Ózbekiston respublikasi oliy va órta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Ólchanayotgan kattalikning matematik modellashtirishdagi noaniqlik



Download 6,78 Mb.
bet45/76
Sana23.01.2022
Hajmi6,78 Mb.
#406615
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
OMK uzb (2)

4.2. Ólchanayotgan kattalikning matematik modellashtirishdagi noaniqlik

Ólchanayotgan kattaliknng noaniqligi óz ichiga modellashtirish, óziga xoslik noaniqligi va tabiiy (potentsial) noaniqliklarni qamrab oladi.

Ólchash obʼektini modellashtirish ólchashning rejalashtirish bosqichida umumiy holatda zarur bólib, ushbu protsedura metrologiya bóyicha sohaga doir adabiyotlar kam órganilgan va aks ettirilgan. Modelning real ólchash obʼektiga talab qilingan aniqlik darajasida mos bólmasligi ólchashga bólgan aprior noaniqlikni keltirib chiqaradi.

Har qanday real tizim, biror moddiy obʼekt (predmet, jarayon yoki hodisa) tógʼrisida gap borganda, albatta ularni tavsiflovchi muayyan xossalar (xususiyatlari)ni kóz oldimizga keltiramiz. Kópincha real tizim yoki obʼekt shunchalik kóp xossaga ega bólishi mumkinki, ularning har birini ilgʼash, anglash, aniqlash va ular tógʼrisida yetarlicha tóliq maʼlumot tóplash (olish) imkoniyati bólmaydi. Shu sababli, odatda biror tekshirilayotgan obʼektning eng ahamiyatli (qiymatli) xossasini aniqlash va uni keyinchalik ólchash mumkin bóladi. Tekshirilayotgan obʼektning xossalarini, xususiyatlarini qanchalik kóp órgansak, bizni órab turgan atrof-muhit tógʼrisidagi tushunchamiz shunchalik kengroq (kóproq) bóladi. Har qanday obʼekt (predmet, jarayon va hodisa)ni tekshirish uchun uning xossalarini hisobga olgan holda modeli shakllantiriladi va nihoyat uni ólchash masalasi belgilanadi.

Model - bu tekshirilayotgan real obʼektga qandaydir xususiyat bóyicha óxshash tizimdir.

Modellashtirish nazariyasida modellashtirishning uch xil usuli qóllaniladi:

- tóliq modellashtirish – bu umumiy holda materiya harakatini ham vaqt, ham fazo (prostranstvo) bóyicha óxshashligini taʼminlovchi usul.

Bunda tóliqsiz modellashtirish – bu usul shundan iboratki, asosiy jarayon kechishni xarakterlovchi xodisa yoki jarayon faqat qisman óxshash bóladi.

- Tahliliy modellashtirish – bu usul eng kóp qóllaniladigan usul bólib, tekshirilayotgan obʼektga hal qiluvchi taʼsir etmaydigan faktor (omil)lar hisobiga olingan holda yoki umuman modellashtirilmaydi yoki taxminan modellashtiriladi.

Ilmiy-tadqiqot ótkazishda yoki ishlab chiqarishda biror obʼekt tógʼrisida maʼlumot tóplash yoki umuman ólchashni amalga oshirish uchun real ólchash obʼekti (ólchanadigan kattalik) qanday xossalarga ega va qanday fizik kattaliklar bilan xarakterlanishi, ólchash vositasi va ólchash usuli aniqlanishi kerak, yaʼni talab etilgan darajadagi natijaga erishish uchun eng optimal (maqbul) variantli usul va ólchash vositasini tanlash lozim. Bundan tashqari ólchash qandaydir bir muhitda va aniq bir qoida bóyicha bajariladi.

Odatda, ólchash obʼekti ózgarmaydigan, yaʼni ólchanadigan kattalikning ózgarmaydigan chinakam (haqiqiy) qiymati mavjud deb hisoblash qabul qilingan. Ólchash jarayonining qolgan tashkil etuvchilari esa, ólchash vositasi, ólchash sharoiti va xattoki

- operator doimo ózgarib turadi va bu ózgarishlar baʼzida tasodifiy bólishi, ularni oldindan bilolmasligimiz mumkin. Аgarda bu tasodifiy ózgarishlar ólchash natijalariga taʼsir etsa, u holda kattalikning takror ólchashlardagi natijalari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun ólchash masalasi qóyilishida avvalo ólchash obʼekti modeli qabul qilinadi.

Ólchash obʼektining modeli bólib, obʼektning barcha “muhim” xususiyatlarining bir-biriga ózaro taʼsirining tahliliy yozilmasi, kirish va chiqish signallari ózaro funktsional bogʼliqligining formulalar kórinishida matematik yozilmasi xizmat qilishi mumkin.

Masalan, ólchash obʼekti –podshipnik (4.2.1.1 -rasm).








Download 6,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish