik obrazlar zimmasidagi ohorli mazmun belgilashga 
yana  bir  karra  ishonch  hosil  qilasiz.  Shoira  poetik  obrazlarining  original,  ohorli 
bo‘lishi  uchun  muttasil  izlanadi.  Tabassum  shiviridan  ungan  so‘zlarni  yurak 
qirralarini ko‘rsatishga safarbar etadi. Shu  ma’noda shoira badiiy  fikrlarini  ipakka 
aylantirayotgandek,  tuyg‘ular  manzarasidan  palak  to‘qiyotgandek  bo‘ladi. 
Yorug‘likni alqayotgan sog‘inchni eslatadi. 
 
                           Men tug‘ilgan kunimdan boshlab, 
                                   Talpinganim sen bo‘lding, ishon. 
                                   Sening zarra-zarralaringda 
                                    Haq jamoli bo‘ldi namoyon. 
                     
9
 Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. – T.,Yangi asr avlodi, 2006. – B.298.
 


32 
 
Tuproq-ona  timsolida  gavdalanadi.  Barq  urgan  rayhonlardan  onasining  hidi 
keladi.  Tabiatga  jon  bag‘ishlagan,  atrof-tevaragida  barq  urgan,  tuproqqa 
ko‘rkmalohat, husn-joziba baxsh etgan jamiki go‘zallik haqning tajallisidir. 
Xullas,  XX  asr  so‘ngida  yurtimizda  yuzaga  kelgan  sharoitda  shaxs  maqomi 
o‘zgardi,  ijtimoiy  faollashgan  yangi  inson, yangicha badiiy  fikr shakllandi. Yangi 
insonning  qalb  tebranishlarini  aks  ettirish  talabi  she’riyatdan  shunga  mos 
o‘zgarishlarni,  yangilanishni  taqozo  etdi.  Yangi  inson  shaxsiy  turmushini 
o‘zgartirishga  o‘zini  qodir  degan  fikr  bilan  yashaydi,  aniq  ijtimoiy  maqsad  bilan, 
ertangi  istiqbol  haqida  o‘ylab,  amallarini  shunga  moslab  yashay  boshlaydi,  ya’ni 
ijtimoiy  faollashdi.  She’riyatning  ijtimoiylashuvi  birgina  mazkur  ijtimoiy  natijasi 
emas,  ayni  paytda  ichki  omil-inson  fitrati  undagi  ruhiy  mohiyatning  ijtimoiylik 
shaklida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir.  
Xuddi shunday poetik fikrning yangicha badiiy namunalarini Azim Suyun 
ijodida ham uchratishimiz mumkin: 
 
Qahraton shimolning ayozin totdim, 
 
         To‘ngan tarashaday yotdim, muz qotdim. 
O‘lmadim-tanimga berdi harorat – 
Muhabbat, muhabbat, muhabbat.   
 
Shakl-asarning  tashqi  unsurlari,  uni  tashkil  qilgan  tovushlar,  tovush  takrori, 
ohang,  ritm,  so‘zlar,  ularning  uyg‘unligi,  san’atlar,  alohida  she’riy  bo‘laklarning 
o‘zaro  bog‘liqligidir.  Mazmun-tabiiy  ravishda  quyilib  kelgan  muayyan  ichki 
o‘lchovga,  musiqiylikka  ega  bo‘lgan,  shoirning  shaxsiy  qoidalariga  muvofiq 
tartibda  joylashtirilgan,  biror  hayotiy  hodisa  paydo  bo‘lgan  fikr,  tuyg‘u,  intilish, 
odamlar timsoli, narsa-hodisalar, tabiat va h.k.lar tasviridir.  
Qanchalar  go‘zal.  Hatto,  band  oxiridagi  misra  “Muhabbat,  muhabbat, 
muhabbat”  shaklidagi  bir  xil  so‘zlardan  iborat.  Ammo  mavzuga  yondashuv  tarzi, 
tuyg‘uni ifodalash yo‘sini orasidagi farq bo‘rtib turadi. Azim Suyun she’rida tasvir 
oddiy,  sodda,  hatto,  dag‘alroq,  shu  bilan  birga  go‘zal.  She’r  texnikasi  ham 


33 
 
o‘zgacha: dastlabki ikki misra  huzunini jarangsiz  “sh” tovushi ifodalagan-shimol, 
tarasha. Ikkinchi misra esa ichki ohangga, qofiyaga ega-yotdim, qotdim. Azoblarni 
bildirayotgan  ikki  satrdan  so‘ng  yengillik,  tiriklik,  uyg‘oqlik  ruhini  namoyish 
etuvchi  yakuniy  qism  keladi.  Satr  mazmuniga  ko‘ra  uning  qofiyalanishi  ham 
dastlabki  ikki  misralarnikidan  alohida,  ularni,  demak,  hazin  kayfiyatni  davom 
ettirmaydi. Soddagina ulug‘vorlikning betakror namunasidir. 
Anashu go‘zallikning ifoda qirralari shunchalar ma’nodorki, ular Azim Suyun 
she’rlarida ham alohida fazilat bo‘lib bo‘y ko‘rsatadi. Ya’ni hissiy fikrning o‘ziga 
xos ko‘rinishidir. Xususan, tahqirmi yoki haqoratmi, o‘lim holatimi yoki jon taslim 
etish  ansolarimi,  badiiy  so‘z  anashunday  fojealarni  tasvirlashga  majbur.  Bu-uning 
vazifasi.Ammo,  so‘z  Azim  Suyun  izmida  o‘z  burchini  shunchalar  xolis  va  nafis 
ijro  etishga  erishdiki,  tasvir  obekti  qanchalik  noxush  bo‘lmasin,  ifoda  go‘zalligi 
bizda  hayrat  tuyg‘usini  uyg‘otaveradi.  Badiiy  sozning  shunchalik  manzaradorligi, 
ma’nodorligi  fikrimizni  yorug‘likka  chulg‘aydi.  Badiiy  so‘z  ana  shu  taxlit 
go‘zalligi ila estetik quvvat, ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. 
 Mustaqillik davri she’riyatida fikrning badiiy  yangilanishi haqida so‘z borar 
ekan, biz bugungi kunda yangilik belgisini saqlab turgan modern she’riyati haqida 
gapirmasdan  ilojimiz  yo‘q.  Endi  kechagiday  yoza  olmaydigan  shoirlar 
shakllanganidek,  kechagi  tarzda  bitilgan  she’rlarni  o‘qimaydigan  o‘quvchilar 
qatlami ham paydo bo‘ldi. Shuning uchun ham hozirgi o‘zbek modern she’riyatiga 
xos  xususiyatlarni  aniqlash,  uning  milliy  zaminda  paydo  bo‘lib,  milliy  ruhiyat 
qirralarini  aks  ettiradigan  estetik  hodisa  ekanini  ko‘rsatish,  fikr  badiyatining 
yangiligini  tadqiq  qilish,  uning  badiiyatini  ta’minlagan  omillarni  tayin  etish, 
modern  poetikaning  sodir  bo‘lish  mexanizmini  muayyan  shoirlarning  she’rlari 
asosida  tadqiq  qilish  dolzarb  ilmiy  muammoga  aylandi.  Buning  uchun  o‘zbek 
modern  yo‘nalishidagi  she’riyatiga  xos  xususiyatlar,  ularning  voqe’  bo‘lish  tarzi, 
bu  she’rlar  badiiyatini  ta’minlagan  omillar  va  ularda  milliy  ruhning  ifodalanish 
yo‘llarini ilmiy tekshirish talab etiladi.  
“Ijodiy qiyofalari turlicha  bo‘lgan  modern shoirlarning asarlaridagi  milliylik, 
uning ildizlari va namoyon bo‘lish tarzini tadqiq etish asnosida: 


34 
 
– o‘zbek modern she’riyatiga xos yetakchi fikriy xususiyatlarni aniqlash; 
– modern she’riyatning ildizi va manbalarini tayin etish; 
–  hozirgi  modern  she’riyatning  badiiyatini  ta’minlagan  omillarni  tekshirish, 
shu asosida ayilgan yangi fikrlarni o‘rganish; 
– modern yo‘nalishda yozayotgan ijodkorlarning she’rlarida milliy ruh, badiiy 
fikr qanday aks etganligini ko‘rsatish; 
–  modern  yo‘sindagi  shoirlar  ijodidagi  o‘xshash  va  farqli  jihatlarni  tadqiq 
etish; 
–  zamonaviy  she’riyatda  tasavvufiy  ramzlarning  uchrashi,  ularning  namoyon 
bo‘lish tarzi hamda milliy ruhni ifodalashdagi o‘rni va buning sababini tekshirish; 
–ijodiy  fikrlashi,  olamni  badiiy  aks  ettirish  yo‘nalishlari  turlicha  bo‘lgan 
shoirlarning  asarlari  misolida  modern  she’riyatning  doimiy  harakatda  bo‘lgan  va 
o‘zgaruvchan estetik hodisa ekanligini ilmiy mavzuimiz doirasida  ko‘rsatib berish 
lozim bo‘ladi”
10

Bu borada gap ketganda o‘zbek modern yo‘nalishining yorqin vakili Faxriyor 
ijodini  tahlilga  tortamiz.  Faxriyor  so‘zning  nafaqat  ma’noviy,  balki  shakily  
jihatlariga ham e’tibor beradi. U so‘zni aytibgina qolmaydi, balki moddiylashtirib, 
o‘quvchiga  ko‘rsatadi  ham.  She’rning  bu  xildaligi  kishini  fikrlashga  undaydi, 
badiiy  so‘zdan  olingan  taassurotni  xilma-xillashtiradi.  Oy  haqida  deyarli  barcha 
shoirlar  she’r  bitgan.  Lekin  Faxriyor  oy  haqida  gapiribgina  qolmay,  uni 
o‘quvchisilariga ko‘rsatadi ham. 
Nahotki 
                                                      h 
                                                   i 
                                                 l 
                                                   o 
                                                       l 
                                 mening qobirg‘amdan to‘ragan 
 
                     
10
.
Normatov U. Ijod sehri. – T., Sharq, 2007. 
 


35 
 
Insoniyat  tarixida  ishq-muhabbat  vasfiga,  sadoqat  va  xiyonat, ko‘ngil erki  va 
makr-riyo  talqinlariga  shunchalar  ko‘p  she’r  atalganki,  go‘yo  hamma  gap  aytib 
bo‘lingandek,  sevgi  lirikasining  sahifalaridan  joy  qolmagandek  tuyuladi. 
Xayolimizda  tug‘ilgan  bu  xil  taassurot  aldamchi.  Aslida,  bugungi  o‘zbek 
lirikasining 
nurposh 
qiyofasini 
sevgi 
lirikasisiz 
tasavvur 
etolmaymiz. 
 Hilol-uch  kunlik  yangi  oy  qobirg‘a  shakliga  bir  qadar  o‘xshaydi.  Bu  holat 
she’rxon tuyg‘usini aniq tasavvurga aylantiradi. Modern she’riyat uchun  vizuallik 
maqsad emas, u yangi, tutilmagan she’riy obrazlar yaratish vositasidir.  
Xayolga  tolgan,  hissiyotga  cho‘mgan  dilgir  holatlar  rangi  tiniqligi  bilan  
hayratlantiradi.  Bu  tiriklikni  anglangan  va  ko‘rilgan  asnolari;  tushuntirilayotgan 
tuyg‘ularning  bo‘yoqlari,  fikrlayotgan  holatlarning  ma’nolaridir.  Ular  bus-butun 
holda  ko‘nggilning  tub-tubiga  cho‘kkan  xayolga  tolgan,  fikrchan  sukunatning 
g‘alayoni        sifatida  anglashiladi.  Shoir  aytmoqchi  hayotning  har  lahzasi  go‘zal, 
umrning  har  dami  g‘animat,  deya  sukunat  hayqirayotgandek  bo‘ladi.  Tiriklikni 
qadrlashga,  o‘zlikni  bilish  barobarida  e’zozlashga,  yorug‘likning  g‘animatligini 
unutmaslikka  undayotganday  tuyuladi.  Shu  tarzda  hisssiyotga  cho‘mgan  holatlar 
fikrlayotgandek,  rangli  tuyg‘ular  ma’nosini  o‘qishga  qaratilgandek  anglshiladi. 
Umr-tiriklik  oniy,  husn-malohat  kiprik  qoqgunchalik  o‘tginchi.  Faqat  ularning 
fikrga  aylangan  ma’nolari  go‘zallikning  boqiy  lahzalari  bo‘lib  xotiralarda  yashab 
qoladi.   

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish