Zamonaviy fan va talim tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/211
Sana31.12.2021
Hajmi5,56 Mb.
#213903
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211
Bog'liq
Туплам 27.10

KIMYO FANLARI 
KIMYO FANIDAN UY TAJRIBALARI – O‘QUVCHILARNING TABIIY-ILMIY 
SAVODHONLIGINI OSHIRISH OMILIDIR 
Davlatov Ismat Xudoyqulovich, G‘aybullayeva Mo‘mina Shofayzovna 
Kimyo fani o'qituvchilari 
Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi 
 
Bugungi  kunda  ta’lim  sohasini  isloh  qilish,  uni  rivojlangan  mamlakatlar  ta’lim  tizimi  yutuqlari 
asosida takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar olib borilmoqda [1, 2]. Jumladan, Prezidentimiz 
Sh.M.Mirziyoyevning  2020  yil  24  yanvardagi  Oliy  majlis  senatorlarga  murojaatnomasida  kimyo, 
biologiya,  matematika,  geologiya  fanlarini  rivojlantirish,  fundamental  va  amaliy  tadqiqotlar 
samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berib o‘tdilar. 
Zamonaviy umumta’lim maktablarida kimyoviy ta’lim mazmuni, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari 
takomillashtirilmoqda.  O‘qitishda  yangi  yo‘nalishlar  belgilanmoqda.    Lekin  bir  jihat  –  kimyoviy 
eksperimentga  bo‘lgan  munosabat  o‘zgarmasdan  qolmoqda.  Kimyo  eksperimental  fan  bo‘lib  kelgan  va 
bo‘lib qoladi, chunki kimyoviy eksperimentsiz, laboratoriya ishlari va amaliy mashg‘ulotlarni bajarmasdan 
kimyoviy bilimlarning minimal xajmini ham egallash mushkul [3]. 
Zamonaviy  kimyo  ta’limi  konsepsiyasida  o‘quv  eksperimentini  amaliy  yo‘naltirish  borasida  katta 
urg‘u beriladi. Lekin xozirda qo‘llanilayotgan maktab eksperimenti vositalari asosida bu fikr to‘laligicha 
ro‘yobga chiqmaydi. Maktab kimyoviy eksperimentini takomillashtirish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar 
XX asrning 50-60 yillarida olib borilgan. Bu davrda ishlab chiqilgan tajribalar boshqa o‘quv maqsadlari, 
dasturlar, maktab moddiy bazasiga, kimyoni o‘rganishga ko‘proq vaqt miqdoriga mo‘ljallangan edi [4]. 
Maktab  o‘quv  eksperimentini  amaliy  yo‘nalishini  kuchaytirish  muammosini  an’anaviy  maktab 
eksperimenti bilan birgalikda uy sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy tajribalardan foydalanish 
orqali yechish mumkin. 
Uy  tajribalari  –  barcha  o‘quvchilar  bajarishi  shart  bo‘lgan  individual  amaliy  ish,  mustaqil  uy 
vazifalaridan  biridir.  Bu  tajribalar  uy-ro‘zg‘or  buyumlari  va  moddalaridan  foydalanib,  o‘qituvchining 
bilvosita  rahbarligi  va  nazorati  ostida  olib  boriladi.  Uy  tajribalarida  katta  imkoniyatlar  mavjud.  Uy 
tajribalari o‘quv jarayonida alohida o‘rinni egallaydi. Birinchidan bu – amaliy mashg‘ulot bo‘lib, mustaqil 
kimyoviy  eksperiment  turlaridan  biridir.  Uy  tajribalari  o‘qituvchining  bilvosita  rahbarligi  ostida  olib 
borilganligi  sababli  kimyoviy  eksperiment  texnikasi  nuqtai-nazaridan  o‘ta  murakkab  bo‘la  olmaydi. 
Bunday  tajribalarni  bajarishda  asosiy  maqsad  natija  emas,  balki  tajribani  bajarish  jarayonidir.  Bunda 
umumo‘quv va eksperimental ko‘nikmalar takomillashadi. Uy tajribalarini bajarish davomida o‘quvchilar 
tajriba maqsadini aniqlaydi, o‘zining faoliyati bosqichlarini belgilaydi, xarakat usullarini tanlaydi, hulosa 
chiqaradi,  o‘zini  nazorat  qiladi.  O‘qituvchi  o‘quvchilarning  bu  faoliyatini  zarur  yo‘nalishda  borishini 
nazorat qiladi. 
O‘quvchilarning  mustaqil  faoliyatiga  uy  tajribalarini  kiritish  bilish  motivlarini  takomillashishiga, 
ayniqsa  keng  bilish  motivi  bo‘lgan  mazmunni  bilishga  qiziqishni  ortishiga  olib  keladi.  Uy  tajribalarini 
bajarish davomida o‘zini ishtiroki darajasida o‘quvchining o‘quv-bilish motivlari – bilim olish usullariga 
qiziqish  ham  takomillashadi.  O‘z  faoliyatlarini  rejalashtirish,  maqsadni  aniqlash  usullariga  doir 
ko‘nikmalar  rivojlanadi.  Uy  tajribalari  ijobiy  emotsiyalar  ham  keltirib  chiqaradi,  chunki  ular  “kattalar 
uchun  xos”  ish  shaklidir.  Boshqa  tomondan,  uy  tajribalari  uy  vazifalari  turlaridan  biridir.  Umumiy  uy 
vazifalari  sistemasida  uy  tajribalarining  o‘rni  va  ahamiyatini  tasavvur  etish  uchun,  asosiy  (an’anaviy), 
o‘quvchilar uyda bajarishlari kerak bo‘lgan ish turlarini ko‘rib chiqamiz. Ular quyidagilar: 
Darslik matni bilash ishlash; 
Reaksiya tenglamalarini yozish; 
Masala va mashqlar ishlash; 
Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanish; 
Ma’lumotlar to‘plash, ma’ruza tayyorlash; 
Ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qish; 
Ma’lumotnomalar bilan ishlash. 
Bu  uy  vazifalari  turlari  orasida  ma’lum  bog‘liqliklar  mavjud.  Masalan,  darslik  bilan  ishlashda 
bevosita masala va mashqlar ishlash, laboratoriya ishi va amaliy mashg‘ulotga tayyorlanish bilan bog‘liq 


 
234 
 
bo‘lib, ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘qishga aloqasi yo‘q. Uy tajribalari esa ularning barchasi bilan uzviy 
aloqada bo‘ladi. 
Uy tajribalari mustaqil ish turlaridan biri bo‘lib, alohida va boshqa mustaqil ishlar bilan birgalikda 
qo‘llanilib, uni bajarish uchun o‘quvchilarning ijodiy yondashuvi talab etiladi. Uy tajribalari bilan maktab 
kimyoviy eksperimentini to‘liq almashtirish emas, balki darslarda o‘rganilayotgan bilim va ko‘nikmalarni 
turli  hodisalar  mohiyati  va  mexanizmini  chuqurroq  anglash  uchun  yordam  beradigan  tajribalar  ishlab 
chiqish bizni maqsadlarimizdan biridir [5]. 
Quyida «Uglerodning fizik va kimyoviy xossalari» mavzusi uchun shunday uy tajribalaridan misollar 
keltirilgan: 
Uy sharoitida adsorbsiya 
Zarur  jihoz  va  moddalar:  aktivlangan  ko‘mir,  siyog‘  yoki  akvarel,  suv,  stakan,  makkajo‘qori 
qalamchalari, odekolon, 0,5 l shisha banka qopqoqi bilan. 
Ishning borishi: stakanga yarim suv quyib, unga siyoh yoki rangli akvareldan soling va aralashtiring. 
Rangli eritma hosil bo‘lganiga e’tibor bering. Unga maydalangan dorihona aktivlangan ko‘miridan solib 
aralashtiring. Eritma rangining o‘zgarishiga e’tibor bering. 
Yarim litrli shisha bankaga 1 -2 tomchi odekolon yoki boshqa biror xidga ega suyuqlikdan tomizing. 
Bankani ikkala kaftingiz bilan bir oz vaqt ushlab turing. So‘ngra idish og‘zini ochib banka ustidagi havoni 
yelpib hidlang. Qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, siz hidni tabiiy tarzda sezasiz. Endi banka ichiga 1 dona 
aktivlangan ko‘mir soling va og‘zini yopib, bir necha daqiqaga qoldiring. So‘ngra idish og‘zini ochib hidlab 
ko‘ring.  Xid  nima  uchun  yo‘qoldi?  Bu  tajribalarni  makkajo‘hori  qalamchalari  bilan  ham  takrorlang. 
Aktivlangan ko‘mir va makkajo‘hori qalamchalari xossalarini taqqoslang. 
Yuqoridagi  tajribalarga  o‘xshash  uy  tajribalarini  ishlab  chiqish  va  ulardan  samarali  foydalanish 
natijasida  o‘quvchilarning  kimyo  fani,  sanoati  mahsulotlarini  kundalik  turmush,  hayotdagi  o‘rni  va 
ahamiyatini  anglashlarida,  nostandart  sharoitlarda  ishlash,  ijodiy  ko‘nikmalarini  shakllantirishda  muhim 
ahamiyatga ega. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF–4947-son 
«O‘zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi  to‘g‘risida»gi 
Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2018  yil  8  dekabrdagi  VM–997-  son  «Xalq 
ta’limi  tizimida  ta’lim  sifatini  baholash  sohasidagi  xalqaro  tadqiqotlarni  tashkil  etish  chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qarori. 
Ivanova  R.G.  Obщaya  metodika  obucheniya  ximii  v  shkole.  Ximicheskiy  eksperiment  –  osnova 
izucheniya ximii. – M.: Drofa, 2008. – s.170-184. 
Shipareva T.A. Domashniy eksperiment po ximii kak sredstvo formirovaniya motivov k izucheniyu 
uchebnogo predmeta. Dis kand. ped. nauk. – M.: 2001. – 160 s. 
I.R.Asqarov, K.G‘.G‘opirov, N.H.To‘xtaboyev. Kimyo. 8-sinflar uchun darslik. –Toshkent, 
«Yangiyo‘l poligraf servis» nashriyoti. – 2019 yil. – 156 b. 
 
 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish