394-modda. Sudlovga tegishlilik xususida tortishuvga yo‘l qo‘yilmasligi
Sudlovga tegishlilik xususida sudlar o‘rtasida bahs bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi lozim.
27. Жиноят иши тўла, холисона ва ўз вақтида кўрилишини таъминлаш мақсадида ишни бир суддан бошқа судга юқори суд раиси қарори билан ўтказиш мумкин.
Жиноят ишининг судловга тегишлилигига кўра ўтказилиши тартибини таҳлил қилган ҳолда баён қилинг.
28. Судья жиноят ишини айблов хулосаси билан ёки тиббий йўсиндаги мажбурлов чораларини қўллаш масаласини кўриб чиқиш учун ишни судга юбориш тўғрисидаги қарор билан қабул қилиб олгач, жиноят ишини судда кўриш учун тайинлайди ёхуд бошқача қарор қабул қилади.
Жиноят ишини судда кўриш учун тайинлаш ёхуд бошқача қарор қабул қилиш тартиби ҳамда аниқланиши лозим бўлган ҳолатларни таҳлил қилган ҳолда баён қилинг. (Ҳар бир ҳолат юзасидан биттадан мисол келтиринг)
29. Ўзбекистон Республикаси ЖПКда жиноят ишини судда муҳокама қилишга тайинлаш тўғрисида судьянинг қарори чиқарилган вақтдан бошлаб кўпи билан ўн суткада суд ишни кўришни бошлаши лозимлиги белгиланган.
Суд мажлисида жиноят ишини муҳокама қилиш муддати ва уни узайтириш тартибини баён қилинг.
30. Айбланувчи, ҳимоячи ва давлат айбловчиси жиноят иши материалларидаги ҳар қандай далилни, агар уларни номақбул далиллар деб ҳисобласа, чиқариб ташлаш тўғрисида илтимоснома беришга ҳақли.
Далилларнинг мақбул эмалиги ҳақида тўхталинг ва илтимосномада нималар кўрсатилиши лозимлигини ёритинг. (Бунда тегишли ОСПҚдан фойдаланган ҳолда жавоб бериш устунлик беради).
Dalillar, jumladan, quyidagi hollarda nomaqbul deb topiladi, agar:
dalil surishtiruvchi tomonidan surishtiruv tamom bo‘lganidan so‘ng, tergovchi, prokurorning yozma topshirig‘isiz o‘tkazilgan tergov harakati davomida olingan bo‘lsa, tergov harakati belgilangan tartibda ishni o‘z yurituviga olmagan yoki tergov guruhi tarkibigakiritilmagan tergovchi tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa, tergov harakati O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 76moddasida belgilangan asoslarga ko‘ra rad etilishishart bo‘lgan shaxs tomonidan o‘tkazilgan bo‘lsa;
2)ma’lumotlar tergov va sud harakati o‘tkazilmasdan yoki qonunda 16
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 2004-yil 24-sentyabrdagi 12-sonli Qarori //O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to‘plami nazarda tutilmagan manbadan, masalan, jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan tezkor-qidiruv tadbirlari vaqtida olingan bo‘lsa;
3)dalil qonunga xilof usul bilan, ya’ni uni to‘plash yuzasidan qonunda nazarda tutilgan qoidalarga amal qilinmagan holda olingan bo‘lsa, jumladan:
a) prokurorning sanksiyasi olinishi shart bo‘lgan hollarda tergov harakatining sanksiya olinmasdan o‘tkazilishi (kechiktirib bo‘lmaydigan hollar bundan mustasno);
b) tergov harakatida xolis sifatida ish bo‘yicha manfaatdor shaxsning, shu jumladan, huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari yoki ularga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki;
v) ko‘rsatmalarning, shu jumladan, aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlarning qiynoqqa solish, zo‘rlik ishlatish hamda insonga nisbatan boshqa shafqatsiz yoki uning sha’ni, qadr-qimmatini kamsituvchi munosabatda bo‘lish, shuningdek aldash va qonunga xilof boshqa yo‘llar orqali olinishi;
g) ekspert xulosasining ekspertiza tayinlash vaqtida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining huquqlari buzilgan holda, shuningdek ekspert rad etilishi shart bo‘lgan holda olinishi;
d) himoyachining, ishtiroki shart bo‘lgan hollarda uning ishtirokisiz gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ko‘rsatma olinishi;
e) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yaqin qarindoshlarining O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 116moddasi talablariga xilof ravishda o‘z roziligisiz gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi. sudlanuvchiga tegishli holatlar yuzasidan so‘roq qilinishi;
4) dalillarni qayd etishning protsessual formasi buzilgan bo‘lsa:
5) tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga oid ma’lumotlar yo‘qligi;
6) tergov va sud harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga huquq va majburiyatlarining tushuntirilmaganligi;
7) tergov va sud boshlangan va tugallangan vaqtning
ko‘rsatilmaganligi;
8) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 90-93-moddalarida nazarda tutilgan boshqatalablarning bajarilmaganligi. Jinoyatprotsessual qonuni talablari buzilgan tarzda olingan boshqa hollarda ham dalillar nomaqbul deb topilishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |