Zbekiston respublikasi mudofaavazirligi


I.4. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) ning xavfsizlik yo‘lida hamkorligi



Download 219 Kb.
bet17/18
Sana01.08.2021
Hajmi219 Kb.
#135257
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Olimov

I.4. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) ning xavfsizlik yo‘lida hamkorligi

Ittifoqning kelib Chiqishi 1949 yilda sharq va g‘arb o‘rtasidagi g‘oyaviy ziddiyatlar kuchayayotgan bir vaqtda, Atlantika okeanning ikkala tomonida joylashgan 12 mamlakat Shimoliy Atlantika Bitim Tashkilotini tuzishdi. Asosiy maqsad o‘zaro yordam shartnomasi tuzish va Sovet Ittifoqi Sharqiy Yevropa ustidan amalga oshirgan nazoratini kontinentning boshqa qismlariga kengaytirish xavfiga qarshi kurashish edi.

O‘sha paytda Yevropa hali ham Ikkinchi jahon urushi sabab bo‘lgan vayronagarchilikdan tiklanayotgan edi. Biroq 1947 va 1952 yilar orasida AQSH moliyalashtirgan Marshall rejasi G‘arbiy Yevropa iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun mablag‘ bilan ta’minlab berdi.

NATO kollektiv mudofaa tamoyiliga sobit bo‘lish orqali demokratiya va iqtisodiy o‘sish rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan xavfsiz muhitni yaratishga yordam ko‘rsatdi. O‘sha paytda AQSH Prezidenti bo‘lgan Garri S. Trumanning aytishiga ko‘ra, Marshall rejasi va NATO “bir yong‘oqning ikki yarmi” edi.

“G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika Ittifoq yordamida barqarorlikning mislsiz darajasiga erishishdi”

1950 yillar boshiga kelib Koreya urushi boshlanishi bilan avjiga kelgan xalqaro voqealar Sovet Ittifoqi ekspansionist ehtiroslariga egaligi to‘g‘risidagi g‘arb davlatlaridagi xavotirlar o‘z tasdig‘ini topganday bo‘ldi. Bunga mos ravishda, NATOga a’zo davlatlar zimmalariga olgan birgalikdagi mudofaa majburiyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan harbiy va fuqaroviy tuzilmalarni rivojlanitirish harakatlarini kuchaytirdilar. Yevropa hududida Yevropa hukumatlari iltimosiga ko‘ra yuborilgan Shimoliy Amerika qo‘shinlari mavjudligi Sovet Ittifoqi agressiyasini to‘xtatishda yordam berdi. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan yanada ko‘proq davlatlar Ittifoqdoshlar safiga qo‘shilishdi.

G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika Ittifoq yordamida Yevropa iqtisodiy hamkorlik va integratsiyasiga asos soluvchi barqarorlikning mislsiz darajasiga erishishdi. 1990 yillar boshida, Sovuq urush tugagach, Ittifoq sobiq dushmanlar bilan muloqot qilish va xavfsizlikka hamkorlik orqali yondashish bilan Yevropaning eski G‘arb va Sharqka bo‘linishini yo‘qotishda o‘zining faol hissasini qo‘shdi.

Sovuq urushning nihoyasiga yetishi Sovuq urush mobaynida NATOning roli va maqsadi Sovet Ittifoqi solgan mavjud tahdid bilan aniq belgilangan edi. 1990 yillar boshiga kelib Varshava shartnomasi tugatildi va Sovet Ittifoqi quladi. NATOning “an’anaviy dushmanlari” yo‘q bo‘lib ketgandan so‘ng ba’zi sharhlovchilar fikrida NATOga ham zarurat yo‘qolgan edi va kelajakdagi mudofaa xarajatlari va qurolli kuchlarga sarmoyalar sezilarli darajada qiskartirilishi mumkin edi.

Ko‘pgina NATO Ittifoqdoshlari mudofaa xarajatlarini qisqartirishni boshladilar, ba’zilari hatto xarajatlarni 25 foizgacha qisqartirishdi. Biroq ko‘p o‘tmay shu narsa ravshan bo‘ldiki, Sovuq urush tugashi harbiy xuruj xavfini bartaraf qilgan bo‘lsa-da, Yevropaning ba’zi qismlarida barqarorsizlik kuchaya bordi. Bir necha etnik nizolar bilan o‘t olgan mintaqaviy to‘qnashuvlar sobiq Yugoslaviya va sobiq Sovet Itifoqining ba’zi hududlarida to‘satdan boshlanib ketdi va ularning yanada tarqalib ketish xavfi paydo bo‘la boshladi. “Mintaqaviy nizolar kuchayishini oldini olish va Yevropada tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish ”

Oqibatda, mintaqaviy nizolar kuchayishini oldini olish va Yevropada tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun siyosiy va harbiy hamkorlikning yangi shakllariga zarurat paydo bo‘ldi.

Haqiqatan, NATO hamkorlikning yangi mexanizmlarini yaratib, sobiq dushmanlar bilan tuzilmaviy aloqalar o‘rnatdi. NATO o‘z a’zolarining harbiy tuzilmalari va salohiyatini yangi vazifalar, jumladan, tang vaziyatlarni yechish, tinchlikni saqlash va tinchlikparvarlik operatsiyalari bilan shug‘ullanishga moslash, shuningdek, ularning asosiy mudofaa vazifalarini muntazam ravishda bajara olishini ta’minlash, maqsadida katta ichki islohotlarni amalga oshirdi. Ushbu xavfsizlikka oid murakkab muammolarni hal etishda NATO nafaqat kollektiv mudofaa uchun mas’ul bir-biriga chambarchas bog‘langan Ittifoq bo‘lib qoldi, balki u xavfsizlikning keng sohalarida uzviy hamkorlikda ishlaydigan turli-tuman madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan mamlakatlarning hamkorlik markaziga ham aylandi.

11 sentyabr 1999 yilda Vashington sammitida qabul etilgan Stategik Kontseptsiya kelajak tahdidlarni “ko‘p yunalishli va ko‘p hollarda oldindan bilish qiyin” deb tavsifladi va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi va ularning yetkazish vositalaridan kelib chiqkan tahdidga alohida e’tibor qaratdi.

Kontseptsiya Ittifoqning xavfsizlik manfaatlari terroristik xurujlar, sabotaj, uyushgan jinoyatchilik va hamda o‘ta zaruriy resurslar oqimini uzilishi kabi boshqa tabiatan kengroq bo‘lgan xavflar bilan ta’sirlanishi mumkinligini ham aniq ko‘rsatib berdi.

Ko‘p o‘tmay voqealar Ittifoqdoshlar naqadar sergak bo‘lganligini isbotladi. 2001 yil 11 sentyabrь kuni terroristlar Qo‘shma Shtatlardagi o‘z nishonlariga qarshi yo‘lovchi laynerlaridan ommaviy qirg‘in qurollari sifatida foydalanishdi. Hujumlarning aqlga sig‘maydigan darajada shafqatsizligi va ularga erishish uchun ishlatilgan vositalar ochiq va demokratik jamiyatlarning assimetrik jangovar harakatlarning yangi shakliga zaifligini namoyon etdi. Ertasi kuni birdamlik belgisi sifatida Ittifoqdoshlar Shimoliy Atlantika bitimining 5-moddasini, NATOning kollektiv mudofaa bandini, qo‘lladilar. Shu tariqa NATO o‘z a’zolarining biriga yoki bir nechtasiga qilingan hujum ularning hammasiga qilingan hujum deb hisoblanishini tasdiqladi.



5-modda

Tomonlar shunga kelishib oldilarki, ulardan Yevropa yoki SHimoliy Amerikada joylashgan biriga yoki bir nechtasiga qarshi bo‘lgan qurolli hujum ularning hammasiga qarshi bo‘lgan hujum deb hisoblanadi, va oqibatda, agar shunday qurolli hujum amalga oshirilsa, ularning har biri, Birlashgan Millatlar Nizomining 51-moddasida tan olingan o‘z-o‘zini individual yoki kollektiv mudofaa qilish huquqidan foydalangan holda,

Shimoliy Amerika hududida xavfsizlikni tiklash va saqlash maqsadida hujum qilingan Tomon yoki Tomonlarga darhol, individual ravishda yoki boshqalar bilan birgalikda, ular nazarida zarur bo‘lgan choralar ko‘rish, jumladan qurolli kuchlardan foydalanish, orqali yordam berishga ahd qilishdi.

Har qanday bu turdagi qurolli hujum va ular natijasida ko‘rilgan barcha choralar Xavfsizlik Kengashiga zudlik bilan yetkaziladi. Bu kabi choralar, Xavfsizlik Kengashi halqaro tinchik va xavfsizlikni tiklash va saqlash uchun zarur bo‘lgan choralarni amalga oshirgach, tugallanadi Ittifoq o‘z navbatida Qo‘shma Shtatlarni qo‘llab-quvvatlovchi choralar ko‘rdi. U oktyabrь oyi boshida SHarqiy O‘rta yer dengiziga terrorizm faoliyatida gumon qilingan kemalarga chiqish va tintish uchun kemalarni yuborib, tez harakat choralarini ko‘rdi. Bu harakat butun O‘rta yer dengizini qamrab olgan “Faol harakatlar operatsiyasi” nomi bilan hozirgacha davom etmoqda.

Ko‘rilgan choralardan biri ba’zi Ittifoqdoshlar individual ravishda qo‘shinlarini Al-Qoidaga – 9/11 hujumlari uchun javobgar terrorist guruh – va unga boshpana bergan Tolibonlar rejimiga qarshi AQSH boshqarayotgan amaliyotni qo‘llab-quvvattlash uchun Afg‘onistonga yuborishi bo‘ldi.

Ittifoq davomchi tinchlikparvar missiyani, Xavfsizlikka Ko‘maklashuvchi Halqaro Kuchlarni, 2003 yil avgust oyidan beri boshqarib keladi.

11 sentyabr hujumlaridan so‘ng Ittifoq hududida boshqa hujumlar sodir etildi, ular miqyosi unchalik fojiali bo‘lmasa-da tabiatan teng darajada yovuzkorona edi. Ushbu noxush voqealar va boshqa joylarda sodir etilgan bu kabi noxush voqealar NATO rahbarlari uchun uzoq muddatli choralar muhimligini tasdiq etdi.

NATO rahbarlari NATOning harbiy aktivlari shaklini sezilarli o‘zgartirilishini nazarda tutgan yirik islohotlarni taqdim etdilar Hozirgi kunda jamiyatlarimiz boshidan kechirayotgan xavfsizlik borasidagi murakkab muammolar terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi va boshqaruvni qo‘ldan chiqargan davlatlar yoki deyarli boshqaruvga ega emas davlatlardan kelib chiqayotgan nobarqarorlik kabi tahdidlarni hal qilish uchun umuman yaxshi ta’minlangan va tuzilgan kuchlarni talab etadi.

1990 yillar boshida NATO Sovuq urush statik ko‘shinlardan tang vaziyatlarni boshqarish operatsiyalari uchun zarur bo‘lgan harakatchanroq kuchlarga o‘tish maqsadida o‘zining harbiy salohiyatlarini o‘rganib chiqishni boshlab qo‘ygan edi. 11 sentyabr voqealari ushbu jarayonni tezlashtirib yubordi. 2002 yilda Pragada o‘tkazilgan sammitda NATO rahbarlari NATOning harbiy aktivlari shaklini sezilarli o‘zgartirilishini nazarda tutgan yirik islohotlarni taqdim etdilar. Ular Yevro-Atlantika mintaqasining o‘zida yoki uning tashqarisidagi turli xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarga yaxshiroq javob berish qobiliyatiga ega bo‘lish maqsadida takomillashtirish zarur bo‘lgan maxsus sohalarni aniqlashdi, NATO Tezkor harakatlanuvchi kuchlarni yaratishdi va harbiy qo‘mondonlik tuzilmasini tartibga solishdi.

Pragada kamchiliklari zudlik bilan yo‘q kilish zarur bo‘lgan sakkizta maxsus soha aniqlandi.

Ular strategik havo va dengiz orqali ko‘shinlarni tushirish, kimyoviy, biologik, yadro qurollaridan qarshi himoya va havo razvedkasi kabi sohalardan iborat edi. Ittifoqdoshlar bu Ittifoq uchun yangi tahdidlarga javob bera olishiga muhim bo‘lgan salohiyatlarga erishish majburiyatini zimmasiga oldilar. Pragadagi sammitdan buyon NATO zamonaviylashtirishi zarur bo‘lgan boshqa, xususan, terrorizmdan qarshi mudofaa sohasidagi, yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdi.

Keyinroq qo‘shimcha askarlar bilan kuchaytirilishi mumkin bo‘lgan ilg‘or kuch sifatida amalga oshiriladigan NATO Tezkor harakatlanuvchi kuchlaridan (NTK) maqsad dunyo miqyosida turli tang vaziyatlarga zudlik bilan javob qaytarishdir. Bu zarur bo‘lganda ta’minlab beriladigan asosiy qismga asoslangan besh kun ichida safarbar etila oladigan va 30 kun, yoki takror ta’minlansa, undan oshiq davr davomida o‘zi operatsiyalarni olib borishga qodir quruqlikdagi, havo, dengiz va maxsus kuch tarkiblardan iborat ko‘pmillatli kuchdir. NTK elementlari Qo‘shma Shtatlarga 2005 yil sentyabr oyida “Katrina” to‘foni Yangi Orleanni va uning atroflarini vayron etgandan so‘ng va Pokistonda 2005 yil 8 oktyabrda yuz bergan halokatli zilziladan so‘ng yuborildi.

Uning tez safarbar etila olishi va yuqori jangovar holatiga qo‘shimcha tarzda, NTK bu aslida NATO islohot harakatlarining ilg‘or tarkibi hisoblanadi. U xodimlarini ko‘pmillatli kontekstda, vujudga kelayotgan texnologiyalardan foydalanib, ko‘p matonat talab etiladigan muhitda harakatda bo‘lishga o‘rgatadi. Bunday tarbiya berish usulini puxta egallagan har bir ishtirokchi keyinchalik o‘z olgan tajribasini milliy qo‘shinlarida yoki xalqaro qo‘shinlarda boshqalarga ham singdiradi.

Harbiy salohiyatlarni zamonaviylashtirish NATO Tezkor harakatlanuvchi kuchlari Boshqaruv tizimini takomillashtirish Sovuq urushdan keyingi xavfsizlik muhitiga moslashish jarayonida NATO o‘z harbiy boshqaruv tizimini nisbatan kichik, moslashuvchan va harakatchan kuchlarga yordam ko‘rsatish maqsadida qaytadan ko‘rib chiqdi. U shtab-kvartiralar sonini keskin kamaytirdi va, undan ham muhimi, AQSHda joylashgan strategik boshqaruv tizimi bo‘lgan Ittifoq Transformatsiya Boshqaruvi (sobiq Atlantika Ittifoq Boshqaruvi)ga NATOning asosiy transformatsiya masalalari bilan shug‘ullanishni topshirdi. Hozirda Ittifoq Operatsiyalari Boshqaruvi deb tanilgan Yevropada joylashgan strategik boshqaruv tizimi barcha NATO operatsiyalariga javobgar edi.

Harbiy boshqaruv tizimini shakllantirib chiqish NATO muntazam ravishda olib boriladigan uzluksiz jarayondir.

Tashkilotni tebratuvchi kuchlar B32 |__Tashkilotni tebratuvchi kuchlar Yakdillik asosida qaror qabul qilish Ittifoqning boqiyligini ta’minlab beruvchi asosiy faktorlardan biri bu yakdillik asosidagi qaror qabul qilish jarayonidir. Bu barcha qarorlar yakdillik asosida qabul qilinishini anglatadi.

Shu sababli, biror qaror qabul qilinishidan oldin uzundan uzoq muhokama va maslahatlashuvlartalab etiladi. Bu tizim tashqaridan qaragan odamga juda sekin va noqulay ko‘rinsa-da, uning ikkita asosiy qulay tomonlari mavjud. Birinchisi bu har bir a’zo davlatning suvereniteti va mustaqilligi hurmat qilinishi hisoblanadi. Ikkinchisi bu biror qaror qabul qilingan vaqtda, ushbu qarorning barcha a’zo davlatlar tomonidan to‘liq qo‘llab- quvvatlanishi va uni amalga oshirishga jiddiy ahd qilishidadir.

Ba’zi bir holatlarda kelishmovchilik kelib chiqishi ham mumkin. Xuddi shunday holat 2003 yilning bahorida Iroqdagi Saddam Hussayn hokimiyatining solayotgan tahdidining darajasi haqidagi baholarning turlicha bo‘lganligida kuzatilgandi. Turli fikrga ega bo‘lish Ittifoqchilar biror chora ko‘rishga kelisholmasligini anglatsa-da, NATOning maqsadi a’zolari o‘rtasida muhokama va maslahatlashuvlarni tashkillashtirib berish va imkon qadar yakdillik erishishga harakat qilishdir.



XULOSA

Ko‘pgina NATO Ittifoqdoshlari mudofaa xarajatlarini qisqartirishni boshladilar, ba’zilari hatto xarajatlarni 25 foizgacha qisqartirishdi. Biroq ko‘p o‘tmay shu narsa ravshan bo‘ldiki, Sovuq urush tugashi harbiy xuruj xavfini bartaraf qilgan bo‘lsa-da, Yevropaning ba’zi qismlarida barqarorsizlik kuchaya bordi. Bir necha etnik nizolar bilan o‘t olgan mintaqaviy to‘qnashuvlar sobiq Yugoslaviya va sobiq Sovet Itifoqining ba’zi hududlarida to‘satdan boshlanib ketdi va ularning yanada tarqalib ketish xavfi paydo bo‘la boshladi. “Mintaqaviy nizolar kuchayishini oldini olish va Yevropada tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish ”

Oqibatda, mintaqaviy nizolar kuchayishini oldini olish va Yevropada tinchlik va barqarorlikni saqlab qolish uchun siyosiy va harbiy hamkorlikning yangi shakllariga zarurat paydo bo‘ldi.

Haqiqatan, NATO hamkorlikning yangi mexanizmlarini yaratib, sobiq dushmanlar bilan tuzilmaviy aloqalar o‘rnatdi. NATO o‘z a’zolarining harbiy tuzilmalari va salohiyatini yangi vazifalar, jumladan, tang vaziyatlarni yechish, tinchlikni saqlash va tinchlikparvarlik operatsiyalari bilan shug‘ullanishga moslash, shuningdek, ularning asosiy mudofaa vazifalarini muntazam ravishda bajara olishini ta’minlash, maqsadida katta ichki islohotlarni amalga oshirdi. Ushbu xavfsizlikka oid murakkab muammolarni hal etishda NATO nafaqat kollektiv mudofaa uchun mas’ul bir-biriga chambarchas bog‘langan Ittifoq bo‘lib qoldi, balki u xavfsizlikning keng sohalarida uzviy hamkorlikda ishlaydigan turli-tuman madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan mamlakatlarning hamkorlik markaziga ham aylandi.

11 sentyabr 1999 yilda Vashington sammitida qabul etilgan Stategik Kontseptsiya kelajak tahdidlarni “ko‘p yunalishli va ko‘p hollarda oldindan bilish qiyin” deb tavsifladi va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishi va ularning yetkazish vositalaridan kelib chiqkan tahdidga alohida e’tibor qaratdi.

Kontseptsiya Ittifoqning xavfsizlik manfaatlari terroristik xurujlar, sabotaj, uyushgan jinoyatchilik va hamda o‘ta zaruriy resurslar oqimini uzilishi kabi boshqa tabiatan kengroq bo‘lgan xavflar bilan ta’sirlanishi mumkinligini ham aniq ko‘rsatib berdi.

Ko‘p o‘tmay voqealar Ittifoqdoshlar naqadar sergak bo‘lganligini isbotladi. 2001 yil 11 sentyabrь kuni terroristlar Qo‘shma Shtatlardagi o‘z nishonlariga qarshi yo‘lovchi laynerlaridan ommaviy qirg‘in qurollari sifatida foydalanishdi. Hujumlarning aqlga sig‘maydigan darajada shafqatsizligi va ularga erishish uchun ishlatilgan vositalar ochiq va demokratik jamiyatlarning assimetrik jangovar harakatlarning yangi shakliga zaifligini namoyon etdi. Ertasi kuni birdamlik belgisi sifatida Ittifoqdoshlar Shimoliy Atlantika bitimining 5-moddasini, NATOning kollektiv mudofaa bandini, qo‘lladilar. Shu tariqa NATO o‘z a’zolarining biriga yoki bir nechtasiga qilingan hujum ularning hammasiga qilingan hujum deb hisoblanishini tasdiqladi.


Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish