Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

TARIX FANLARI 
 
TARIX FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL 
METODLARDAN FOYDALANISH 
Yakubova S. Sh., Sohibova N. S. 
 Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi.  
 
Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi To’raqo’rg’on tuman xalq ta`limi bo’limiga qarashli 51-
sonli umumiy o’rta ta`lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Abdullayeva Ma’luda Abdulboqiyevna 
Bugungi  kunda  zamonaviy  darslarni  tashkil  etish  o‘quv  jarayonlariga  ilg'or  texnologiyalarni  olib 
kirish, ta'lim jarayonini loyihalashtirish kechiktirib bo'lmas vazifalardan biriga aylanib qolmoqda.Ta'lim-
tarbiya  jarayoni  sifati  va  samaradorligini  oshirish  kelgusi  taraqqiyotimizning  asosidir.Ta'lim  sifatini 
oshirishda  an'anaviy  va  noan'anaviy  ta'lim  yondashuvlari,  intefaol  metodlar,  didaktik  topshiriqlar  va 
ularning  tarix  fanida  qo‘llanilishi  bo‘yicha  namunalaridan  foydalanish  bilan  bir  qatorda  mavzuga  oid 
aforizmlardan foydalanish maqsadga muvofiq.Jumladan "Fikr va aql insonni kamolotga yetkazadi va o‘qish 
va o'rganish qobiliyati uni saodatmand qiladi" Abdurauf Fitrat, "Kishi ikki narsa tufayli qarimaydi,  biri - 
ezgu xulqi, biri ezgu so‘zi" Yusuf Xos Hojib, "Men  muvoffaqiyatning uchta omilini bilaman: boshqalardan 
ko'proq bilish; boshqalardan ko'proq ishlash; boshqalardan ko‘proq kuta olish"- Shekspir. 
Jamiyat  taraqqiyotining  tarixiy  tajribalaridan  foydalangan  holda,  yo'l  qo'yilgan  xatolarlarni 
takrorlamaslik  mamlakatimizda  buyuk  jamiyat  qurishni  va  jahon  hamjamiyatida  munosib  o'rin 
egallashimizni tezlashtiradi.Shu sababli tariximizni va rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqurroq o'rganib 
uni respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish zarur ekanligini anglagan holda o'quvchiga har  bir mavzuni 
to'laqonli yetkazib berish tarix fani o'qituvchisining muqaddas burchidir. 
Tarix  o'qitish  metodikasida  darsliklarning  ahamiyati  katta.  Darsliklarda  berilayotgan  ma'lumotlar 
bola psixologiyasini hisobga olgan holda berilishi ahamiyatlidir. Darslikdagi tushuncha va sanalar bilan bir 
qatorda  tarixiy  lug'atlarni  alohida  alohida  yoritib  borish  ijtimoiy  fanlar  oldidagi  dolzarb  masalalardan 
biridir. Yana shuni alohida ta'kidlash joizki darsliklarda berilgan ma'lumotlar bir-biriga zid kelishi holatlari 
mudom  uchrab  turadi.  Misol  uchun  2014-yilda  nashr  etilgan  8-sinf  O'zbekiston  tarixi  darsligida  13-§. 
Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi mavzusida "1753-yildan boshlab  Buxoro xonligi 
endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo‘ldi" - deb ma'lumot berilgan bo'lsa, 2019- yil qayta ishlangan 
8-sinf uchun O'zbekiston tarixi darsligi 14-§. Buxoro amirligining tashkil topishi mavzusida "1756-yildan 
boshlab  Buxoro  xonligi  endilikda  Buxoro  amirligi  deb  ataladigan  bo'ldi  "-  kabi  ma'lumotlar  o'quvchida 
ikkilanish hosil qiladi. Xo'sh shu va shunga o'xshash muammolar ta'lim sifatiga qanday ta'sir etishini ko'rib 
chiqadigan  bo'lsak,  o'quvchi  fan  olimpiadasida,  abituriyentlar  oliy  o'quv  yurtiga  imtihon  topshirayotgan 
paytda quyidagi holatga duch kelishlari va unga qanday yechim topishlari mumkin? 
Savol:Buxoro  xonligi  qachondan  boshlab  amirlik  deb  atala  boshlandi?  A)1753-yil  B)1756-yil 
C)1758-yil D)1747-yil 
Yana ushbu ma'salani e'tibotli tomoni shundaki,o'quvchining bitta noto'g'ri javobi uchun millionlab 
kontrakt  to'lashi  yoki  talabalik  baxtidan  mosuvo  bo'lishi  mumkin.Bundan  ko'rinib  turibdiki,  umumta'lim 
maktablari  o'quvchilari  foydalanayotgan  darsliklar  ularning  hayotida  oliy  ta'limga  yo'l  olishlariga  qanot 
bo'lib  hizmat  qiladi.  Shunday  ekan  ta'limnig  uzviyligini  hisobga  olib  ma'lumotlarning  aniqligianiqligi, 
asosliligi va har tomonlama aniq bo'lishi masalaning yechimlaridan biridir. Tarix fani o'qitish metodikasida 
yangiliklardan habardor bo'lish va qo'shimcha ma'lumotlardan foydalanish ta'lim sifatini oshirishga hizmat 
qiladi.  Ta'limning  umumiy  o'rta  ta'lim  maktab  bosqichida  ijtimoiy  fanlarni  yanada  chuqurroq 
o'rganishlarida ushbu fan, aynan tarix fanini nima uchun o'qishlari kerakligini anglashlari lozim. Datlabki 
ta'lim jarayonida o'quvchilarning hayolidan kechayotgan "Tarix nima uchun kerak " , "Biz nima uchun bu 
fanni  o'qiymiz  "  kabi  savollarga  o'quvchilar  tarix  fani  o'qituvchisidan  javob  olishlari  zarur.Tarix  fani 
o'qituvchisining salohiyati , hur fikirliligi o'quvchilarning "TARIX- IBRAT UChUN KERAK " , "TARIX 
-SABOQ UChUN KERAK " ekanligini anglab yetishlari uchun xizmat qilishi kerak.Shunday ekan bugungi 
kunda  tarix  fanini  o'rganayotgan  har  qanday  o‘quvchi  kelajakda  vatanparvar,tarix  va  tarixiy  shaxslarga 
xurmat bilan tarbiyalangan, o'zligini anglab yetgan jamiyatning faol kishisi bo‘lib yashamog‘i lozim. 
Tarix  fani  muammolaridan  yana  biri  o‘quvchining  darsga  bo‘lgan  qiziqishlarini  oshirish.  Bunda 
o'qituvchi darslikdan tashqari ma'lumotlardan berib borishi jumladan tarixiy shaxslarning go'zal insoniy 


 
246 
 
fazilatlari , axloqiy tarbiyaga oid hikmatlar, ibratli hikoyalardan namunalar keltirib borishlari lozim. 
Ayniqsa bugungi kunda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida tarixchilarni ta'sirlari katta 
deb  o‘ylayman.  Masalan  5-7-sinflarda  “Jaloliddin  Manguberdi  mohir  sarkarda”  mavzusini  yoritishda 
Sh.Isaxanovaning  «Sulton  Jalliddin  Manguberdi  asari»ning  hamda  ”Mirzo  Ulug‘bek  akademiyasi” 
mavzusida Odil Yoqubovning «Ulug’bek hazinasi» eng etiborga molik joyidan bir parcha keltirish tavsiya 
etiladi. O’quvchini izlanishga chorlagan bo'lamiz.Bu esa bir necha o'quvchining shonli tariximizni yaqidan 
o‘rganishga va albatta kitobga bo‘lgan xurmatini oshirishga xizmat qilgan bo'lamiz. 
Talim berishning nazariyasi va amaliyotida o’quvchilarning bilim olish harakatlarini faollashtirish 
eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda pedogoglarning diqqati bilim orttirishning 
muloqot yuritish shakliga asoslangan o’qitishning interfaol shakl va uslublarini o’zlashtirishga qaratilgan. 
Ta’lim berish jarayoni quyida ko’rsatilgan talablarga amal qilgan taqdirda samarali bo’lishi yaxshi natijalar 
berishi amalda o’z isbotini topmoqda: 
O’quvchilar talim olish uchun ochiq va talim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan munosabat va 
hamkorlikka faol kirishib ketadilar; 
O’z faoliyatini tahlil qilish va shaxsiy salohiyatini amalga oshirish uchun imkonga ega bo’ladilar; 
O’quvchilarda o’ziga ishonch uyg’otish va fikrlarini kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik. 
Hozirgi kunda sifatli ta`limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va 
jismoniy  toliqishlarsiz  yuqori  natijalarga  erishishdir.  Belgilangan  qisqa  muddatda  muayyan  nazariy  va 
ilmiy  bilimlarni  o’quvchilarga  yetkazib  berish,  ularda  fanlar  yuzasidan  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni 
hosil qilish, o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda bugungi kunda ta`lim sohasida mustahkam 
o’rin egallayotgan pedagogik texnologiya – interfaol metodlarni qo’llashni talab etadi. Bunda o’qituvchi 
tanlanilayotgan  metodni  mavzuga  mos  va  hosligini  ko’rib  chiqishi  lozim  va  o’quvchilarni  yosh 
hususiyatlarini hisobga olishi talab etiladi. 
Ta`lim sifatini pasayishiga yana bir sabab sinflarda bolalar sonining haddan ziyod ko’pligidir. Ularni 
bilim  olishga  intilishi  va  ishtiyoqi  ham  bir-biridan  farq  qiladi.  Taklifim  shundan  iboratki    sinflarda 
qo’uvchilar  sonini  kamaytirish,  20-22  nafardan  oshmasligi,  pedagogning  har  bir  o’quvchi  bilan  alohida 
ishlash imkoniyatini beradi. Bu esa ta`lim sifatida samarali natija beradi degan umiddaman. 
Bunday  darslarni  sifatli  qilib  yaratish  murakkab  jarayon,  ammo  biz  pedagoglar  tarbiyalanayotgan 
yosh  avlodning  o’ziga  ishonch  ruhida  tarbiyalashimiz,  o’quvchi  qalbiga  joylanayotgan  o’ziga  ishonch 
urug’i bir kun daraxt bo’lib meva beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
Q.Usmonov,  U.Jo’raev.  «O’zbekiston  tarixi»  8-sinf  uchun  darslik.  «O’qituvchi»  nashriyoti. 
Toshkent 2014. 54-sahifa. 
Q.Usmonov,  U.Jo’raev,  G.Jo’raeva  «O’zbekiston  tarixi»  8-sinf  uchun  darslik.  «O’qituvchi» 
nashriyoti. Toshkent 2019. 53-sahifa. 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish