Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маҳсус таълим вазирлиги



Download 1,51 Mb.
bet31/98
Sana29.12.2021
Hajmi1,51 Mb.
#85613
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi a

Nutqning mantiqiyligi

«Aristotel insonning eng xarakterli xususiyati - fikrlarini isbotlay olishi deb bilgan. Qadim Xitoy va Qadim Hind notiq va mantiqshunoslari fikrni asoslash jarayonini diqqat bilan o`rgangan. Buyuk ajdodlarimizdan biri Forobiy esa fikrni asoslash to`g’risidagi ta’limot-ni mantiq ilmining asosiy tayanchi deb hisoblagan.

Tinglovchilarga haqiqatni yetkazish va ularni u yoki bu fikrning to`g’riligiga ishontirish bilan bog’liq har qanday nutqiy jarayon o`zaro bog’liq uch unsurdan tashkil topadi.

Birinchi unsur - isbotlanishi kerak bo`lgan fikr. Ikkinchisi - fikrning to`g’riligini isbotlovchi asos va dalillar. Uchinchisi - namoyish, ya’ni fikr va asos (dalil)lar o`rtasidagi aloqani kursatuvchi mantiqiy bog’lanish.

Fikrlashning mantiqiyligini ta’minlashda bu uch unsur borasida shakllangan qoidalarga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga aytish lozimki, fikrlash jarayonida mantiqiy xatolar mantiqiy fikrlash mada-niyatining zaifligi va fikriy pala-partishlik oqibatida vujudga keladi yoki tinglovchilarni ongli ravishda adashtirish, bahs-munozarada qanday bo`lmasin yutib chiqishga intilish istagidan kelib chiqadi62.

«Auditoriya bilan muloqotga kirishar ekan, notiq uni o`z fikrlariga inontirishi, mafkuraviy oziq be­rishi, odamlarning ongini o`zgartirishi lozim. Notiq nutqining ta’sirchan va ishonarli bo`lishida asosiy shartlardan biri esa fikrning mantiqiyligidir».

«Demak, notiqning muvafaqqiyati uning qay darajada mantiqning asosiy qoidalarini bilishi va ularga rioya etishiga bog’liq. Shuning uchun pedagogika, psixologiya, tilshunoslik bilan bir qatorda mantiq nutqning uslubiy asosini tashkil etadi va omma oldida nutq so`zlash, targ’ibot-tashviqot olib borish mahoratini o`rganishda amaliy asos vazifasini o`taydi. Mantiqiy nutq tinglov-chilarni butkul jalb etish, ayrim o`rinlarda esa ularga gipnotik ta’sir o`tkazishga qodir. Va aksincha, bayondagi izchillikning yo`qolishi, fikrning mavhumligi va isbotlanmaganligi nutqning tasir kuchini yo`qqa chiqarishi va notiqning obro`sini tushirishi mumkin».

«Isbotlanayotgan fikrga (tezisga) nisbatan mantiq qator talablarga rioya etishni taqozo etadi. Birinchi va eng muhim talab - fikr haqqoniy bo`lishi kerak».

«Fikrga (tezisga) nisbatan qo`yiladigan ikkinchi talab - fikr aniq va ravshan ifodalangan bo`lishi lo­zim. Nutqiy muloqotda fikrni aniq va ravshan ifodalash uch amalda bajarishni taqozo etadi. Birinchidan, notiq o`zi uchun fikrni aniq ifoda etishi ke­rak, ikkinchidan, fikr tinglovchi(lar) uchun ravshan shaklga tushirilishi lozim va nihoyat, uchinchidan, matnda fikrning yuqoridagi ikki shakli o`zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Notiq o`zi uchun fikrni aniq ifoda etishi deganda, so`zlayotgan odamning mavzuni yaxshi idrok etishi, o`z fikrining to`g’riligi borasida shubha qilmasligi tushuniladi».

Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to`g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’langandir. Chunki grammatik jihatdan to`g’ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan leksik bir-lik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilmasligiga sabab bo`lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e’tiborsizlik oqibatida ba’zan man-tiqsizlik ham yuz beradi. Misollarga murojaat etaylik. Quyidagi misolda o`quv dasturi haqida fikr-mulohaza yuritilsa-da, o`quv jadvali (dars jadvali ma’nosida) birikmasi noto`g’ri ishlatilgan: Shuningdek, umumta’lim maktablarida “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fani bilan birgalikda O`zbekiston Respublika-sining Konstitusiyasini o`rganish kursi o`quv jadvaliga kiritilgan (XS., 8.11.02).

Darvoqye, 30-tur uchrashuvlari yakunlangan bo`lsa-da, kecha Farg’onada hyech qanday ahamiyat kasb etmagan “Neftchi” va “Paxtakor” jamoalari o`rtasida kechiktirilgan tur uchrashuvi o`tkazildi (XS.,5.12.02). Ajratilgan birikma noo`rin ishlatilgan, jumlada g’alizlik paydo bo`lgan.

Nutqning mantiqiy bo`lishi so`zlovchi yoki yozuvchining tafakkur qobiliyati bilan bog’liq. Shuning uchun manti-qiylik faqatgina til hodisasi sanalmasdan, tildan tashqarida bo`lgan omil sifatida ham qaraladi. Ya’ni bunda notiqdan faqatgina tilni yaxshi bilish emas, o`zi mulohaza yuritayotgan mavzu atrofida keng bilimga ega bo`lish ham talab qilinadi.

«Nutq madaniyati asoslari» asarida mantiqiylikni ikki guruhga bo`lib – predmet va tushuncha mantiqiyligi tarzida o`rganish tavsiya etilgan. Predmet mantiqiyligi nutqdagi til elementlari bilan real voqyelikdagi predmet va hodisalarning mazmuniy aloqasi hamda munosabatidir. Tushuncha mantiiqiyligi esa nutqda mantiqiy tafakkur qurilishi va uning til elementlari semantik aloqadorli-gida mantiqiy rivojlanishning aks etishidir.

Ko`rinadiki, so`zlarning o`zi ifodalayotgan predmet va hodisalarga mos ravishda fikrni aniq ifodalashi predmet mantiqiyligi bo`lsa, so`z birikmalarining, gaplarning, abzaslarning, hatto butun-butun matnlarning bir-biriga mosligi, fikrni izchil davom ettirishga bo`ysundirilishi tushuncha mantiqiyligidir.

Tushuncha mantiqiyligi haqida aytilgan fikrdan xulosa chiqarish mumkinki, nutq mantiqiyligining asosiy lingvistik sharti – leksik-semantik va sintaktik me’yorga amal qilishdir.

Tushuncha mantiqiyligi alohida olingan matnda fikriy ketma-ketlik, mantiqiy izchillik bo`lishini taqozo qiladi. Ammo bu talabni nutqiy jarayonning hamma ko`rinishlarida ham o`rtaga qo`yib bo`lmaydi. Masalan, vazifaviy uslublarda, xususan, ilmiy va badiiy nutq uslublarida bu talabga qanday amal qilinishini olib ko`raylik. Ilmiy uslubda yozilgan asarlar yaxlit bir qurilishga ega. Unda kirish, asosiy qism va xulosa mavjud bo`lib, ular yagona bir halqaga birlashadi. Matnda bayon qilinayotgan fikrlar qat’iy izchillikda bayon qilinadi.

Badiiy nutq qurilishi esa biroz boshqacha. Fikrlar bir maromda bayon etib kelinadiyu, birdaniga uzilish yuz beradi va endi boshqa voqyealar hikoya qilib ketiladi. Bu narsa go`yo mantiqiy izchillikka putur yetkazganday ko`rinsa-da, aslida unday emas. Badiiy asarlar, xususan, qissa, roman kabi janrlardagi keng ko`lamlilik tasvir kompozisiyasini ana shunday tuzishni taqozo qiladi. Mantiqqa putur yetmaganligi bunday asarlarning oxirida ma’lum bo`ladi.

Tadqiqotchilarning fikricha, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida shakllangan, fikrlar rivoji izchil bo`lgan, har bir so`z, ibora aniq, maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan nutq tushuniladi63.

Notiq nutqi mantiq qoidalariga muvofiq bo`lishi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:

- nutq aniq, ravshan bo`lishi kerak;

- nutqda fikr (bayon) izchilligi saqlanishi kerak;

- nutq jarayonida fikriy ziddiyat bo`lmasligi ke­rak;

- fikrlar dalillangan bo`lishi kerak.

Mazkur talablar rasmiy mantiqning to`rt asosiy qonuni: e’tirof qonuni, qarama-qarshilik qonuni, uchinchisini inkor etish qonuni va yetarli asos qonuni bilan chambarchas bog’liq.



Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish