Айтингчи, қайси органлар суриштирувни амалга оширади? Суриштирув муддатлари қанча муддат этиб белгиланган? Суриштирувда терговга тегишлилик қоидалари қандай? Jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv:
1) ichki ishlar organlarining;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va uning joylardagi bo‘linmalarining;
5) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi bo‘linmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
3817-modda. Surishtiruv yuritish muddati
Surishtiruv jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim.
Jinoyat ishlari birlashtirilayotganda ular bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq muddat davomida tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha belgilanadi. Bunda qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritish muddati uzoqroq tergov qilingan ishning muddati bilan qamrab olinadi va qo‘shimcha ravishda hisobga olinmaydi.
Alohida ish yurituviga ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv muddati, agar jinoyat ishi yangi jinoyat bo‘yicha yoki yangi shaxsga nisbatan ajratilayotgan bo‘lsa, tegishli qaror chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Qolgan hollarda muddat bu jinoyat ishi qaysi jinoyat ishidan alohida ish yurituviga ajratilgan bo‘lsa, o‘sha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi.
Ish ayblov dalolatnomasi bilan, ishni tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash yoxud taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan prokurorga topshirilgan kuni yoxud ishni tugatish haqida qaror chiqarilgan kuni surishtiruv tamomlangan hisoblanadi.
Surishtiruv muddatiga quyidagilar kirmaydi:
1) ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish materiallari bilan tanishib chiqqan vaqt;
2) surishtiruv to‘xtatib turilgan vaqt;
3) qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun prokuror tomonidan qaytarilgan ish surishtiruvchiga kelib tushgunga qadar o‘tgan vaqt.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan surishtiruv muddati prokuror tomonidan yigirma kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ish qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazish uchun qaytarib yuborilganda, shuningdek to‘xtatilgan yoki tugatilgan ish qayta tiklanganda qo‘shimcha surishtiruv muddati mazkur ishni surishtiruvchi qabul qilgan paytdan e’tiboran o‘n kun doirasida belgilanadi.
3818-modda. Surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi
Jinoyat ishi ko‘p mehnat talab etsa, juda murakkab yoki o‘ta dolzarb bo‘lsa, prokuror yoki surishtiruv bo‘linmasining boshlig‘i shu ish bo‘yicha surishtiruv ishlarini yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin.
Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va a’zolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh a’zolari bo‘lgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi.
24. Ўзбекистон Республикаси ЖПКда прокурор ёки унинг ўринбосари айблов хулосаси билан келган жиноят ишини кўпи билан беш суткада кўриб чиқиши ва қарор қабул қилиши шартлиги белгиланган.