3.1.1- rasm. Ólchashlar noaniqligining turlari
qamrab olish ehtimoli ̶ ólchanayotgan kattaliklarning chin qiymatlari majmui kórsatilgan qamrab olish intervalida joylashish ehtimoli.
qamrab olish koeffitsienti ̶ birdan katta son bólib, ólchashlarning kengaytirilgan noaniqligini olish uchun ólchashlarning yigʼindi standart noaniqligiga kópaytiriladi.
Izoh: ISO/IEC Guide 98-3:2008 halqaro standartida belgilangan qoidalarga asosan, qamrab olish koeffitsienti odatda k bilan belgilanadi.
Birinchi holat (aposterior baholash) maʼlum bir fizik kattalikning ólchash natijalari bóyicha ótkaziladi va noaniqligi baholanadi. Uni faqat ólchanayotgan kattalikning kóp marta kuzatish natijalari holatida baholash mumkin. Ushbu ólchashlar ikkita variantda bajarilishi mumkin:
1) takrorlanuvchanlik sharoitida tasodifiy effektlar bilan bogʼliq bólgan ólchash noaniqligi tashkil qiluvchisini baholash va kamaytirish uchun);
2) natijalarning kuzatilayotgan ózgaruvchanligini olish maqsadida kuzatish sharoitlarining birida ózgarish bólgan holda (bartaraf qilinmagan maʼlum muntazam effektni ózgaruvchan qismi bilan bogʼliq bólgan ólchash natijalari noaniqligini tashkil qiluvchilarini baholash va kamaytirish uchun).
Kóp marta kuzatish natijalarini matematik statistika usullari bilan qayta ishlash natijasida kutilayotgan qiymatni baholash atrofida sochilishning ólchovini ólchash natijasi sifatida olish mumkin. Kuzatish natijalarining tarqoqligini ólchovi sifatida А tur standart noaniqlik deb nomlanadigan tajribaviy standart ogʼish olinadi.
Ólchash natijalari noaniqligini aprior baholash maʼlum ólchashda órganilayotgan tasodifiy yoki muntazam effektlar ótkazilmagan holatda baholanadi. Bunda oldin bajarilgan ólchash natijalari maʼlumotlariga tayanilib, tashqi ishonchli manbalardan olingan axborotlardan foydalanish mumkin. Masalan, ólchanayotgan kattalikning fizik xususiyatlari, ólchash vositasining pasport maʼlumotlari, qiyoslash, kalibrlash sertifikatlari va bayonnomalari maʼlumotlari va x.k.
Noaniqlikni baholash ogʼir jarayon ham emas, sof matematik masala ham emas. Baholash ólchanadigan kattalikning tabiatini sinchiklab órganishga, foydalaniladigan ólchash usuliga va metodikasiga bogʼliq.Ólchash natijasi uchun kórsatiladigan noaniqlik bahosining smfati va foydasi tushunchaga, kritik tahlilga va bu baholashni bajarayotgan odamning vijdoniyligiga bogʼliq bóladi.
Kirish kattaliklarining standart noaniqliklari kattalik tógʼrisidagi maʼlumotning turiga va kattalik qiymatining ( statik yoki nostatik) ózgarishi mumkinligiga qarab, А tur yoki B tur bóyicha baholanadi.
Аgar kattalik tógʼrisidagi maʼlumot (axborot) statik, yaʼni kóp marta ólchash yoki sinashlar yóli bilan eksperimental olingan bólsa, bu holda kirish kattaliklarining standart noaniqliklari А tur bóyicha baholanadi.
Аgar kattalik tógʼrisidagi maʼlumot nostatik, yaʼni ushbu ólchash davomida baholanmagan bólib, qandaydir mustaqil baholash natijasida olingan (kattalikning ózlashtirilgan qiymati) bólsa, bu holda kirish kattaliklarining standart noaniqliklari B tur bóyicha baholanadi.
Аgar kirish kattaligining bahosi bir marta kuzatish bóyicha, etalonga qiyoslab, kam noaniqlik bilan kalibrlangan muayyan ólchash vositasi yordamida olingn bólsa, bu holda bahoning noaniqligi – bu asosan, birlik ólchamini qayta tiklash noaniqligi, yaʼni etalonning noaniqligi bóladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |