MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALARNI YECHISHDA ELEKTRON TA’LIM
RESURSLARIDAN FOYDALANISH
Teshayeva Ruxsora Farhod qizi
Qiziltepa tumani 12-maktabning matematika fani o’qituvchisi
Matematika fanini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor matematik tushunchalarni o‘rgatish bilan bir
qatorda formulalar yordamida hisoblash ishlarini to‘g‘ri amalga oshirishdan iboratdir. Ayniqsa, berilgan
masalani hal qilishda, avvalo, qo‘yilgan shartni va noma’lumni aniqlab olish kerak. Shunga monand
matematik model qurib olinadi va tenglama shakliga keltiriladi. Tenglamani yechish orqali esa noma’lumni
aniqlaymiz va qo‘yilgan masalaning shartiga e’tibor qaratamiz. Chunki, noma’lumni aniqlaganimiz bilan
qo‘yilgan masalani hal qilgan bo‘lmaymiz. Demak, qo‘yilgan masalani tasavvur qilib, ko‘z oldimizga
keltirishimiz kerak bo‘ladi. Bu jarayon, ya’ni tasavvur qilish, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida hali unchalik
darajada shakllanmagan bo‘ladi. Natijada matnli masalalarni hal qilish jarayonida o‘quvchilarda
qiyinchiliklar vujudga keladi. Ana shunday qiyinchiliklarni bartaraf etishda elektron o‘quv qo‘llanmaning
ahamiyati shundaki, unda berilgan matnli masalalarning ba’zilarini bosqichma-bosqich yechish jarayoni
keltirilgan. Unda harakatli tasvirlar orqali o‘quvchilarning tasavvur qilishlariga undaydi va matnli
masalalarni hal qilishda nimaga ahamiyat berilishi kerakligiga turtki beradi. Quyida matnli masalalarni
elektron o‘quv qo‘llanma orqali yechish jarayonini keltiramiz.
Masala-1. Sayohatchilar 3 marta har 6 km dan keyin dam olib, so‘ngra yana 7 km yo‘l bosdilar. Agar
boradigan manzillarigacha bo‘lgan masofa 34 km bo‘lsa, ular yana qancha yo‘l yurishlari kerak bo‘ladi?
Yechish. Ekranda masalaning matni keltirilgach, manzara, sayohatchilar va ularning
harakatlanishlari namoyon bo‘ladi. Ekranda matnga mos holda sayohatchilarning har 6 km da dam olishlari
va yana 7 km yo‘l yurgach to‘xtashlari, qolgan masofa esa so‘roq belgisi bilan ifodalanishi va uni x km
tenglamani
0
ga nisbatan yechamiz.
bu tenglama yechimi
Demak minimal tezlik;
215
bilan belgilanishi namoyon bo‘ladi. Shundan so‘ng, masalaning qo‘yilish sharti belgilashlar orqali
ifodalanadi. Belgilashlarga mos holda yana ekranda harakatlar namoyon bo‘ladi va qolgan masofa
noma’lum bilan belgilanib, uni aniqlash talab etiladi. Sayohatchilar yurgan yo‘l hamda ular turgan joydan
manzillarigacha qolgan masofa ekranda ko‘rinib turadi va o‘quvchilar barcha jarayonni o‘z ko‘zlari bilan
ko‘rib, matnli masalalar yechimini topish tasavvuriga ega bo‘ladilar.
Yechish jarayonida ekranda mavjud bo‘lgan belgilanishlar va qolgan masofani aniqlash uchun
barcha masofalar yig‘indisi 34 km ga teng bo‘lishi paydo bo‘ladi va noma’lum son aniqlanib, 9 km
qolganligi ma’lum bo‘ladi.
Masala-2. Teploxod ikki pristan oralig‘idagi masofani daryo oqimi bo‘yicha 7 soat, oqimga qarshi 9
soatda o‘tdi. Agar oqimning tezligi 2 km/soat bo‘lsa, pristanlar orasidagi masofani aniqlang.
Yechish. Avvalo ekranda masalaning matni beriladi va teploxod, ikki pristan, daryo oqimlari
namoyon bo‘ladi. Masala matnida keltirilganga mos ravishda ekranda jarayon namoyon bo‘la boshlaydi va
berilganlar belgilanib ekranning quyi qismida tenglamalar hosil qilinib boriladi. Soatning bir aylanish
davomida teploxod va daryo to‘lqini harakatlanib to‘xtaydi, so‘ngra teploxod yonida V1, daryo oqimi
yonida V2 paydo bo‘ladi, bular mos ravishda teploxod va daryo oqimining tezligi hisoblanadi. Birinchi
pristanning yonidan teploxod harakatlana boshlaydi. Teploxod ikkinchi pristanga borguncha soat millari
harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish (strelka) ham yonib o‘chadi. Yetib borgach 7
soat o‘tganligi yoziladi va S=7(V1+V2) paydo bo‘ladi, bu yerda S ikki pristan orasidagi masofa. Keyin
teploxod orqaga qaytib harakatlanadi va daryo oqimi tezligini ko‘rsatuvchi yo‘nalish qarama-qarshi holatda
o‘chib yonadi. Bunda teploxod sekin harakatlanadi va birinchi pristanga yetib borgach to‘xtaydi hamda 9
soat o‘tganligi yoziladi. Daryo oqimi tezligi qarama-qarshi bo‘lganligi uchun ekranda ko‘rsatkichlar
yordamida belgilanadi va tenglama quyidagi ko‘ranishga keladi: S=9(V1–V2). Ekranda oqimning tezligi 2
km/soat ekanligi va V2=2 km/soat yozuvi, ikki pristan orasida “Masofa = ?” hamda berilganlar oldida “S
?” yozuvi paydo bo‘ladi. Yechimni ko‘rsatishda tenglamalar sistemasi tuziladi:
S
7 (V1
V2)
Tenglamalarning chap tomoni tengligidan, ularning o‘ng tomonlari
S
9 (V1
V2)
tenglashtirilad
i:
7(V1+V2)=9(V1–V2)
hamda yechiladi. 7(V1+2)=9(V1–2),
7V1+14=9V1
–18,
9V1–7V1=14+18, 2V1=32, V1=16.
Teploxodning tezligi 16
km/soat ekan. Masofani aniqlaymiz: S=7(V1+V2), S=7(16+2)=7*18=126, S=126 km. Ekranda
“Demak, ikki pristan orasidagi masofa 126 km ekan.” degan yozuv paydo bo‘ladi.
216
Bunda ham yuqoridagi kabi har bir jarayon ekranda namoyon bo‘lib boradi. Xulosa qilib aytganda,
matematikada matnli masalalarni hal qilishda harakatli tasvirlar, animatsiyalar orqali foydalanish, buning
uchun esa informatikadan olgan bilimlarini ishga solib, elektron ta’lim resurslarini yaratish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Bunday elektron ta’lim resurslardan foydalanish matematikada masalalarni yechishda
o‘quvchilarning tasavvurlarini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |