Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


AQSH, Yaponiya, mamlakatlarida ta’lim tarbiya tizimi, mazmuni va rivojlanishi



Download 1,38 Mb.
bet307/493
Sana04.02.2022
Hajmi1,38 Mb.
#429640
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   493
Bog'liq
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

AQSH, Yaponiya, mamlakatlarida ta’lim tarbiya tizimi, mazmuni va rivojlanishi.


Amerika Qo‘shma SHtatlarida ta’lim tizimi
Amerika Qo‘shma SHtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o‘qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
2. Boshlang‘ich maktab. Bu bosqich 1-5-sinflarni o‘z ichiga oladi.
3. To‘liq boimagan o‘rta maktab. Bu bosqich 6-8-sinflardan iborat.
4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9-11-sinflardir. Mazkur yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.
Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi. O‘quvchilar uchun yagona, majburiy dar-sliklar, qo‘llanmalar yo‘q. Maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Maktablarning aksariyati davlat ixtiyorida bo‘lib, davlat mablag‘i bilan ta’minlanadi. SHaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o‘ziga to‘q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. SHaxsiy maktablarda o‘qitish pullik. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o‘qitish uchun bir yilga taxminan o‘n ming dollar to‘lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. SHaxsiy maktablarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o‘qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soni kam boladi. SHaxsiy maktablarda boshlang‘ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o‘qish-o‘qitish tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. YUqori sinflardagi har bir o‘quvchiga alohida o‘qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shu o‘quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o‘rganib, faqat shu o‘quvchiga uchun alohida reja tuzib, uning o‘qishiga rahbarlik qiladi. Masalan, 9-sinf o‘quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo‘lsayu, chet tilidan oqsasa, bu o‘quvchiga 9-sinfda o‘ninchi sinf rejasi bo‘yicha kimyoni o‘rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki engillashtirilgan reja bo‘yicha o‘rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o‘quvchiga maktabda o‘qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar bo‘yicha o‘zi kirmoqchi bolgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi.
Amerikaning yuqori maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida o‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abiturient oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3-4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ular-ning echimlari ko‘rsatiladi. Sinflarda qanday savollar bolishi bizga o‘xshab sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin «matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob berish lozim» deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va irigliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib yurgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar.
Amerika ohy o‘quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo‘ladi:
S4Z(Sxolastik aptityud test);
AKX. (Amerikan kollej test) sinovlari.
SAT sinovlari murakkabroq bo‘ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini albatta topshirish shart.
Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar topshirishi shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi. A’lochi talabalar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo‘llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati har yili alohida kitob bobida nashr etib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalaming e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir.
YUqorida sanab o‘tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda barcha fanlardan olgan baholarining o‘rtacha miqdori talabaniuniversitetga qabul qilish yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi.
Amerika kollejlari ikki va to‘rt yillik bo‘lib, ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’lim pog‘onasidagi birlamchi darajaga ega bo‘ladi. To‘rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavr darajasini olib, ohy ma’lumotning birinchi pog‘onasiga erishadilar. To‘rt yillik kollejlar bizning to‘rt yillik institut va ayrim universitetlarga mos keladi. Amerika universitetlari tarkibiga ikki va to‘rt yillik kollejlar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ikkinchi bosqich ohy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari kiradi.
Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari bizning aspiranturaga to‘g‘ri keladi. Bu o‘quv yurtiga kirish uchun ikki fandan imtihon topshirilishi shart. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talaba magistrlik darajasini oladi. Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba doktoranturaga kirishi mumkin. Amerikada doktoranturaga kirish uchun faqat mutaxassislikdan jiddiy imtihon topshiriladi. Imtihon komissiyasi tarkibida talabaning bo‘lajak ilmiy rahbari ham ishtirok etadi. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirib, dissertatsiya yoqlagan talaba doktorlik ilmiy darajasini oladi. Ijtimoiy fanlardan doktorlik dissertasiyasi yoqlagan talabalarning hammasiga «falsafa doktori» ilmiy unvoni beriladi. AQSH maktablari—oliy maktabgacha mana shunday bosqichlarga ega.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish