Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


 Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.02.2020
Hajmi0,54 Mb.
#40107
1   2   3   4   5
Bog'liq
1.O'qitish vositalaridan foydalanish va


2.4. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar 

 

      



Jamiyat  hayotining    jadal  tarzda  rivojlanishi,  taraqqiyot  ehtiyojlari  va  imkoniyatlarining 

kengayishi,  turli-tuman  axborotlar  oqimining  tezlashishini  hisobga  olib,  zamonaviy  pedagogik 

texnologiya  fani  pedagogik  prognostikaning  yangi  shakl,  vosita  va  usullaridan  foydalanish 

mexanizmini yaratishni o‘z zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim 

muassasalarida  amalga  oshirilayotgan  ta’limning  o‘rni  va  darajasini  aniqlashga  yo‘naltirilgan 

tadqiqotlarda      pedagogik  prognostikaning  imkoniyatlaridan  keng  foydalanishni  taqozo  qiladi. 

Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat 

hayotining  barcha  sohalarini  rivojlantirishga  xizmat  qila  oladi.  Pedagogik  prognostikaga 

tayangan  holda  yaratilgan  nazariyalargina  uzluksiz  ta’lim  jarayonini  uning  bosqichlari  va 

komponentlarining  mazmuni,  shakli  va  vositalarini,  ta’lim  natijalarining  jamiyat  hayotiga 

ko‘rsatadigan ta’sir darajasini oldindan loyihalashtirishga  asos bo‘la oladi. Demak, shundagina 

o‘quv-tarbiya  jarayonini  yangi  prinsiplar  va  yangi  mafkuraviy  negizda    qayta  qurish,  ta’lim 

sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. 

Shuningdek,  pedagogik  texnologiyalar  ta’lim  jarayonini  tashxis  qilish  va  yaratilgan  

nazariyalar,  o‘quv-metodik  majmualar  tajriba-sinov  asosida  amaliyotga  joriy  qilishning 

metodologik  asoslari,  aniq  mexanizmlari,  usul  va  vositalarini  ishlab  chiqishi  kerak.  Ta’lim 

jarayonining  tashxis  qilish  mexanizmi  shu  jarayonning  yutuq  va  kamchiliklari,    ta’lim 

natijasining  sifat  ko‘rsatkichlari,  ta’lim  jarayoniga  tatbiq  qilinadigan  pedagogik  nazariyalar, 

zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta’limning taraqqiyotiga 

to‘sqinlik  qilish  darajasini  aniqlashga  yo‘naltirilishi  kerak.  Pedagogik  tajriba-sinov  esa  amalga 

oshirilgan  tadqiqot  natijalarining  samaradorlik  darajasini  aniqlashda  alohida  ahamiyatga  ega. 

O‘tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog‘liq tarzda o‘quv dasturlari, darslik va dars 

ishlanmalari,  metodik  qo‘llanmalar,  didaktik  ishlanmalar  yaratilishi  va  tajriba-sinov  jarayoniga 

taqdim etilishi zarur.  Agar o‘quv dasturi tajribadan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, kuzatilayotgan ta’lim 



 

40 


jarayonini,  ya’ni  darslik  yoki  dars  ishlanmalari,  texnik  vositalar,  ko‘rgazmali  qurollar,  o‘quv 

qo‘llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchining qaysi 

metod yoki pedagogik texnologiyani qo‘llaganligiga emas, balki o‘quv dasturi doirasida taqdim 

etilayotgan  o‘quv  materiallarining  samaradorligini  aniqlashga    qaratiladi.  Chunonchi,  tajriba-

sinov  jarayoniga  jalb  etilgan  nazariyalar  hamda  tajriba  sinflaridan  olingan  natijalar  statistik 

jihatdan ishlanishi talab etiladi.  Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi 

ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab 

qilinadi.  Keng  ko‘lamli  tajriba-sinovlarning  amalga  oshirilish  jarayoni  va  natijalarining 

ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida 

amalga oshirilishi kerak. 

Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o‘zining aniq belgilab 

olingan  maqsad  va  vazifalari,  ob’ekti  va  predmeti,  tadqiq  etayotgan  muammolarning  mantiqiy 

asoslari,  rivojlanish  qonuniyatlari,  o‘zining  tayanch  metodologiyasiga  ega  bo‘lgan  pedagogika 

fanining  muhim  tarmog‘i  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Pedagogik  prognostika  ilmning  ustuvor 

sohasi  sifatida    davlat  va  jamiyat  taraqqiyotiga  xizmat  qiladigan  uzluksiz  ta’lim  tizimini 

yangidan-yangi  pedagogik  nazariyalar  negizida  vujudga  kelgan  ta’lim  modellari  va 

texnologiyalari  bilan  qurollantirish  asosida  kadrlar  tayyorlash    sifatini  oshirishga 

yo‘naltirilgandir. 

Pedagogik  prognostika  o‘quvchi  shaxsining  yosh  xususiyatlari  va  rivojlanish 

dinamikasini  hisobga  olgan  holda  ta’lim  texnologiyalarini  tanlaydi.  Tanlab  olingan  muayyan 

ta’lim  texnologiyalari  doirasida  o‘quvchi-talabalarga  turli  darajadagi  tushunchalarni  hamda 

mujassamlashgan  bilimlarni  taqdim etish  yo‘llarini,  shakl  va  vositalarini taklif  qiladi. Muayyan 

bir  pedagogik  texnologiyani  nazariy  jihatdan  asoslaganda  pedagogik  prognostika  o‘quvchi 

hamda    o‘qituvchining  jonli  faoliyat  ko‘rsatishini  ta’minlashga,  uning  erkin  fikrlash,  ijodkorlik 

qobiliyatini  rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  ta’lim  jarayonini  tashkil  etishni  nazarda  tutmog‘i 

lozim. 


Ta’lim  jarayoniga  tatbiq  qilinadigan  har  qanday  pedagogik  texnologiya,  uning 

komponentlari  xoh  ta’lim  mazmuni,  xoh  o‘quv  dasturi  yoki  darslik,  xoh  o‘qituvchi  faoliyati 

orqali  o‘tishidan  qat’iy  nazar,  o‘quvchining  jonli    tarzdagi  erkin  va  ijodiy  faoliyatini  jadal 

rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi 

navbatda,  har  bir  o‘quvchi-talabaning  boshqa  o‘quvchi-talabalar,  dars  materiallari  hamda 

o‘qituvchi  (pedagog)  bilan  erkin  tarzda  muloqot  qilishini,  fikr  almashishini  ta’minlaydi. 

Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  pedagogik  amaliyotning  o‘quvchi  yoki  talaba  shaxsiga 

qonunlar  majmuini,  tabiat  va  jamiyat  hodisalarini,  kishilik  madaniyati  va  axloq-odobini, 

muayyan  fan  asoslarini  tanituvchi  shakli  sifatida  namoyon  bo‘lishi  lozim.  Bu  sohada  nazariy 


 

41 


jihatdan  qat’iy  asoslangan,  har  tomonlama  sinovdan  o‘tgan  hamda  aniq  amal  qiluvchi 

qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvofiqdir. 

Pedagogik  texnologiyaning  asosiy  mohiyati  har  bir  shaxsda  mavjud  bo‘lgan  uning 

ehtiyoji,  qiziqishi,  iqtidori  va  imkoniyatlari  asosida  ularda  ijobiy  xislat  va  fazilatlarni 

shakllantirish,  rivojlantirish  sanaladi.  Bu  o‘rinda  ta’lim  mazmuni  shaxsning  shakllanishi  va 

rivojlanishi  uchun  muhit  sanaladi.  Shuning  uchun  ta’lim  mazmuni  insonparvarlikka 

yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. 

Pedagogik  munosabatlarni  insonparvarlashtirish  va  demokratlashtirish  asosidagi 

pedagogik  texnologiya  yakka  hokimlik  texnologiyasiga  tubdan  qarshi  bo‘lib,  pedagogik 

jarayonda  hamkorlik,  g‘amxo‘rlik,  o‘quvchi-talabalar  shaxsini  hurmat  qilish,  e’zozlash  orqali 

shaxsni  rivojlantirish  va  ijod  qilishga  qulay  muhit  yaratadi.  An’anaviy  ta’limda  o‘qituvchi 

(pedagog)  ta’lim  mazmunining  sub’ekti,  o‘quvchi-talabalar  pedagogik  jarayonning  ob’ekti  deb 

qaralsa, hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi-talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu 

sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti hamkorlikda o‘quv-

tarbiya vazifalarini hal etadi.  

Ushbu  pedagogik  texnologiyada  ta’lim  tizimi  markazida  barkamol  inson  shaxsini 

shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g‘oyasi muhim o‘rin  tutadi. Bu g‘oya  

qay  darajada  amalga  oshirilganligi  ta’lim  jarayonining  asosiy  natijasi  pedagogik  jamoa 

mehnatining 

sifatiga 

berilgan 

baho 


asosida 

aniqlanadi. 

Pedagogik 

munosabatlarni 

insonparvarlashtirish  va  demokratlashtirishda  o‘quv-tarbiyaviy  jarayonning  asosiy  natijasini 

aniqlovchi muhim omil shaxsga bo‘lgan munosabat hisoblanadi. 

Insonning  boshqa  mavjudotlardan  farqi  –  o‘z  oldiga  ma’lum  bir  maqsad  qo‘yib,  so‘ng 

unga  tomon  harakat  qilishidadir.  Kishining  maqsadi  sari  qiladigan  harakati,  ya’ni  faoliyati 

jarayonida muayyan tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf etish uchun 

u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to‘siqni yengib o‘tish 

uchun qo‘llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi. 

Inson maqsadga yetishda bir necha, ba’zan esa o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri 

keladi.  Bu  to‘siqlarni  yengish  uchun  tegishli  usullar  ma’lum  bir  tizimda  qo‘llanadi.  Maqsadga 

yetishda qo‘llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi. 

Usullarni  ma’lum  bir  uslubda  qo‘llash  jarayonida  har  bir  harakat  maqomi  muayyan 

maqsad ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir 

qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi. 

Ta’lim uslubi – o‘qituvchi (pedagog) bilan o‘quvchi-talabalar orasida bilim berish va uni 

olish  maqsadida  amalga  oshiriladigan  o‘zaro  aloqalarni  tizimga  soluvchi  pedagogik  tadbirdir. 

O‘qitish  uslublari  o‘quv  jarayonining  asosiy  qismi  hisoblanadi.  Tegishli  uslublarsiz  pedagogik 



 

42 


faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. 

Uslublar  bilimlarni  uzatish  va  qabul  qilish  xarakteriga  qarab  so‘z  orqali  ifodalash, 

ko‘rgazmali  va  amaliyga  bo‘linadi.  Ta’lim  mazmunini  o‘zlashtirishda  o‘quvchi-talabalarning 

ta’lim  faoliyatiga  munosib  ravishda  quyidagi  uslublar:  tushuntirish  –  illyustrativ,  reproduktiv, 

muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari qo‘llaniladi. 

Muammoli-qidiruv  uslublari  muammoli  ta’lim  jarayonida  qo‘llanadi.  Bu  uslublardan 

foydalanishda  o‘qituvchi  (pedagog)  avvalo  muammoli  vaziyat  yaratadi,  savollar  qo‘yadi, 

masalalarni,  topshiriqlarni  taklif  qiladi,  muammoli  vaziyatni  yechishga  qaratilgan  muhokamani 

uyushtiradi,  xulosalarining  to‘g‘riligini  tasdiqlaydi.  O‘quvchi-talabalar  oldingi  bilim  va 

tajribalariga  asoslanib  muammoli  vaziyatni  hal  qilish  yo‘llari  to‘g‘risidagi  takliflarini  aytadi  va 

oldin olgan bilimlarini umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini 

tanlaydi.  Bu  uslub  o‘quvchi-talabalarning    bilimga  qiziqishlarini  oshiribgina  qolmay,  ularda 

fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. 

Pedagogik  maqsadlarga  erishganlik  yoki  erishmaganlikni  bilishning  aniq  vositalari 

bo‘lgandagina,  pedagog  o‘zining  mehnati  samarali  ekanligiga  va  tanlagan  metodlari  maqsadga 

muvofiqligiga  yoki,  aksincha,  samarasiz  ekanligiga  ishonch  hosil  qilishi  mumkin.    O‘qitish 

uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan 

edi. 


Pedagog  jamiyatdan  buyurtmani  umumiy  ko‘rinishda  oladi.  Hattoki,  o‘quv  dasturlarida 

belgilangan  maqsadlar  ham  bir  nechta  tushuntirishlar  bilan  cheklangan.  Bu  yerda  maqsadlarni 

aniqlashtirishning  o‘ziga  xos  pillapoyasini  tuzish  mumkin:  jamiyatning  umumiy  talablaridan  – 

ta’lim tizimi vazifalariga, ulardan–ma’lum o‘quv yurti, o‘quv predmeti, uning mavzuli bo‘limlari 

va alohida o‘quv maqsadlariga o‘tish mumkin. 

M.V.Klarin  ta’limoti  bo‘yicha  pedagoglar  tomonidan  maqsadlarni  belgilashning 

an’anaviy usullari quyidagilar: 

1.  O‘quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash. 

2.  Maqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash. 

3.  Talabaning  intellektual,  emotsional,  shaxsiy  rivojlanishi  ichki  jarayonlari  va 

qonununiyatlari orqali o‘quv maqsadni qo‘yish. 

4.  O‘quv maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo‘yish. 

Shu munosabat bilan o‘qitishning maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog yoki talabaning 

faoliyati  orqali  belgilash  ta’limda  kutilayotgan  natijalar  haqida  aniq  tasavvurga    ega  bo‘lishga 

imkon  bermaydi.  Bu  natijalar  haqida  talabalar  faoliyatining  faqat  tashqi  namoyon  bo‘lishidan 

xulosa chiqarish mumkin. Pedagog o‘qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish mumkin 

bo‘lgan  tashqi  belgilarini,  ya’ni  so‘zlashish,  harakatlanish  jarayonini  to‘la  tasvirlashga  intiladi. 


 

43 


Ba’zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va ushbu jarayon orqali 

natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin.  

Ilg‘or  ijodkor  pedagoglar,  an’anaviy  ta’lim  texnologiyasidagi  kamchiliklarga  javob 

topish,  talabaning  aqliy  mehnatini  amalga  oshirish  usullarini  izlanishlari  natijasida  o‘ziga  xos 

ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga 

keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik 

texnologiyalar  yaratila  boshlandi.  Qo‘llanadigan  pedagogik  texnologiyalarni  bir  tizimga  solish, 

unga  maqsadli  yo‘nalish  berish  ta’limni  amalga  oshirishdagi  shakl  va  mazmun  yaxlitligi 

ta’minlangan  holdagina  kutilgan  zarur  natijani  berishi  mumkin.  Ta’limga  testlar,    diagnoz  va 

diagnostik  tahlilning  olib  kirilishi,  bilimlarni  ko‘p  balli  baholash  tizimida  aniqlashga  o‘tish, 

bo‘lim  mazmunini  yaxlit  holda  o‘zlashtirishni  modellashtirish,  tizimga  solingan  nazorat 

turlarida,  talabalarning  ishlashi  va  an’anaviy  dars  shakllarining  vujudga  kelishi,  biz  shu 

paytgacha  o‘rganib  qolgan  an’anaviy  ta’lim  o‘rniga  vujudga  kelgan  pedagogik  texnologiyalar 

bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi. 

Ta’limni  amalga  oshirish  jarayoniga  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  kiritish 

quyidagilarga asoslanadi: 

- ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta’minlash; 

-  ta’lim maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish; 

- ta’lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli 

boshqariluviga erishish; 

- ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga 

keltirish. 

O`qituvchi    mahorati  darsni  aniq  rejalashtirishda  o`z  aksini  topadi.  Darsni  shunday 

rejalashtirish  lozimki  unda  nima  qilinishi  mo`ljallanayotganligi  aniq  o`z  aksini  topsin  va 

boshqacha  reja  tuzish  mumkinligiga  o`rin  qolmasin.  Ba'zan  yosh  o`qituvchilar  va  amaliyotga 

chiqqan  talabalar  faoliyatida  darsni  rejalashtirish  sohasida  xatolarga  yo`l  qo`yilganligining 

guvohi  bo`lamiz.  Yosh  o`qituvchilar  va  talabalar  faoliyatida  yo`l  qo`yilayotgan  xatolarni 

quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin. 

1.Maqsadda  aniqlikning  yo`qligi.  Ya'ni  talabalar  aslida  nima  qilishlari  va  nimani 

o`rganishlari aniq  belgilanmaydi. 

2.Ta'lim  maqsadining  talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi. 

3.O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi. 

4.O`qituvchi  berayotgan  yo`llanmalar talabaning  darsda bilimlarni  samarali o`rganishini 

ta'minlamaydi. 

5.  Dars  rejasida  ko`rsatilgan    talabalarning  xulqlri  dars  maqsadini  amalga  oshirishning 


 

44 


samarali vositasi bo`la olmaydi. 

Umuman  tuzilgan  rejalar  qayta  ko`rib  chiqilishi  va  xatolarni  bartaraf  etish  ustida 

ishlanishi  lozim.   

Dars  rejasi  sizni  va  sizning  talabalaringizni  ma'lum  natijalarga  erishishingizga  asos 

bo`lishi lozim. Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga 

o`rin qolmasin. Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip darsni 

eng  yaxshi  va  oson  yo`llar  bilan  samarali  maqsadga  erishishni  ta'minlashini  ko`zda  tutadi. 

Shuning  uchun  ham  dars  rejasi  qo`yilgan  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  bir  qancha 

elementlarni o`z ichiga olishi lozim.  Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin. 

1. Taxminiy axborot: Bu axborot  rejaning chegaralarini va  bo`limlarini belgilab beradi, 

ya'ni:  a)  dars  kimga  mo`ljallangan,  talabalarning  darajalari;  b)  ma'lum  o`quv  predmeti;  v) 

darsning qismlari;   g) o`qituvchining ismi sharifi. 

2.  Reja  qismlari:  Rejaning  qismlari  darsda  belgilangan  maqsadni  talabalar  tomonidan 

o`zlashtirilishi  va  o`qituvchining  ta'sirini,  talab  qilingan  material  va  baholash  yo`llarini  aks 

ettirgan bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida 

ko`rsatiladi. 

Dars  loyihasining  har  bir  elementida  ma'lum  bir  malakalarni  shakllantirish  maqsadi 

bo`lib, ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi. 

Dars  loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur: 

1.Mo`ljalni  belgilash-Talabalar  diqqatini  jalb  qiluvchi  faoliyatni  aniqlash.  Tarqatma 

materiallar, xattaxtada yozib qo`yiladigan savollar, qo`yiladigan muammolar va hokazo. 

2.Maqsad  -  talabalar  bugun  nimani  o`rganadi  va  natijada  qanday  ishni  bajara 

oladi(malaka).  Ular  o`qituvchiga  bugungi  o`rganganlari  asosida  ma'lum  bir  faoliyat  to`rini 

bajarib ko`rsata olishlari lozim. Bu vazifani qanday bajarishni o`qituvchi belgilaydi. 

3.Kirish  -  o`qituvchi  talabalar  o`rganishi  lozim  bo`lgan  materialni  belgilaydi, 

kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo`llarini  ko`rsatadi. 

4.  Modellashtirish  (nomoyish  qilish)  -  o`qituvchi  o`rganilayotganlarni  va  natijada 

o`quvilar egallashi lozim bo`lgan ko`nikmani  grafik shaklda ko`rsatadi yoki namoyish qiladi. 

5.  Amaliy  boshqaruv-o`qituvchi  talabalar  faoliyatini  boshqaradi.  Ularning  malaka 

egallashlari  uchun  qadamma  -  qadam  raxbarlik  qiladi.  Talabalarni  eshitish,  ko`rish  sezgilarini 

ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi. 

6.Tushunchalarni  tekshirish-o`qituvchi  turli  savollar  yordamida  talabalarning  qanchalik 

tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg`a borish mumkinmi yoki yo`qligini aniqlaydi. Agar 

olg`a borish mumkin bo`lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi. 

7.Mustaqil amaliyot-o`qituvchi talabalarni o`zlarini tekshirib ko`rishlari uchun imkoniyat 


 

45 


yaratadi. Talabalar mustaqil o`zlari o`rganganlarini tekshirib ko`radilar. 

8.Darsni  tugallash  -  Darsni  xulosalash  oldida  talabalar  o`z  ishlarini,    o`rganganlarini 

o`qituvchiga  so`zlab berish, namoyish qilish orqali  ko`rsatadilar. 

 Amaliy  mashqlar  yoki rolli o`yin. Topshiriq. 

1. O`z mutaxassisligingiz  yuzasidan mavzu  tanlang. 

2. Mo`ljalni belgilang: 

 

    a) talabalarga nimani o`rgatmokchisiz? 



    b) qanday tarqatma  materiallar tayyorlaysiz? 

    v) qanday savollar, muammolarni o`rtaga tashlamokchisiz? 

3. Maqsadni aniqlang. 

    a) talabalar nimani o`rganadi, natijada qanday ishni bajara oladi? 

4. Kirish. 

    a) dars materialini belgilang. 

    b) kontseptsiyani ishlab chiqing. 

5. Modellashtirish. 

    O`quvchilar  egallashi  lozim  bo`lgan  faoliyat  to`rini  ko`rsating  yoki    grafikasini  

chizing. 

6. Amaliy boshqaruv. 

O`quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo`lib chizing va boshqaring. 

7. Tushunchalarni tekshirish uchun savollar tayyorlang. 

8. Mustaqil amaliyot yo`lini belgilang. 

9. Darsni tugallang. 

    Talabalar o`rganganlarini  namoyish  qilsinlar. 

Darsni o`tkazish  modeli. Darsni o`tkazish  modelini  uchta kategoriyaga bo`lish mumkin. 

 

 



1. Ko`rgazmali izchillik.  

2. Dars sxemasi. 

3. Asosiy texnologik karta. 

Bular  og`zaki,  yozma  yoki  grafik  shaklda  bilim,  ko`nikma  va  malakalar    shakllanishini 

ta'minlovchi    ta'sirlardir.  Buni  dars  davomida  og`zaki  tushuntirishlar  (ya'ni,  eshitish)  yoki 

harakatli  ko`rsatishlar  (ya'ni,  bajarish)  metodlaridan    foydalanib,  yaxshi  natijaga  erishish 

mumkin. 

Darsda  belgilangan  vazifalar  tahlili.  O`qituvchi  darsni  taxminan  rejalashtirar  ekan 

rejadagi    sifatlarni  bolalarga  o`rgatish  va  ularda  shu  ko`nikma  va  malakalarni  qanday 

shakllantirish yo`llarini izlashi lozim. Buning uchun o`qituvchi o`zini o`quvchi o`rnida tasavvur 



 

46 


etib, bu ko`nikma va  malakalarni   bir necha qismlarga  bo`ladi. Shundan keyingina o`qituvchi 

har  bir  qismni  ko`rgazmali  tashkil  etadi  va    belgilangan  ko`nikmani  o`quvchi  egallashini 

ta'minlaydi. 

Ba'zi o`qituvchilar belgilangan ko`nikmani talabaga o`rgatish uchun boshidan oxirigacha  

ko`rsatib, gapirib beradi. Bunda “tugal material” (ya'ni  izohlangan ko`nikma) odatdagi kabi dars 

jihozi hisoblanadi. 

O`qituvchi  modelni  tushuntirgach  talaba  mustaqil  ish  paytida  unutib    qo`yishi 

o`qituvchidan  unutgan  qismini  qayta  so`rashi  mumkin.  Masalan,  men  4  -  qismni  unutdim,  

mumkin  bo`lsa  menga  yana  bir  ko`rsating.  Shundan  keyin  o`qituvchi  talabaga  eslatish  uchun 

individual  yordam  beradi.  Yoki  talaba  ko`rsatilgan  ko`nikmani  bajarayotganda  o`qituvchi  yo`l 

ko`rsatib turadi. Siz 3 - qismni to`g`ri bajardingiz. Siz 4-qismdasiz orqaga  qaytib, ishni boshidan 

boshlab bajaring. Tekshirib ko`ring, to`g`ri bajardingizmi? kabi. Talaba bajarishi kerak bo`lgan 

ishni ko`radi va nusxa ko`chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi. 

O`qituvchi  ishni  yaxshi  bajargan  o`quvchilarni  rag`batlantiradi.  Doktor  Fred  Jones  dars 

dizayniga  (jihoziga)  ta'lim  samaradorligini  ta'minlaydigan    yangi    elementni  qo`shdi.  Bu 

quyidagicha:  darsni  optimal  tashkil  etishning  birdan  bir  yo`li    talabalarning  o`z    faoliyatini  

tanqidiy  nazorat  qilishi  va  xatolarini  bartaraf  eta    bilishidir.  Faqat  shundagina  talabalar  yanada 

ko`proq  ko`nikmalarni  egallaydilar.  Ular  ongli    fikrlash  va    yanada    yaxshiroq    tushunishga 

erishadilar. Buning  birdan - bir yo`li “hamroxingga o`rgat”  metodini qo`llashdir. 

Uni qo`llash yo`li quyidagicha: 

1.Sinfni  birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo`lish  kerak. 

2.  Darsni  o`tish    modelidan  foydalanib,  birinchi  hamkor  ikkinchisiga,  ikkinchi  hamkor 

birinchisiga modeldagi  qismni o`rgatadi. 

3.  O`qituvchi    xohlovchilarga  ta'lim    metodini  modellashtirib  avval  eshitish  yo`li  bilan 

keyin ko`rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko`rsatadi. Keyin talabalar o`qituvchi aytgan va  

ko`rsatganlarini aniq takrorlaydi. 

4. O`qituvchi  sinfni  nazorat  qilish  uchun o`ziga  2 ta ixtiyoriy  hamkorlarni   tanlaydi.  U  

modelning  birinchi  qismini  aytib,  ularni  bajarishni  suraydi.  Shunday  yo`l  bilan  o`qituvchi 

hamkorlarga modelni basqichma - bosqich o`rgatib boradi. 

5.  O`qituvchi    sinfdagi  hamkorlarga  birinchi  qism    bo`yicha  bir  -  biriga    o`rgatishni 

aytadi.  Bu  ishni  bajarilishini  nazorat  qilib,  baholab,    xatolarni  bartaraf  etishni  ko`rsatadi. 

O`qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko`rsatishadi. 

6.  Bu ish usuli  modelning boshqa qismlarini  bajarishda davom etadi. 

Bu  usul  talabalarni  bir  -  biriga  va  o`ziga    talabchan  bo`lishga,  ishini  tanqidiy  baholay 

bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o`rgatadi. 


 

47 


Ta'lim maqsadlarini aniqlash sohasida maslahatlar. Darsda maqsadni  belgilashdan oldin 

o`qituvchi  o`quvchilar bajarishi  va  o`rganishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar doirasini aniqlashi 

zarur.  Darsda  belgilangan  maqsadning  afzalligi  va  boshqalardan  farqli  tomonlari  ajratib 

ko`rsatilishi kerak. 

An'anaviy  dars  rejalari,  darsda  aniq  andozaning  belgilab  berilishi  va  u  asosda  ishlashga 

majbur  etish  o`qituvchi  uchun  zararli  bo`lib,  undagi  ijodiy  ishlash,  ijodiy  fikrlash  malakalarini 

bug`adi,  o`qituvchini  bir  qolipda  ishlaydigan  robotlarga  aylantirib  quyadi,  undagi  pedagogik 

mahoratning shakllanishiga halaqit  beradi.  Darsda ta'limning  aniq  maqsadi  belgilanishi muhim. 

Ta'lim  maqsadlarini aniq  belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatini 

beradi.  Bu  esa  talabalarni    belgilangan  maqsad  asosida  tarbiyalashga  katta  imkoniyat  yaratadi. 

Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi  manfaatdor kishilar uchun 

ham imkoniyatdir (raxbar,  dekanlar, ota - onalar, talabalar va hokazo). 

Chunki aynan shu qiziquvchilar ta'lim sohasiga o`z e'tirozlarini aytadilar. O`qituvchilarni 

bilimsizlikda, o`z manfaatini ko`zlashda, liberallikda, baholashdagi sub'ektivlikda ayblaydilar. 

Ularning  ayblovlarini  ko`pincha  o`qituvchi  tan  olgisi  kelmaydi.  Shunda  o`qituvchi  uni 

ayblovchi ota-onaning urniga o`zini qo`yib ko`rsa kamchiligi yaqqol ko`zga tashlanadi. 

Masalan,  o`qituvchi  o`quvchiga  ertagacha  kontinentlarni  o`rganib  kelish    topshirig`i-ni 

bergan.  Ota-onadan  o`quvchi  yordam  so`raganda  ular  topshiriq  nima  haqidaligini  

tushunmaydilar: 

Ya'ni    kontinentlar  nomini  aytish  kerakmi?  Yoki  ularning  nomini    kattasidan  kichigiga 

qarab  tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki  bizning Davlatimizga, 

nisbatan  yo`nalishini    belgilash  kerakmi?  Agar  ularning  nomini  keltirish  kerak  bo`lsa  qaysi  

ro`yxatdagi nomlardan  foydalanish kerak. Ba'zi  ro`yxatlar Yevropa va Osiyoni  bitta  kontinent 

deb belgilaydi,   ba'zilarida Avstraliyani alohida  belgilaydi,  ba'zilari esa  Avstraliyani    Okeaniya 

kompleksiga  kiritadi.O`qituvchi  bergan    topshiriq  asosida  o`quvchi  darslikda    keltirilgan 

nomlardan foydalanish kerak. 

Boshida  hech  kim  o`quvchi  ham,  ota-ona  ham  buni    bilmagan.  Achinarlisi  shundaki, 

o`quvchi imtihongacha ham buni bila olmay, imtixonda  yomon baho olgan va qayta topshirish 

imkoniyatiga ham ega bo`lmagan. 

Yana  bir  misolga  diqqatingizni  qaratamiz.  Prezidentning  Oliy  Majlis  IX  sessiyasidagi 

nutqini o`rganib kelish topshirilgan. Talaba milliy modeldan aynan nimani o`rganishni bilmaydi 

va Prezidentning nutqini yodlab oladi. O`qituvchi esa  yozma ish oladi. Yozma ish talabiga ko`ra 

matndagi  tushirib  qoldirilgan  so`z  va  gaplarni    joyiga  qo`yib  grammatik  qoida  asosida  to`g`ri 

yozishi  kerak.Talaba  nutqni  biladi,  lekin  grammatik  qoida  asosida    vazifani  to`g`ri  bajara 

olmaydi. Natijada yana yomon baho. 


 

48 


Xulosa  qilib  aytganda  o`qituvchi  dars  maqsadini  belgilaganda  uni  hamma  uchun 

tushunarli  va  aniq  qilib,  talabaga  nima  o`rgatiladi  va  u  qanday  ko`nikma  hosil  qilishini  ajratib 

ko`rsatish va natijani  mo`ljallashi lozim. 

Ko`p hollarda natijani aniq mo`ljallay olmay belgilangan maqsad amalga oshmay qoladi. 

Ba'zida esa belgilangan  maqsad vaqt  o`tishi  bilan o`zgarib qoladi. Shuning uchun ham  maqsad 

aniq, tushunarli qilib yozilishi kerak. 

Talabalar  xatti-harakati  maqsadini  to`g`ri  belgilash  darsdagi  o`qituvchi  -  o`quvchi, 

o`quvchi - o`qituvchi o`zaro alokalarining to`g`ri va samarali bo`lishiga  yordam beradi. Darsda 

xatti-harakat  maqsadlarini  to`g`ri  belgilash,  unda  taqiqlangan  xatti-harakatlarni  tushuntirishni 

ham osonlashtiradi. 

Talabalar  xatti-harakati    maqsadlari  nafaqat  darslar,  balki  o`quv  rejalari  va  dasturlarini 

tuzishda  ham  asos  vazifasini  o`tashi  lozim.  Shuningdek,  xatti-harakat  maqsadlari  talaba 

o`rgangan ko`nikmalarni namoyish qilishida  ham aks etishi lozim.  

Ta'lim  maqsadlari  aniqlangach,  shu  maqsad  asosida  bajariladigan  ishlarni  aniqlash  va 

talabalar  qanday  yangi  ishlarni  bajarishlari,  ularning  xatti-harakati,  ko`nikma  va  malakalarida 

qanday o`zgarishlar bo`lishini aniq belgilab olish lozim. Har bir o`qituvchi yoki talaba maqsadni 

aniqlashda bunga etibor berishini va maqsadni oydinlashtirish  malakasini egallashi lozim. 

Xatti-harakat maqsadi dars rejasidagi markaziy nukta. O`qituvchi xatti-harakat maqsadini  

belgilar  ekan  ta'lim  jarayonida  u  nimaga  ega  bo`ladi,  talabaning  xulqida  qanday  sifatlar  paydo 

bo`ladi, sinf xonasida nimalar  bo`ladi – bularning hammasini aniqlashi lozim. Umumiy maqsad 

amalga oshganda talaba o`qituvchiga nimalarni  ko`rsatishi yoki bajara olishini namoyish  qiladi. 

O`qituvchi esa o`rganilganlar asosida xulosa chiqarishi va baholashi  zarur.   

Har qanday xatti-harakat  maqsadi uchta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi.Bular: bajarilishi 

lozim  bo`lgan  xatti-harakat  shart-sharoitlari,  ularni  aniqlovchi  fe'llar  va  ularning  talaba  xatti-

harakatida bajarilishini aniqlash mezoni. Xatti-harakat maqsadi - dars rejasining markaziy qismi. 

Bu  o`rganilganlar  natijasining  tafsiloti  va  darsning  barcha  qismlarining  asosi  hisoblanadi. 

Shuningdek,  darsni  baholash  mezoni,  darsda  o`qituvchi  nimalarni  amalga  oshirishni 

mo`ljallashga ham yo`llanmadir. Maqsadsiz darsda nimalarni amalga oshirishni  aniqlash qiyin .               

Xatti-harakat  maqsadini  belgilash  uchun  darsda  o`rganilishi  lozim  bo`lgan  materialning 

o`ziga  xos  xususiyatini  tushunish  va  shu  asosda  ish  ko`rish  lozim.  Xatti-harakat  maqsadining 

tarkibiy qismlarini alohida ko`rib chikamiz.  

1.  Shart-sharoit  bu  talaba  xatti-harakatida  jamlanishi  lozim  bo`lgan    sifatlarning 

shakllanishi  uchun  talabaga  beriladigan  material,  imkoniyat,  rahbarlik  yo`llari  va  boshqalar. 

Talaba  o`zlashtirishi  lozim  bo`lgan  xatti-harakatlar  shart-sharoitlar  doirasida  tushunarli  bo`lishi 

va  natijada  namoyish  etilishi  kerak.Shart  oddiy  topshiriqlardan  iborat  ham  bo`lishi  mumkin. 


 

49 


Masalan:  talabaga  biror  -  bir  narsani  qilish  uchun  og`zaki  yoki    yozma  topshiriq  beriladi.  Bu 

shartni bajarish uchun sharoit ham yaratiladi, ya'ni karta, nomerlar, karra jadvali, badiiy material 

yoki shu shartni bajarishga oid qanday materiallar zarur bo`lsa ular beriladi. 

E'tibor  bergan  bo`lsangiz  yuqorida  talabalarning  harakat  bajarish  uchun  namuna  

berilmaydi  yoki  yo`llanma  ko`rsatilmaydi.  Maqsadni  bajarish  uchun  beriladigan  yo`llanma 

boshqa  muammo.  Bu  yerda  faqat  talaba  bajarishi  lozim  bo`lgan  xulqning  shart-sharoitlariga 

dikkat  qaratiladi holos. 

Har qanday xatti - harakatning samarasi undagi  shart - sharoitning to`g`ri aniqlanishiga 

bog`liq. 

2.Fe'llar.  Fe'llar  talabalarning  xatti  -  harakatida  yangiliklarni  shakllanishiga    sabab 

bo`ladigan  ta'sir so`zi.  Biz talabalarga bilimlarini o`rgatamiz. O`rganilganlar asosida nimalarni 

tushunganlarini,  u  yoki  bu  masalaga  qanday  baho  berayotganlarini  bilmaymiz.  Chunki 

tushunchalarni  ko`rib  bo`lmaydi.  Faqat  ular  talabaning  ma'lum  bir  vaziyatda  u  yoki  bu 

topshiriqni  qanday  bajarganlarida  biror  masalani  baholayotganlarida  ko`rinadi.  Shuning  uchun 

ham fe'llar talaba  bajarishda  ko`zatishi,  yozib berishi  yoki bir narsani  yaratishni ifoda etuvchi 

harakatlarini ifodalaydi. 

Bular  birgalikda  xatti  -  harakat  maqsadiga  asoslanadi.  Agar  maqsad  tushunarsiz, 

bajariladigan ishlar aniq belgilangan  bo`lmasa unda natija ham kutilgandek bo`lmaydi. 

Xatti-harakat  maqsadi  doim  natijani  ko`zda  tutilgan  holda  belgilashi  shart.  Toki  shu 

maqsad asosida talaba ma’lum bir ishlarni bajara oladigan bo`lsin. 

Dars  rejalari  va  maqsadni  o`rganish  markazida  xatti-harakatni  ifodalovchi  fellar  turadi. 

Fellar to`g`ri va o`z o`rnida qo`llansa talabalar xulqida ko`zga ko`rinarli o`zgarishlar bo`lishiga 

olib keladi.  

Quyidagi  fe'llarni  xatti-harakat  fe'llari  deb  baholash  maqsadga  muvofiq  emas:  bilmoq, 

o`rgatmoq,  tushunmoq,  baholamoq...  Xatti-harakat  fe'llari  talabaning  nima  qilishi  yoki  ishlab 

chiqarishini  aniq  ko`rsatishi  kerak.  Xatti-harakat  fe'llarini  belgilagan  o`qituvchi  uni  ta'limning 

oxirigacha  ham  unutmasligi  lozim.  Fellar  xatti  -  harakat  maqsadlarini  aniqlashga  ham  xizmat 

qiladi.  

Bunday fellarning bazilarini ko`rib o`tamiz: 

Qoidani qo`llang - Tahlil qilinayotgan vaziyat, obekt yoki holatning yechimini to`g`ri hal 

etish. 

Tasniflang – ma’lum mezonlar asosida vaziyat, obekt yoki so`zlarni alohida tasniflash. 



Tuzing  –  yozma  ravishda  ko`rsatilgan  manbaalar  asosida  ma’lum  bir  tarkibini 

shakllantirish. 

Quring  –  ma’lum  bir  shartlar  yoki  obektni  tasvirlovchi  model,  tuzilma  qilish  yoki  rasm 


 

50 


chizish. 

Aniqlang  –  ma’lum  bir  vaziyat,  holat  yoki  ob'ektni  aniqlash.  Ma'lum  bir  tip  yoki 

kategoriyaga kiruvchi ob'ekt, vaziyat yoki so`zni tavsiflash.Tavsif uchun mezonlarni aniqlash. 

Namoyish qiling – talaba zaruriy ashyolar yordamida biror harakatni namoyish qiladi. 

Tasvirlang – ma’lum bir vaziyatga oid obektga xos zaruriy kategoriyalarni aytish uchun 

uning o`ziga xos xususiyatlarini, o`ziga xos holatlarini tasvirlash. 

Diagramma  tuzing  –  ma’lum  bir  tashkilot  yoki    tarkibga  oid  sifatlarini  grafik  usulda 

tasvirlash. 

Farqlang – bir-biriga o`xshash javoblarni farqlash. 

Baholang  –  ma’lum  bir  sifat  mezonlari  asosida  obektlar  vaziyat,  insonlar  yoki  sharoitni 

tasniflash. Tasnif umumiy bo`lmasdan har biriga alohida bo`lishi lozim. 

Ajrating  –  ma’lum  bir  qoida  yoki  boshqa  javoblar  ichidan  to`g`risini  belgilash,  tagiga 

chizish yo`li bilan ajratish. 

Nomlang – mavjud narsa va hodisalarga nom berish. 

Fe'llarni  shunday  belgilash  lozimki,  u  aniq  xatti-harakatni  ifodalashga  xizmat  qilsin. 

Tajribadan  shu  narsa  ma'lumki,  o`qituvchilar  ko`pincha  cheklangan  mikdordagi  fe'llardan 

foydalanadilar.  Bu  esa  ularning  faoliyatidagi  ijodkorlik  imkoniyatini  ham  cheklab  qo`yadi. 

Shuning uchun ham o`qituvchilarda bir qancha fe'llarning ro`yxati bo`lmog`i lozim. Bu ro`yxat 

ko`pchilik  o`qituvchilar  tomonidan  qo`llansa  o`quvchilar  faoliyatini  kengroq  tashkil  etish 

imkoniyatini beradi, pedagogik faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi.              

 

 

 



 

 


 

51 


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish