Annotatsiya:
muallif ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda kuzatilayotgan
yangiliklar, darsliklarning yangi nashrlari, ulardagi o’zgarishlar va dars
jarayonida interfaol metodlardan foydalangan holda darsning yuqori saviyada
tashkilanishi haqida aytib o’tgan.
Kalit so’zlar:
xalqaro baholash, interfaol metod, innovatsiya, texnologiya,
bilish, tafakkur, yozma savodxonlik, og’zaki nutq
An’anaviy ta’lim bilan bir qatorda noan’anaviy, ya’ni zamonaviy interfaol
metodlarning ta’im jarayoniga kirib kelishida sog’lom fikrli va yuksak ma’naviyatga
ega bo’lgan, mustaqil fikrli shaxsni tarbiyalash maqsad qilib belgilangan. Interfaol
metodlar bir qator afzalliklarga ega. Bunda o’quvchiga mustaqil fikrlashga, o’z
shaxsiy qarashlarini erkin bayon qilishga imkoniyat beriladi. Hozirda ta’lim
metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va
tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars mashg`ulotlari
jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol
usullarni qo’llash natijasida o’quvchilar-ning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar
chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan
holda himoya qila bilish
, sog`lom
muloqot,
munozara
, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Bu
masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emostional sohalardagi
pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. U “Blum taksonomiyasi” deb
nomlanadi.
www.pedagoglar.uz
26-son 1 –to’plam may 2022
Sahifa: 298
Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, taxlil,
umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar
hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan,
bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq
qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq
fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish,
axborotni etkaza olish
, aytib
bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar,
sxema, jadvallarni tushunadi.Int erfaol usullar ko’p turli bo’lib ularning hammasi
ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg`ulot oldidan
katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.
Interfaol metodlardan biri “Zinama-zina” texnologiyasi bo’lib, unda
o`qituvchi o`quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik guruhlarga
ajratib oladi va o`quvchilarga mashg`ulotning maqsadi va uning o`tkazilish
tartibihaqida ma’lumot beradi. Har bir guruhga qog`ozning chap qismida kichik
mavzu yozuvi bo`lgan varaqlar tarqatiladi; o`qituvchi guruh a’zolarin tarqatma
materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida
bilganlarini flomaster yordamida qog`ozdagi bo`sh joyiga jamoa bilan birgalikda
fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi; guruh a’zolari birgalikda
tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma)
ko`rinishida ifoda etadilar. Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon
boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi. Tarqatma materiallar
to`ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar
tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, sinf doskasiga mantiqan tagma-tag(zina
shaklida) ilinadi;
O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni
baholaydi va mashg`ulotni yakunlaydi.
“Ha-yo`q” mashqi ham o’quvchilardagi bilish jarayoniga ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Bunda o`qituvchi bir nima (raqam, predmet, adabiy yoki tarixiy qahramon
Do'stlaringiz bilan baham: |