Umuminsoniy g’oyalar - o’z mohiyati va miqyosiga ko’ra bashariyatning ongi va qalbini egallagan, dunyodagi barcha odamlar va har bir xalq uchun eng yuksak g’oyalar.
Universum – yagona Olam, yaxlit dunyo.
"Veda" - hindlarning eramizdan bir yarim ming yil avval yozilgan muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular "Veda"ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so’zlar, deb biladi. "Veda'" da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodi, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlar ifodalangan ("Rigveda", "Samaveda", "YAjurveda", "Adxarvaveda").
Vaqt (zamon) jarayonlarning davomiyligi, hodisalarning ketma-ketligi tartibini ifodalovchi moddiylik atributi.
Do'stlaringiz bilan baham: |