Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети


O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili



Download 136,64 Kb.
bet23/34
Sana31.12.2021
Hajmi136,64 Kb.
#279551
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
Nosirova Nufuza

2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili.

O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab, jamiyatni tubdan isloh qilish strategiyasi ishlab chiqishda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishni pirovard maqsad sifatida belgilab oldi. Prezidentimiz bu borada “Bunda biz markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish ekanligini qayta-qayta ta’kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy- boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalari bilan almashinuvidir”2, deb ko’rsatib berdi.

Bundan ko’rinadiki, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat jihatidan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Eng muhimi, bunday yangilanishlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy tafakkuri, turmush tarzi va “hayot falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.

Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va qiyofasining yangilanishi mazkur jarayonlar huquqiy asoslarining yaratilishi bilan birga uzviy holda borishi zarur. Shunga ko’ra, iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidanoq mamlakatimizda Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g`risida”, “Chet el investistiyalari to’g`risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim qadam bo’ldi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi islohotlarning bosqichligi va izchilligining muhim qoidasi va e’tiborda tutish lozim bo’lgan jihatlaridan biri – ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlardagi har qanday sifat o’zgarishlarini muntazam kuzatib, ularni yanada rivojlanishini rag`batlantirib, va ayni paytda, buning uchun etarli shart-sharoitlarni yaratib borish hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g`risida”, “Xususiy korxona to’g`risida”, “Valyutani tartibga solish to’g`risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”, “Fermer xo’jaligi to’g`risida”gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada liberallashtirish va modernizastiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati bo’lib xizmat qilmoqda.



2 Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1993.

Agar bozor islohotlarining dastlabki pallalarida odamlarda bu boradagi tasavvurlar etarli emasligi natijasida mazkur jarayonlarga ma’lum darajada hadiksirash, ertangi hayot uchun tashvishlanish, hattoki ayrim hollarda ishonchsizlik xislari mavjud bo’lsa, mamlakatimizdagi islohot va yangilanishlarning o’tgan davri bunday hissiyot va ikkilanishlarni yo’qotib yubordi, aholi orasida ertangi kunga ishonch va yorqin kelajak uchun intilish, bunyodkorlik yo’lida harakat qilish kabi xislatlarni kuchaytirdi. Bugungi kunda jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodiyotining afzalliklari va imkoniyatlarini o’z hayotlari va turmush tarzlarida yaqqol sezmoqdalar. Dastlab odamlar uchun qandaydir mavhum bo’lib tuyulgan bozor iqtisodiyoti bugun ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Prezidentimiz o’z ma’ruzasida yuqoridagi ijobiy jihatlarni ta’kidlash bilan birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantig`i va izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi.

Ma’lumki, erkinlashtirish bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;

  • resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;

  • narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o’tish;

  • ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish va h.k.

O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida xususiy mulkka alohida e’tibor qaratilib, uning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani alohida qayd etilgan. Shuni tan olishimiz va doimo e’tiborda tutishimiz kerakki, bugungi kunda ham aholi ma’lum bir qismining xususiy mulk, tadbirkorlik, daromadlarning shakllanishi tizimining erkinligiga salbiy munosabatda bo’lishi hollari uchrashi mumkin. Bu holat totalitar tizimning bir necha o’n yillar davomida hukmronligi oqibatida aholida shakllangan boqimandalik kayfiyati, davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib kelinganligi, uning ayrim kishilar tasavvurida salbiy taassurot qoldirganligi kabi sabablar bilan izohlanadi.

Mamlakatimizda xususiy mulkning daxlsizligi va davlat himoyasiga olinganligi to’g`risida to’xtalar ekanmiz, bu taniqli iqtisodchi Ya.Kornaining xususiy sektorni samarali rivojlanishini ta’minlash uchun “Xususiy mulkning mutlaq xavfsizligi to’g`risida qat’iy ravishda e’lon qilinishi zarur… Albatta, bunday kafolatlar qonunlar, partiyalarning dasturlari va etakchi davlat arboblarining bayonotlari orqali belgilanishi lozim… Kelgusidagi investistiyalar haqida qayg`urish “Konfiskastiyalar endi hech qachon bo’lmaydi!” deya qat’iy

bayonot berishni taqozo etadi”6 degan so’zlarini keltirish o’rinlidir. O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi”da “Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o’z biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”7 deya yana bir bor ta’kidlanishi ushbu fikrlarning yaqqol tasdig`idir.

Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligi, shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-qoidalari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim ahamiyat kasb etishi, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro’yxati va turlarini aniq belgilab qo’yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlash zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog`liq chora-tadbirlarga oldingi yillardan e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, 2009 yilda ham tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog`liq sarf- xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirilib, jumladan:


  • arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;

  • loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar;

  • kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirilgan edi. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog`liq

tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (7-jadval).


  1. jadval





6 Корнаи Я. Путь к свободной экономике: (Страстное слово в защиту экономических преобразований). М.: Экономика, 1990. – 26-бет.

7 Мамлакатимизда демократик ислоhотларни янада чуqурлаштириш ва фуqаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Qонунчилик палатаси ва Сенатининг qўшма мажлисидаги маърузаси // “Халq сўзи” газетаси, 2010 йил 13 ноябрь.


Download 136,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish