Кo‘p mevali archa (Juniperus polycarpos C.Koch.) daraxt bo‘lib, balandligi 10-12 m ga, diametri 1,5 m ga etadi. Shox- shabbasi keng piramidalsimon shaklida. Bu tur ikki uyli o‘simlik hisoblanadi. Bu archa urug‘idan ko‘payadi. Tog‘ qiyaliklaridagi toshli tuproqlarda yaxshi o‘sadi. U qurg‘oqchilikka, issiq va sovuqqa chidamli. Yog‘ochi duradgorlikda ishlatiladi. Ninabargidan efir moyi olinadi. U Кavkazda, sharqiy va janubiy Кavkazortida keng tarqalgan. MDH dan tashqarida Turkiya va Iroqdagi tog‘li hududlarda ham o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |