106
132. Reaktiv energiya va quvvat o‗rnini to‗ldirish uchun chegirmalar (ustamalar)
reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish priborlarining ko‗rsatkichlari
asosida belgilanadi hamda eng katta reaktiv yuklamaning 1 kVAR uchun to‗lov va
(yoki) iste‘mol qilingan reaktiv energiyaning 1 kVAR soati uchun to‗lov tarzida
undiriladi.
133. Ustamalar iste‘molchi ta‘minlanadigan elektr tarmog‗ining katta yuklamali
soatlarida iste‘molchi tomonidan shartnomaviy miqdordan ortiqcha reaktiv
energiya va quvvat iste‘mol qilinganda va yagona elektr energetika
tizimining
kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilinganda hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi tomonidan qo‗llanadi.
134. Iste‘molchi tomonidan elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlari-da
yagona elektr energetika tizimi tarmog‗ida reaktiv energiya hosil qilinganda va
elektr tarmog‗ining kichik yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmog‗idan reaktiv
energiya iste‘mol qilinganda, agar iste‘molchi bunday ish rejimida ishlashi
zarurati shartnomada ko‗rsatilgan bo‗lsa, energiya
tizimi tomonidan tarifdan
chegirmalar taqdim etiladi.
135. Elektr tarmog‗ining katta va kichik yuklamali soatlari — bu sutkaning
iste‘molchi tomonidan reaktiv quvvatning iste‘mol qilinishi (hosil qilinishi)
tufayli yagona elektr energetika tizimining elektr tarmoqlarida elektr
energiyasining qo‗shimcha ravishda yo‗qotilishiga olib keladigan davrlaridir.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr tarmog‗ining katta va kichik
yuklamali soatlarini, iste‘molchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv
yuklamasi jadvallarini tahlil qilgan holda, har qaysi iste‘molchi
uchun yakka
tartibda belgilashi mumkin.
Har sutkadagi katta va kichik yuklamali soatlar yig‗indisi 24 soatga teng, shu
jumladan:
katta yuklamali soatlar — 07 soat 00 daqiqadan 23 soat 00 daqiqagacha;
kichik yuklamali soatlar — 23 soat 00 daqiqadan 07 soat 00 daqiqagacha.
136. Reaktiv energiya va quvvatning iste‘mol qilinishi hamda hosil qilinishi
hisobga olishni avtomatik tizimlari hamda to‗xtatgichli yoki xotirali hisobga olish
priborlari yordamida qayd etiladi.
Elektr tarmog‗ining katta va kichik yuklamali davrlarida kontakt soatlar orqali
ishga tushiriladigan to‗xtatgichsiz hisobga olish priborlari qo‗llanishiga yo‗l
qo‗yiladi.
Elektrlashtirilgan temir yo‗l va shahar transportini harakatlantirish uchun
kuch beradigan yordamchi stansiyalar to‗xtatgichsiz bitta hisobga olish pribori
bilan jihozlanadi va hisob-kitoblar reaktiv energiya iste‘mol yoki hosil
qilinishi yig‗indisi uchun tarifga belgilangan ustamalarga muvofiq amalga
oshiriladi.
107
137. Iste‘molchining amaldagi reaktiv quvvatini
nazorat qilish elektr
tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida 30 daqiqali eng katta reaktiv yuklamani
qayd etadigan hisobga olish priborlari bo‗yicha amalga oshirilishi kerak. Reaktiv
quvvatning eng katta miqdorini yagona elektr energetika tizimining eng katta
yuklamali soatlarida qayd etishga ruxsat beriladi.
Elektr energiyasi uzatishning ta‘minlovchi liniyalari bir nechta bo‗lsa
hisoblanadigan reaktiv quvvat sifatida, maxsus qurilma — jamlagich bilan
aniqlanadigan 30 daqiqalik jami reaktiv yuklamaning
eng katta miqdori qabul
qilinadi.
Jamlagich bo‗lmaganda, jami yuklamaning eng katta miqdori har bir ta‘minlovchi
liniya bo‗yicha hisobga olish priborlarining ko‗rsatuvchi elementlari vositasida
qayd etilgan eng katta miqdorlarning yig‗indisi sifatida aniqlanadi.
Energiya tizimi tomonidan iste‘molchini elektr tarmog‗ining katta yuklamali
soatlarida reaktiv energiyani hosil qilish va (yoki) uning kichik yuklamali
soatlarida reaktiv energiyani majburiy iste‘mol qilish zarurati aniqlansa, energiyani
hisobga olish usuli hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste‘molchi o‗rtasida
kelishiladi hamda elektr ta‘minoti shartnomasida aks ettiriladi.
138. Bitta hisobga olish nuqtasi bo‗yicha o‗rtacha oylik elektr energiyasi
iste‘moli 15 ming kVt soatdan ortiq bo‗lgan sanoat iste‘molchilari va ularga
tenglashtirilgan iste‘molchilar, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan)
temir yo‗l va shahar transporti, qishloq xo‗jaligi iste‘mol-chilari
bilan tuzilgan
elektr ta‘minoti shartnomasida quyidagilar ko‗rsatiladi:
elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi
tarmog‗idan bir oyda iste‘mol qilinadigan reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati;
elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi
tarmog‗idan iste‘mol qilinadigan 30 daqiqalik reaktiv quvvatning iqtisodiy
qiymati;
reaktiv quvvat iste‘molining elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida va
(yoki) reaktiv energiyani shu soatlarda bir oy ichidagi iste‘molining
texnikaviy chegaralari. Bu chegaralardan oshib ketganda hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi elektr energiyasining hisoblash nuqtasida kuchlanishni elektr
tarmog‗ining eng katta yuklamali soatlari uchun elektr ta‘minoti
shartnomasida
belgilangan darajasidan pasayib ketishi
uchun javob bermaydi;
elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika
tizimining elektr tarmog‗iga bir oyda hosil qilingan va (yoki) uning kichik
yuklamali soatlarida majburiy iste‘mol qilingan reaktiv quvvat va (yoki)
energiyaning chegaraviy qiymatlari.
Elektr tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning
108
iqtisodiy qiymati, aynan shu soatlarda reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv
energiya iste‘molining bir oydagi texnikaviy chegaralari, ular hududiy elektr
tarmoqlari korxonasi tomonidan yagona elektr energetika
tizimining har qaysi
bog‗lamasi bo‗yicha elektr tarmoqlarining ishlash rejimlari hisob-kitoblari asosida
belgilanadi.
Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud bo‗lmaganda to‗lov faqat amalda
iste‘mol qilingan reaktiv energiya uchun aktiv energiya bo‗yicha amaldagi
tarifning 5foiziga teng narx bo‗yicha, qo‗shilgan qiymat solig‗isiz, undiriladi.
139. Elektrlashtirilgan temir yo‗l transportining harakatlantiruvchi
podstansiyalari va metropoliten podstansiyalari tomonidan elektr energiyasidan
foydalanilishi yuzasidan elektr ta‘minoti shartnomasida bir oyda reaktiv
energiya iste‘mol qilishning iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi ko‗rsatiladi.
Temir yo‗l transportining o‗zgarmas va o‗zgaruvchan
tokli harakatlantiruv-chi
podstansiyalari tomonidan reaktiv energiya iste‘mol va hosil qilinishining iqtisodiy
qiymati va texnik chegarasi kontakt tarmog‗i bilan ulangan harakatlantiruvchi
podstansiyalar bo‗yicha yig‗indi tarzida ko‗rsatiladi, ularning energiya iste‘moli
uchun
hisob-kitoblari bitta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amalga
oshiriladi.
140. Bir oydagi reaktiv energiya iste‘mol va hosil qilishning hamda elektr
tarmog‗ining katta yuklamali soatlarida reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati
va texnik chegaralari elektr ta‘minoti shartnomasida qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: