Ўзбекистон халқаро ислом академияси


-ma’ruza. Qur’onda nomlari zikr etilgan Alloh suygan bandalar



Download 1,97 Mb.
bet19/120
Sana31.12.2021
Hajmi1,97 Mb.
#237305
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120
Bog'liq
ISLOM TARIXI UMK ред. (Lotincha)

6-ma’ruza. Qur’onda nomlari zikr etilgan Alloh suygan bandalar

Reja:

1.Zulqarnayn hukmronligi.

2. Xizr va Muso alayhissalom qissasi
Tayanch so‘z va iboralar: Isro va me’roj, Masjid al-Harom, Masjid al-Aqso, Umm Honiy, “as-Siddiq”, Savr, Ibn Xaldun, Xazraj va Avs

Faqat xazrajiylar va avsiylargina emas, balki YAsribning boshqa aholisi, jumladan, yahudiylar ham yaqin tuyulardi o‘sha vaqtda Payg‘ambarga. Unga yaxshi ma’lum bo‘lgan yahudiy yozma manbalarining mazmun-mohiyati Muhammad (sav) targ‘ib qilayotgan dinga yaqin va Payg‘ambar YAsribga ko‘chib o‘tgan zahoti ular bunga qo‘shiladilar, degan umid bor edi. Kelayotgan xabarlarga qaraganda YAsribda islomning yoyilishi muvaffaqiyatli ketayotgan va Payg‘ambarning butun fikri-zikri bir YAsrib, bir Quddus tomonga yo‘naltirilgan edi. Makka ham mushriklar, ham musulmonlar uchun muqaddas shahar hisoblangani bois YAsribga hijrat qilish uchun juda kuchli, deyarli Allohning amri darajasidagi asosnoma kerak edi. Bunday vazifani birinchi va ikkinchi Aqaba qasamyodlari orasida, ya’ni hijratdan atigi bir necha oy oldin Payg‘ambarga ayni o‘z vaqtida kelgan bir ro‘yo o‘ynadiki, islom tarixida bu – “al-Isro’ val-Me’roj” degan nomni oldi.

Ro‘yo Payg‘ambarga tunda kelgandi. U o‘zini Ka’bada uxlab yotgan holatda ko‘radi. Jabroil (as) uni uyg‘otib, Haramdan tashqariga chiqishni taklif etadi. Tashqarida ularni Buroq ismli qanotli otga o‘xshash maxluq kutib turardi. Ikkovlon unga minib, bir lahzada Quddusga etib keladilar. U erda ularni Ibrohim (as), Muso (as), Iso (as) va boshqa payg‘ambarlar kutib olishdi. Barchalari jamoat bo‘lib namoz o‘qidilar. So‘ng Muhammad (sav) ga uch idishda suv, sut, vino keltirdilar. Muhammad (sav) sutni tanladilar. SHunda Jabroil (as) shodiyona xitob qildilar: “Siz va Sizning qavmingiz to‘g‘ri yo‘ldasiz! Sizlarga vino harom qilingan!” Keyin Quddus harami darvozasi oldiga osmondan zinapoya tushirildi va Muhammad (sav) Jabroil (as) xamrohligida 7-osmonga ko‘tarildilar. Birinchi osmonda arablarning afsonaviy ajdodi Ismoil (as) turardi, ikkinchida – Iso (as) va uning jiyani, Zaxariyaning o‘g‘li Ioan, uchinchida – oyyuzli YUsuf (as), to‘rtinchida – Idris (as), beshinchida – Muso (as)ning ukasi Xorun, oltinchida – Muso (as)ning o‘zi va, nihoyat, ettinchi osmonda shoxona taxtda Ibrohim (as) o‘tirardi. Ibrohim (as) Muhammad (sav)ni jannatga olib kirdi. Barcha payg‘ambarlar Muhammad (sav) bilan o‘z og‘alaridek ko‘rishishdi. SHundan so‘ng Muhammad (sav) birnecha to‘siqlar ortida turgan Alloh nigohi oldida namoyon bo‘ldi. Me’roj, ya’ni ettinchi osmonga ko‘tarilganlik evaziga musulmonlarga 5 vaqt namoz, Baqara surasining “omanar Rasulu” (285) oyati va Allohga shirk keltirmaganlar uchun jannatga doxil bo‘lish huquqi tuhfa qilindi. SHundan so‘ng Muhammad (sav) erga qaytib tushdi. Bu voqea ikki narsani o‘z ichiga oladi: biri – al-Masjid al-Harom (Makka)dan al-Masjid al-Aqso (Quddus)ga qilingan tunggi sayr (al-Isro’) va ikkinchisi – ettinchi osmonga ko‘tarilish (al-Meroj).

Hayoti xavf ostida bo‘lgan Muhammad (sav) Isro (tungi sayr) kechasi Abu Tolibning qizi Hind (kunyasi Umm Honiy)nikida tunagandi. Umm Honiy hikoya qilishicha, xufton namozini ular bilan o‘qib bo‘lgach, Muhammad (sav) uyquga yotgan, boshqalar ham uyquga ketishgan. Erta tongda Muhammad (sav) ularni uyg‘otgan. Bomdod namozini birga o‘qiganlaridan so‘ng Muhammad (sav) Hindga degan:”Ey, Umm Honiy, ko‘rganingdek, kecha xuftonni sizlar bilan birga o‘qidim, so‘ng Quddusga borib, u erda namoz o‘qidim, keyin, mana ko‘rib turganingdek, sizlar bilan bomdodni o‘qidim.” “Ey, Allohning nabiysi, o‘tinaman, bu gaplarni odamlarga aytma, yolg‘onchiga chiqarishadi, senga azob berishadi”,-degan Hind. “Allohga qasamki, men buni ularga, albatta, aytaman”,- degan Muhammad (sav). O‘zining tungi safari haqida Payg‘ambar ertasi ertalaboq bir necha musulmonga so‘zlab berdi. Darhaqiqat, bu hikoya ko‘pchilikni lol qoldirdi. Bundan bir necha yil avval yurtimizda namoyish etilgan “Muhammadun - rasulullo” nomli ko‘p seriyali badiiy filьmda personajlardan biri, o‘rtahol savdogar, Payg‘ambarga benihoya mehr qo‘ygan Odil ismli, o‘z davrining o‘qimishli-ziyoli kishisining bu hikoya bilan bog‘liq ichki kechinmalari, iztiroblari ishonarli qilib ko‘rsatilgan. U deyarli har yili SHomga savdo karvoni bilan borib kelar, bunday safar kamida 2 oy vaqt olishini yaxshi bilardi. Qanday qilib, Payg‘ambar shuncha yo‘lni bir lahzada bosib o‘tganini uning aql-zakovati hech qabul qila olmasdi. Filьmda bu tang holatdan qiziq tarzda chiqilgan. Uzoq o‘y-taammulotlardan so‘ng Odilning miyasiga bir fikr keladi: “Nimani o‘ylayapti o‘zi, u. Axir, Allohga, uning rasuliga imon keltirgan kishi, ana shu Rasulning so‘zlarini qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishi kerak emasmi?! Axir, u Haqq taolo haqida faqat haqiqatni aytadiku! Bu xususda mo‘min-musulmonlar ko‘nglida zarracha shubha bo‘lmasligi kerak!

Islom ilohiyotida “al-Isro’ val-Me’roj” hodisasiga aql bovar qilmaydigan narsa, deb qaraladi. Agar ratsional fikrlaydigan bo‘lsak, hijrat oldidan bu hodisa musulmonlar uchun yana bir sinov rolini o‘ynamadimikin? 12-13 yillik Makka faoliyatini sarhisob qilish, o‘ziga xos “g‘alvirni suvdan ko‘tarish” vaqti kelmadimikin? Faqat bu hodisani tasdiqlagan kishini musulmon deb hisoblash mumkin. Demak, har bir musulmon bunga munosabat bildirishi kerak. Birinchi bo‘lib va qat’iy tarzda buni tasdiqlagan Abu Bakr – “as-Siddiq” – tasdiqlovchi degan laqabni oldi. Bunday fikrlashimizga yana bir sabab - Muhammad (sav) bu voqeadan so‘ng tezlik bilan qiblani o‘zgartirdi: namoz vaqtida u yuzini Ka’baga emas, Quddus tarafga qaratdi. Keyinchalik, hijratdan 16-17 oy o‘tgach, Madinadagi bir masjidda namoz o‘qib turganda Muhammad (sav)ga qiblani o‘zgartirish, yana Ka’baga qaratish haqida vahiy keladi va bu masjid hozirgi kunda ham “Masjid al- Qiblatayn”, ya’ni Ikki qibla Masjidi, deb ataladi.

Hijrat arafasida Makkada yuz bergan voqealarga nazar tashlansa, qanchalik sir saqlanmasin, qurayshiylar Muhammad (sav) va YAsrib musulmonlari o‘rtasidagi maxfiy muzokaralardan voqif bo‘lib qoldilar. Ular hatto 12 naqib, ya’ni YAsrib vakillaridan birini hibsga oldilar, ammo uning nufuzli kishi bo‘lgani, Makka savdogarlari ko‘pincha SHomga ketishda unikida to‘xtab o‘tishlari ma’lum bo‘lgach, qo‘yib yubordilar. Avval aytilganidek, 622 yilgi haj marosimi tugagach, kichik-kichik guruhlarning YAsribga ko‘chishi boshlandi. Dastlab, Makka zodagonlari bunga uncha e’tibor bermadilar, ularning ketishiga go‘yo rozidek ko‘rindilar. Ammo sekin-asta ko‘pchilik ketib, hatto Umar ibn al-Xattob va Zayd ibn Horisalar oilasi bilan hijrat qilganlaridan so‘ng ular tushundilarki, bu safar Muhammad (sav) ham hijrat qiladi. Endi ular uchun kunday ravshan ediki, Muhammad (sav) YAsribda yangi ta’limot Payg‘ambari sifatida qabul qilinadi, islom Arabiston bo‘ylab yoyilaboshlaydi. Oqibatda qurayshiylarning o‘lka bo‘ylab etakchiligi barham topadi. Demak, vaqtni boy bermay, qurayshiylar Muhammad (sav) xususida qat’iy qaror qabul qilishi shart.

Odatdagidek, Dor an-Nadvada yig‘ilish chaqirildi. Endi Muhammad (sav)ni shahardan yoki qabiladan xaydashdan hech qanday manfaat yo‘q, aksincha, bu juda xatarli, chunki uning o‘zi buni hohlayapti. Uzoq tortishuvlardan so‘ng Abu Jahl keskin mavqe’ egalladi va, nihoyat, majlis ahlini bu mash’um qarorga ko‘ndirdi: Muhammad (sav)ni qatl qilish kerak, boshqa chora yo‘q! Qasos hukmi bir qotilga tushmasligi uchun Qurayshning 15 urug‘idan bittadan navqiron yigit tanlab olinadi va ular tunda Muhammad (sav)ga hujum qilishib, baravariga qilich solishadi. Bunday jamoaviy qotillik natijasida hoshimiylar Muhammad (sav) uchun xun talab qilishdan boshqa ilojlari qolmaydi. Kech tunda qotillar chindan ham Muhammad (sav) uyiga keldilar. Odatdagidek, o‘zining yashil choponiga o‘ralib yotganini ko‘rgach, ular tadbirni saharda tong yorug‘ida amalga oshirishga qaror qildilar. Erta tongda ular Muhammad hujrasiga yopirilib kirsalar, bamaylixotir Payg‘ambar choponini kiyib, Ali turganini ko‘rdilar. Qur’onda bu manzara quyidagicha o‘z ifodasini topgan: “Va yamkuruna, va yamkuru-l-lohu vallohu xayrul mokirin!” (Ular) makr qiladilar, Alloh (ham) “makr” qiladi. Alloh “makr” qiluvchilarning yaxshisidir. (al-Anfol, 30).

Albatta, Dor an-Nadvadagi qaror haqida Payg‘ambar ogoh etilgan va u qorong‘u tunda qotillarga sezdirmay, devordan oshib, orqa va tor ko‘chalar bilan Abu Bakr uyiga kelgan, hijrat xususida Allohning buyrug‘i kelganini bildirgandi. Ilgari Rasululloh aniq vaqtni hatto Abu Bakrdan ham sir tutgan, uning bu haqdagi savoliga Allohning amrini kutajagini aytgandi. Abu Bakr esa o‘z navbatida safar tadorikini ko‘rib qo‘ygandi. SHu tundayoq ular ikkovlon ta’qibchilarni chalg‘itish uchun YAsrib tomonga emas, balki YAman tomonga yo‘l olib, o‘zlariga ma’lum bo‘lgan Savr tog‘idagi bir g‘orda berkindilar. Qurayshiylar Payg‘ambarni ushlash evaziga yuz tuya mukofot va’da qilgandilar va qidiruv 3 kun davom etdi. SHu vaqt davomida Abu Bakrning to‘ng‘ich qizi Asmo suv-emak keltirar, o‘g‘li Abdullo esa kichik qo‘y podasi bilan izni yo‘q qilar , muhimi, shahardagi voqealardan xabardor qilib turardilar. Aytishlaricha, ta’qibchilar hatto g‘or oldigacha kelganlar, ammo g‘orning og‘zi o‘rgumchak to‘ri bilan to‘silganini ko‘rib, bu erda odam bo‘lishi mumkin emas, deya qaytib ketganlar.

Uch kun o‘tib, qidiruv ishlari to‘xtagach, Abu Bakrning mavlosi 2 tuya, yo‘l boshlovchi badaviy arab bilan keldi va ular to‘rtovlon, dastlab YAman tomonga yo‘l oldilar, so‘ng Qizil dengiz sohili tarafga burildilar va, nihoyat, asosiy YAsrib yo‘liga chiqib oldilar. Aksar hollarda tunda yurib, kunduzi dam olib, 622 yil 22 sentyabrda ular YAsrib janubidagi Qubo degan joyga etib keldilar. YAsrib musulmonlari bir necha kundan beri ularni shahardan tashqariga chiqib kutardilar. SHu vaqtdan boshlab, YAsrib Madinat an-Nabi, Payg‘ambar shahri, qisqa qilib aytganda, Madina degan nomni oldi. Qubo qishlog‘ida Payg‘ambar 4 yoki 5 kun turdi. Bu erda birinchi musulmon masjidi qurildiki, birinchi bor jamoat namozi butparastlar xalal bermagan holda o‘tdi.

Endi, ne sababdan hijrat uchun Madina tanlangani xususida mulohaza yuritadigan bo‘lsak, birinchidan, qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, YAsrib yahudiylari bu ishda o‘ziga xos “rolь” o‘ynadilar: ular doimo ularga yaqinda payg‘ambar kelajagi va butparastlikka barham berajagi haqida arablarning yuragiga g‘ulg‘ula solib kelishardi. Makkada arab Payg‘ambari paydo bo‘lganini eshitgach, YAsrib arablari, tabiiyki, unga qiziqish bildirdilar. Ikkinchidan, YAsribda butparastlikdan Makkadagi kabi manfaatdorlik yo‘q edi. Uchinchidan, shaharda vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, Xazraj, Avs va yahudiy qabilalari o‘rtasidagi ziddiyatni faqat tashqaridan kelgan shaxs hal qilaolar edi. Qolaversa, Muhammad (sav) YAsrib uchun begona emas, balki qarindoshlik rishtalari bilan bog‘liq kishi edi; banu Najjor urug‘i bobolari Abdul Muttalibga ona tomondan qarindosh, otalari Abdulloning qabri YAsribda ekani, onalari Omina YAsribdan uzoq bo‘lmagan joyda dafn qilinganini inobatga olsak, Payg‘ambar va YAsribni bog‘lab turgan umumiy manfaatlar etarli edi.

Musulmonlarning Madinaga hijratini oddiy yashash joyini o‘zgartirish yoki “qochish” deb ta’riflash to‘g‘ri emas. Bu hodisaga eski urug‘-qabilachilik tizimidan voz kechib, yangi munosabatlarga o‘tish deb qaramoq kerak. Muhammad (sav)ni Madinada himoyaga muhtoj shaxs sifatida emas, balki yangi jamiyatning ma’naviy rahbari – Payg‘ambar maqomida qabul qilishdi. SHuning uchun ham makkalik musulmonlar – muhojirlar, madinalik musulmonlar esa odatdagidek “jor” (ko‘pligi “jiron”, ya’ni homiylar) emas, balki “ansorlar” – yordamchilar, qo‘llab-quvvatlovchilar, degan nomni olishdi. Muhammad (sav)ning YAsribga kirib kelishini ba’zida yangi hokimning shaharga tantanavor, g‘olibona kirib kelishi sifatida tasvirlashadi. Bu ham juda to‘g‘ri emas. Ikkinchi Aqaba qasamyodida umuman Muhammad (sav)ning YAsribdagi huquqlari tilga olinmagandi. Unga dastlab musulmonlar o‘rtasidagi hakam vazifasi yuklatilgandi. Madinada hokimiyatni qo‘lga olish masalasi keyin yuzaga keldi. Nafsilamrini aytganda, Muhammad (sav)ning Madinadagi ilk davri oson kechmadi. YAsribdagi arab qabilalarining boshliqlari uning oliy ma’naviy rahnamoligini tan olgan holda hokimiyat va kuch-qudratni o‘z qo‘llarida saqlab qolgan edilar. Qurol ushlashga qodir bo‘lgan muhojirlarning soni 100 kishidan ortmasdi, tabiiyki, ular vaziyatga tubdan ta’sir qilolmasdilar. Ko‘pchilik muhojirlarning etarli mablag‘i yo‘q va ular ansorlarning himmatidan umidvor edilar. Ko‘p sonli yahudiy qabilalarining mavqei ham dastlab aniq emas edi. SHu boisdan, Muhammad (sav) Madinadagi faoliyatini o‘ta ehtiyotkorlik bilan boshladi. Ehtiyotsizlik bilan aytiladigan har bir so‘z, har bir bosilgan qadam vaziyatni og‘irlashtirib yuborishi mumkin edi.

Quboda bir necha kun turgach, Muhammad (sav) shahar markaziga qarab yo‘l oldi. Yo‘l-yo‘lakay banu Salim erida birinchi jum’a namozi va xutba o‘qildi. Ibn Hishom keltirgan mana shu xutba matnida o‘sha davrning eng dolzarb masalasi ko‘tarilgandi: “Kimki o‘z yuzini do‘zah olovidan hatto yarimta hurmo bilan to‘saman desa, shuni qilsin. Unisi ham yo‘q odam – yaxshi so‘z bilan; uning ajri 10 marotabadan 700 marotabagacha tengdir!” SHundan so‘ng yo‘lda davom etib, Payg‘ambar qarindoshlari banu Najjor erida muqim joylashdi.

Payg‘ambar bilan birga uy-joylarini tashlab, YAsribga ko‘chib o‘tganlarning soni unchalik katta bo‘lmasada, bu voqea Hijozning ikki yirik shahariga birdek ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, Makkada bir qancha xonadon xuvillab qolgan, qarindosh-urug‘larning bir qismi Makkada, boshqa qismi YAsribda bo‘lgach, ular o‘rtasidagi rishtalar deyarli uzilgandi. Bunday holatning yuzaga kelishida mushriklar, albatta, Muhammad (sav)ni aybdor deb hisoblardilar. Ammo ko‘chib kelganlarga ham oson bo‘lmadi: ular bir tomondan g‘ariblik azobi, ikkinchi tomondan YAsribning nam iqlimidan qiynaldilar. Buning ustiga bor mol-mulkidan ajralgan muhojirlar dastlabki davrlarda og‘ir iqtisodiy muammoga ham duch keldilar - ular bir amallab tirikchilik yuritish, qanday bo‘lmasin jon saqlab qolish haqida o‘ylashlari kerak edi. Lekin ana shu kichik bir jamoa YAsribda juda katta, aytish mumkinki, misli ko‘rilmagan yirik muvaffaqiyatga erishdi. Xo‘sh, buning sabablari nimada edi?

YUqorida boshqa munosabat bilan ta’kidlagnimizdek, birinchi sababchi - Madinadagi yahudiylar bo‘ldi. Ibrohimiy dinida bo‘lgan va “ahli kitob” deb e’tirof etilgan YAsrib yahudiylari “vasaniya”, ya’ni ko‘p xudolikda bo‘lgan arablardan o‘zlarini yuqori qo‘yar, aqidalariga ko‘ra, yaqin kelajakda ularga yangi nabiy-payg‘ambar kelajagi, butparastlikka barham berajagi haqida ko‘p so‘z yuritardilar. SHu boisdan YAsribga haqiqiy payg‘ambar kelib, islomga da’vat qila boshlaganida shahardagi arab qabilalari fursatni qo‘ldan bermaslik uchun uni zudlik bilan qabul qildilar. SHaharda ustunlikni saqlab qolish uchun ham arablarga bu kerak edi. YAna shuni unutmaslik darkorki, hijra arafasida Aus va Xazraj o‘rtasida yuz bergan Buos jangida ikkala qabilaning birinchi rahnamolari halok bo‘lgan va ulardan keyin qolgan ikkinchi darajadagi rahbarlar murosaga moyil edilar.

Eng muhimi, payg‘ambar YAsribda Makkadagidan tubdan farq qilgan, batamom yangi jamiyat barpo eta boshladi: uning rahbarligidagi musulmon jamoasiga urug‘-qabilasi va millatidan qat’i nazar har qanday kishi kirishi mumkin edi. Endi payg‘ambarning faoliyati faqat diniy tus bilan chegaralanmay, balki u ko‘proq siyosiy jihat kasb qila boshladi. Boshqachasiga aytganda, Muhammad (sav) sekin-asta siyosiy rahbarga ham aylana boshladi. Makkada payg‘ambar asosan yangi dinga da’vat qilish, musulmonlarni sabr-qanoatga chaqirish bilan cheklangan bo‘lsa, Madinada uning elkasiga murakkab davlat boshqaruvini tashkil etish vazifasi tushdi. Muhammad (sav) buni birinchi lahzadayoq, balki hatto hijratdan avvalroq anglagan edi.

Aynan shu holatni ko‘zda tutib, keyinchalik Ibn Xaldun o‘zining “Muqaddima” asarida ta’kidlagandiki, johiliya arablari dunyoviy hokimni tan olmasdilar. Ular faqat diniy rahnamo (kohin, valiy, payg‘ambar)ni o‘zlariga rahbar qilib qabul qilishlari mumkin edi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, na Makkada va na Madinada islomdan avval shahar – davlatning yakka hokimi bo‘lmagan. Makka zodagonlari Muhammad (sav)ni payg‘ambar sifatida tan olishdan ko‘ra o‘z boyliklarini saqlab qolishni afzal ko‘rdilar. Madina esa uni aynan payg‘ambar sifatida qabul qildi. Payg‘ambar Madinadagi holatni juda yaxshi bilardi. SHaharning tub aholisi - arablar va yahudlar o‘zaro nizolardan charchagan, tinchlikni istardi. Makkadan ko‘chib kelgan muhojirlar Madina arablari tomonidan xayrihohlik bilan kutib olingan bo‘lsalarda, zudlik bilan ularning kelajagini ta’minlash tadorikini ko‘rish kerak edi. Nihoyat, Makka mushriklari tomonidan istalgan paytda hujum bo‘lib qolishi xavfi bor edi. Demak, Madina aholisining yakdilligiga erishish eng muhim vazifalardan biri edi.

Bu yo‘lda amalga oshirilgan choralardan birinchisi shu bo‘ldiki, muhojirlar ish bilan ta’minlandilar: ularning ba’zilari madinalik musulmonlardan qarz olib, tijorat bilan shug‘ullandilar, boshqalari er egalariga korandalik qildilar. So‘ngra musulmonlar jamoat bo‘lib to‘planadigan, diniy ibodatlarni birga ado etiladigan joy, ya’ni masjid qurildi. Ayni vaqtda masjid shahar idorasining bosh qarorgohiga aylandi. Payg‘ambar masjidga tutash qilib, o‘ziga turarjoy qurdirdiki, keyinchalik hokimlarning maskani masjidga yaqin bo‘lishi odat tusiga kirdi. Tabiiyki, Aus va Xazraj qabilalari bir jamoani tashkil qilgach, an’anaviy urug‘-aymoqchilik rishtalarining ahamiyati pasaydi. Uning o‘rnini aqida-e’tiqod yakdilligi egalladi va Madina musulmonlari bir nom bilan ansorlar (qo‘llab-quvvatlovchilar) deb atala boshladilar. Muhojirlar va ansorlarning o‘zaro jipsligini ta’minlash uchun arablarda qadimdan ma’lum bo‘lgan “al-muoxo” (aka-uka tutunish, birodarlashish) odatidan foydalanildi. Birodarlashganlar xuddi qon-qardoshdek hisoblanib, hatto bir-birlariga merosxo‘r bo‘ldilar. Ibn Hishomning “Sira”sida payg‘ambarning ko‘rsatmasi bilan Abu Bakrdan boshlab barcha sahobalarning kim bilan birodarlashgani ko‘rsatilgan.

Hijratning eng asosiy ahamiyatlaridan biri shu bo‘ldiki, u Payg‘ambarning ishonchli va tayanch kuchi bo‘lgan muhojirlar sonining keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, bundan buyon hijrat islomni qabul qilishning shartlaridan biri qilib belgilandi. Aniqroq qilib aytsak, islomni qabul qilgan Arabistonning qaysi go‘shasidan bo‘lmasin fuqarosi Qur’onning Anfol surasi 72 oyatiga ko‘ra, albatta, zudlik bilan Madinaga ko‘chishi shart qilindi:”Albatta, imon keltirgan, hijrat qilgan, mollari va jonlari bilan Alloh yo‘lida (dushmanga qarshi) kurashgan va (muhojirlarga) joy berib yordam ko‘rsatgan (madinalik ansor)lar, aynan o‘shalar bir-birlariga do‘stdirlar. Imon keltirganu, lekin hijrat qilmaganlar, to hijrat qilmagunlariga qadar, ular bilan do‘stlik qilish sizlar uchun joiz emasdir.” Ammo, aytish lozimki, bu vaqtincha ko‘rilgan chora edi, zero 630 yilda Makka shahri fath qilinib, butparastlik barham topgandan so‘ng, Madina shahar-davlatining fuqarolik huquqi vazifasini bajargan bu qoida bekor qilindi. Afsuski, hozirgi kunda ham ba’zi ekstremistik islomiy tashkilotlar, odamlarni chalg‘itib, Qur’onda yozilganini ro‘kach qilib, o‘zlari tuzmoqchi bo‘lgan gipotetik, mavhum “islom davlati”ga hijrat qilishga da’vat etadilar.

SHuni ham ta’kidlash joizki, madinalik musulmonlar, ya’ni ansorlar, muhojirlardan biroz o‘zgacha tarzda islomga kirdilar. Ular qarindosh urug‘lardan fojiaviy ayrilish yoki qabiladoshlari tomonidan ayovsiz ta’qibga uchramadilar. Albatta, birinchi navbatda Madinaning kam ta’minlangan aholisi islomga kirdi. Ammo Makkadan farqli o‘laroq hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qolish maqsadida Xazraj va Avs qabilasining boylari ham islomni qabul qildilar. Ana shu boy va nufuzli ansorlarning rahbari Abdullo ibn Ubay hamda uning tarafdorlari Qur’onda “munofiqlar” deya atalib, qoralangan. Makka suralarida “mushriklar”ga qarshi oyatlar qancha o‘rin olgan bo‘lsa, Madina suralarida deyarli teng hajmni “munofiqlar”ning kirdikorlarini fosh qilish egallaydi. Makkadagi kabi Madinada ham hokimiyat va boylikni qo‘ldan bermaslik uchun “munofiqlar” Muhammad (sav)ga xiyonat qilishga va hatto uning dushmanlari bilan til biriktirishga tayyor edilar. Muhammad (sav)ga bu o‘ziga xos kuchli va nufuzli “firqa” bilan hisoblashishga to‘g‘ri keldi. Musulmonlarga nisbatan birnecha bor dushmanlik qilgan bo‘lsalarda, Payg‘ambar ular bilan juda nozik siyosat olib bordi. Banu Musta’liq jangida ochiqchasiga xiyonat qilgani uchun Abdullo ibn Ubayga nisbatan Umar ibn Xattob o‘lim jazosi qo‘llanishini talab qilganda, Payg‘ambar ko‘nmadi:”Musulmonlar musulmonlarni qatl qilyaptilar, deb dushmanlar jar soladilar”,- dedi u. Muhammad (sav)ning bu boradagi siyosati shu qadar kuchli ta’sirga ega bo‘ldiki, Abdullo ibn Ubayning o‘g‘li, agar Payg‘ambar buyursa, o‘z otasini o‘ldirishga tayyor ekanini bildirgan. Xullas, munofiqlar bilan kurash deyarli 10 yil davom etdiki, bu haqda keyingi ma’ruzalarda batafsil ma’lumotlar beriladi.

Avval aytilganidek, Muhammad (sav) islomga yangi din sifatida qaramadi, balki uni abadiy, o‘zgarmas va butun borliqni egallagan Alloh haqidagi ta’limot, deb bildi. YAhudiy va xristian dinlaridan islomning ustunligi Muhammad (sav) nazdida shunda o‘z ifodasini topardiki, unga kelayotgan vahiylar Allohning eng yangi va oxirgi buyruqlari edi. SHunday ekan, “ahli kitoblar”, ya’ni yahudiylar va nasroniylar, islomni qabul qilishlari yoki juda bo‘lmasa, tan olishlari kerak edi. Ammo achchiq haqiqat boshqacha bo‘lib chiqdi: islom, nasroniylik va yahudiylik bir din, bir e’tiqod emas ekan. Nasroniylar va yahudiylar o‘zlarining ta’limotlari islom bilan tengligi haqidagi g‘oyani rad qildilar, Muhammad (sav)ning payg‘ambarligi va Qur’onning ilohiyligini tan olmadilar. Qur’onda Muhammad (sav) va Muso (as) ta’limoti aynanligi ko‘p bor ijobiy ma’noda zikr qilingandi. Lekin yahudiylar va xristianlar Muso ta’limotini o‘zgartirib yubordilarki, bu holda ularning “muqaddas” kitoblari endi Qur’onga teng emas, deb e’lon qildi, Muhammad (sav). Iso (as) va Bibi Marьyamning ba’zi nosoro tomonidan ilohiylashtirilishi va ba’zi yahudiylarning Uzayroni “Xudoning o‘g‘li”, deb e’zozlashi Muhammad (sav)ga ikkala dinni sof tavhiddan chekingan, yarimbutparast dinlar, deb ayblashga asos bo‘ldi.

Avvalo yahudiylar bilan ora ochiq bo‘ldi, nasroniylar esa islomga yaqin, deb qaraldi: “Imon keltirganlarga (nisbatan) eng ashaddiy adovatda bo‘luvchilar yahudiylar va shirk keltirganlar ekanini ko‘rasiz. Imon keltirganlarga nisbatan do‘stlikda yaqinroqlar – “Biz nasroniylarmiz” deganlar ekanini (ham) ko‘rasiz. Buning sababi – ular (nasroniylar) ichida ruhoniy va rohiblarning borligi va ularning kibrga berilmasligidir.” (5:82). Islom, xristianlik va yahudiylik o‘rtasidagi tafovut chuqurlashgan sari Ibrohim (as)ga, ya’ni Muhammad (sav) targ‘ib etayotgan sof, pok e’tiqodga ko‘proq urg‘u berilaboshladi. Bu bahsda haqli ravishda Muhammad (sav) Tavrot va Injil tarixan Muso va Isoga ancha keyin nozil qilinganini inkor qilib bo‘lmaydigan dalil qilib ko‘rsatdi. Islom va Ibrohim (as) dini aynanligi to‘g‘risidagi tezis arablar uchun maqbulroq edi. Bu yo‘l Madinada vaziyatning biroz keskinlashuviga olib kelgan bo‘lsada, strategik jihatdan to‘g‘ri tanlangan yo‘l bo‘lib chiqdi. Hijratdan 16-17 oy o‘tgach, qiblaning yana Makka tomonga o‘zgarishi uch din o‘rtasidagi munosabatlarni uzil-kesil hal qildi. Qur’onning Baqara surasida bu narsa quyidagicha o‘z ifodasini topdi: 144.”...Sizni o‘zingiz rozi bo‘ladigan qiblaga (Ka’baga) yuzingizni o‘girtiramiz. YUzingizni Masjidi Harom (Ka’ba) tomonga buring! (Ey, mo‘minlar, sizlar ham) qaerda bo‘lingiz, yuzlaringizni o‘sha tarafga buringiz!..” 145. “Qasamki, agar Siz ahli kitoblarga har qanday hujjat keltirsangiz ham, ular qiblangizga ergashmaydilar. Sizlar ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassiz.” 148. “Har bir (dindor) uchun o‘zi yuzlanadigan tarafi (qiblasi) bor.” 149. “Qaysi joydan (safarga) chiqsangiz ham, (namozda) yuzingizni Masjidi Harom (Ka’ba) tomoniga o‘giring!” Albatta, bu shunchaki oddiy o‘zgarish emas, balki uning ostida chuqur ma’no yashiringandi. Gap shundaki, Makkada Muhammad (sav) but-sanamlarga qarshi kurashgan edi, ularning to‘plangan joyi Ka’baga qarshi emas. Hijrat oldidan va undan so‘ng dastlabki davrda u yahudiylarga umid bilan boqqan va Quddusga nigohini qaratgan edi. Ammo yahudiylarning qarshiligi uni yana arabiy ildizlarga e’tibor qaratishga, arablarning qadimdan haqiqiy muqaddas makoni hisoblangan Ka’baga yuzlanishga olib keldi.

Madinaga hijrat islom tarixida burilish yasadi, yangi davrni boshlab berdi. U johiliya va islom davrlari o‘rtasidagi o‘ziga xos chegara rolini o‘ynadi. 636 yili xalifa Umar ibn al-Xattob bu hodisaning ahamiyatini hisobga olib, hozirgi kunda ham musulmon dunyosida amalda bo‘lgan hijriy taqvimga asos soldi. Islom dinining Arabiston bo‘ylab muvaffaqiyatli yoyilishini aynan hijrat boshlab berdi, deyish mumkin. Makkada Muhammad (sav) ta’qib qilingan ozchilikning diniy rahnamosi vazifasini bajargan bo‘lsa, hijratdan so‘ng u nafaqat diniy jamoa, balki yaqin kelajakda yirik davlat tarkibotiga aylangan uyushmaning rahbari bo‘ldi.



Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish