Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati


Izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

Izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari 
2.1.63. Izolyatsiyalovchi dastakli asboblar 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan 
elektr uskunalarida kuchlanish ostida ishlash uchun asosiy himoya vositasi sifatida 
qo‗llaniladi. 
2.1.64. 
Faqat 
GOST 
11516-79* 
talablari 
asosida 
tayyorlangan 
izolyatsiyalovchi dastakli asboblarni ishlatishga ruxsat etiladi. Izolyatsiyalovchi 
dastaklar g‗iloflar shaklida yoki tayanch bilan mahkamlangan nam 
o‗tkazmaydigan, moy va benzin ta‘siriga chidamli, mo‗rt bo‗lmagan, elektr 
izolyatsiyalovchi materialdan yasalgan echilmaydigan qoplama shaklida 
tayyorlanadi. Izolyatsiya dastakni batamom qoplashi va uning halqa-tayanch 
o‗rtasigacha bo‗lgan uzunligi 100 mm dan kam bo‗lmasligi kerak. Otvyortka 
o‗zagining izolyatsiyasi uning uchiga 10 mm qolgunga qadar davom etishi lozim. 
Izolyatsiyalovchi dastaklar yuzasi va qalinligi nuqsonsiz bo‗lishi hamda g‗ovaklar, 
singan va shishgan joylari bo‗lmasligi shart. 
Shaxsiy ekranlovchi komplektlar 
2.1.65. Shaxsiy ekranlovchi komplektlar xodimlarni 50 Gs chastotali 
kuchlanishi 500 kV bo‗lgan elektr uskunalari yuzaga keltiradigan, kuchlanganligi 


132 
500 kV/m gacha bo‗lgan elektr maydoni ta‘siridan shaxsiy himoya qilish uchun 
mo‗ljallangandir. 
2.1.66. Kuchlanish ostida bo‗lgan tok o‗tkazuvchi qismlarga tegish 
mumkin bo‗lgan hollarda, chunonchi panellarda, elektr yuritmalarda, ishlab turgan 
yig‗malarda va 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan zanjirlarda ishlashda, elektr 
asbob-uskunalarni profilaktik sinashda (bevosita sinov o‗tkazayotgan shaxslar 
uchun), elektr payvandlash ishlarida shaxsiy ekranlovchi komplektlardan 
foydalanish man qilinadi. Havo harorati 42° S dan Yuqori bo‗lganda ekranlovchi 
komplektlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi. Bunday hollarda statsionar yoki 
ko‗chma ekranlovchi uskunalarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
2.1.67. Ekranlovchi komplektga maxsus ish kiyimi, maxsus poyabzal, qo‗l 
va boshni himoya qiluvchi vositalar, yuzni himoya qiluvchi ekran (kerak bo‗lgan 
taqdirda), strubsinali yerga ulagich simlari kiradi. 
2.1.68. Ekranlovchi komplektlar 3 xilda tayyorlanadi: 
EPR podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini ta‘mirlash ishchilari 
uchun (yozgi); 
EPX podstansiyaning navbatchi ishchilari uchun (yozgi); 
EPZ havo elektr uzatish tarmoqlarini ta‘mirlovchi ishchilar uchun (qishgi). 
2.1.69. 
EPR 
ekranlovchi 
komplektga 
kapyushonli 
kurtka 
va 
yarimkombinezon, elektr o‗tkazuvchi qoplamali kaska yoki uning ustidan 
kiyiladigan elektr o‗tkazuvchi toladan to‗qilgan jild, elektr o‗tkazuvchi tagi charm 
poyabzal, elektr o‗tkazuvchi rezinadan qilingan rezina etik, elektr o‗tkazuvchi 
qo‗lqop (2 juft), strubsinali yerga ulagich simlari kiradi. 
2.1.70. EPX ekran komplekti EPR komplektiga o‗xshash bo‗lib, 
ekranlovchi ish kiyimi bilan farq qiladi (kurtka, yarimkombinezon o‗rniga elektr 
o‗tkazuvchi toladan qilingan kapyushonli xalat ishlatiladi). 
2.1.71. EPZ ekranlovchi komplekt tarkibiga kapyushonli kurtka va issiq 
astarli shim, elektr o‗tkazuvchi qoplamali yoki jildli kaska, kigiz etik ustidan kiyish 
uchun elektr o‗tkazuvchi rezinali kalish; elektr o‗tkazuvchi rezinadan qilingan 
rezinali etiklar, elektr o‗tkazuvchi qo‗lqoplar yoki engli qo‗lqoplar, strubsinali 
yerga ulagich simlari kiradi. 
2.1.72. Yilning sovuq vaqtlarida EPR va EPX yozgi ekranlovchi 
komplektlarni qishgi umumiy foydalaniladigan ishchi kiyim ustidan kiyib ishlatish 
mumkin. 
2.1.73. Ekranlovchi komplektlarning barcha elementlari o‗zaro ishonchli 
ulanishi hamda oyoq kiyim yoki strubsinali sim orqali ekranlovchi ishchi kiyimlar 
yerga ulanganda elektr zanjiri hosil qilishi uchun kontaktli chiqish tugmalari bilan 
ta‘minlanadi. 


133 
2.1.74. Har bir ekranlovchi komplekt inventar raqami bilan belgilangan 
bo‗lishi zarur. Ekranlovchi komplektlarni ishlatish «SHaxsiy ekranlovchi 
komplektlarni ishlatish yo‗riqnomasi» talablari asosida olib borilishi lozim. 
2.1.75.EPR va EPZ ekranlovchi komplektlari shaxsiy foydalanish uchun 
berilishi va aniq ishchilarga biriktirilishi lozim. EPX ekranlovchi komplektlari 
umumiy foydalanishga mo‗ljallangan bo‗lishi mumkin, lekin komplektga kiruvchi 
maxsus oyoq kiyimlar esa alohida har bir ishchiga biriktirilgan bo‗lishi zarur. 
2.1.76.Ekranlovchi komplektlar havo harorati 2° S — 30° S, namligi 80 
foizdan oshmagan, quruq isitiladigan xonalardagi maxsus javonlarda saqlanishi 
kerak. Ekranlovchi kiyimlar ilgaklarda, oyoq kiyimlar va kaskalar esa taxta 
tokchalarda saqlanishi zarur. 
2.1.77. Komplektlarni kontaktlar chiqishlari orqali ko‗tarib yurish va osib 
qo‗yish man qilinadi. 
2.1.78. Maxsus kiyim va poyabzallarni muntazam ravishda tozalab, o‗z 
vaqtida ta‘mirlab turish lozim. 
2.1.79. Ekranlovchi komplektdagi maxsus kiyim elementlarini, elektr 
o‗tkazuvchanligini tiklash va tashqi ko‗rinishini yaxshilash uchun (kurtka, shim, 
xalat, chuntaklardagi so‗kilgan choklarni hamda yirtilgan joylarini yo‗qotish va 
kontaktli chiqarishlarni tiklash), shuningdek, kaska jildi va ekranlovchi 
qo‗lqoplarni ta‘mirlashga ijozat beriladi. Ta‘mirlash jarayonida elektr o‗tkazuvchi 
gazlamani elektr o‗tkazmaydigan gazlama bilan almashtirish man qilinadi. 
Ekranlovchi poyabzalni elektr o‗tkazuvchanligini tiklash maqsadida ta‘mirlash 
man qilinadi. Faqat uning tashqi ko‗rinishini yaxshilash uchun ta‘mirlash ishlariga 
(tagcharmni qoqish, so‗kilgan choklarni tikish va boshq.) ruxsat etiladi. 
2.1.80. Ekranlovchi komplekt bilan yomg‗ir paytida plashsiz yoki ivib 
ketishga qarshi boshqa himoya vositasiz ishlash man etiladi. Ivigan maxsus ishchi 
kiyimni siqib quritish man qilinadi, ularni ilgakga osib quritish zarur.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish