Z m. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana18.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#383724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
turkistonda jadidchilik harakati va ularning islohathilik faoliyati

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISh 



«Asrimiz  boshlarida  jadidlarning  o‘z  hisobidan 

maktablar, 

kutubxonalar, 

qiroatxonalar, 

teatrlar, 

ro‘znomalar 

tashkil 

etganliklarini, 

darsliklar, 

qo‘llanmalar  nashr  qilganliklarini,  ularni  Turkiston 

bolalariga bepul tarqatganliklarini eslaylik»

1

.

 

Islom Karimov. 

Mavzuning  dolzarbligi.

  XIX  asrning  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  Turkiston 

ijtimoiy-siyosiy  hayotida  jadidichilik  harakati  keng  quloch  yoyib  rivojlandi. 

«Jadid»  so‘zi  arabcha  yangi  usul  degan  ma’noni  anglatadi.  Jadidchilik  harakati 

Turkistonda  XIX  asrning  oxirida  quruq  madaniy-ma’rifiy  harakatning,  ya’ni  eski 

maktablarning  qiyin  o‘qitish  tizimiga  nisbatan  yengil  tovuch  usuliga  asoslangan 

yangi  uslub  (metod) asosida  o‘qitishga  o‘tishdangina iborat  emasdi,  ayni  chog‘da 

turk-islom  huquqiy  munosabatlarining  millatga  o‘rgatilishi,  milliy-ma’rifiy, 

taraqqiyot  va  milliy  istiqlol  muammolarini  ham  o‘z  ichiga  olgan  edi.  Bu 

harakatning  vujudga  kelishida  O‘rta  va  Yaqin  Sharq  mamlakatlarida  keng  quloch 

yoyib  rivojlangan  turli  oqimlar  va  Turkiyadagi  «Ittihodiy  va  taraqqiy»,  «Yosh 

turklar» harakatining ta’siri katta bo‘ldi. 

XX  asrning  boshlarida  Turkistondagi  ijtimoiy-siyosiy  hamda  demokratik 

harakat jarayoni asosan ikki yo‘nalishda rivojlanib borgan. Birinchi yo‘nalish chor 

Rossiyasiga qarshi kurashni turlicha g‘oya va yo‘nalishlarda olib borish maqsadida 

Rossiyaning o‘zida vujudga  kelgan sotsial-demokratik kadetlar,  eserlar  va  boshqa 

siyosiy  partiyalarning  vakillari  edilar.  Hali  bu  guruhlar  vakillari  hatto  oktabr 

to‘ntarilishiga  qadar  ham  o‘lkada  siyosiy  partiya  o‘laroq  uyushib  shakllanmagan 

edilar.  Chunki  ular  oz  sonli  va  asosan  kelgindi  rusiy  zabon  millatlarning 

vakillaridan  iborat  bo‘lganlar.  Mahalliy  xalq  bu  siyosiy  guruhlarning  birortasiga 

ham ommaviy sur’atda ergashmagan, ularni qo‘llab-quvvatlamagan, bu guruhlarga 

a’zo bo‘lib kirmaganlar. Chunki, mahalliy xalq tili boshqa, dini, urf-odati boshqa 

bo‘lgan rusiyzabon millatlarga yotsirab, begonasirab, ularni g‘ayridin-kofirlar deb, 

                                                 

1

 И. Каримов.  Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: “Маънавият”, 2008,  - Б. 45. 




 

bosqinchi-mustamlakachilar  deb  qaraganlar.  Bu  siyosiy  guruhlarning  dastur 



maqsadlari,  taktik  kurash  usullari  mahalliy  xalq  g‘oyasi  va  saviyasidan  yiroq 

bo‘lgan,  ular  bu  dastur  maqsadlar  mohiyatini  chuqur  tushunib  yetmaganlar  va 

ularni qabul qilmaganlar. 

Hali  oktabr  to‘ntarishi  yuz  bermagan  1917-yil  yozidayoq  bir  guruh  andijonlik 

jadidlar  bolsheviklar,  mensheviklar,  eserlarga  xat  yo‘llab,  ularning  g‘oya  va 

dasturlarini  Turkiston  musulmon  xalqi  o‘zlariga  singdira  olmasliklarini  bayon 

qilgan edilar. «Sizning va bizning hayot tarzimiz bir-biriga sira to‘g‘ri kelmaydi, - 

deyiladi  o‘sha  xatda.  -  Shuning  uchun  kelgusi  davlatchilik  hayotini  birdaniga 

umum  bir  qolipga  solish  kerak  emas.  Umum  qolip  andozani  bu  yerda  qo‘llab 

bo‘lmaydi  ...  Bizda  sizning  sof  ruscha  ma’nodagi  dehqonlar  yo‘q.  G‘arbiy 

Yevropacha ma’nodagi fermerlar va ijarachilar yo‘q. Bizda erkin dehqon yashaydi. 

Ular  hech  qachon,  hech  qanday  sharoitda  krepostnoy  qarolgina  emas  va  balki 

ijarachi  fermer  ham  bo‘lmagan,  erkin  mulkdor  bo‘lib  kelgan.  Muqaddas  islom 

bizni hech qanday  tabaqalarga va sinflarga  bo‘lmagan.  Shuning uchun ham  bizda 

sinfiy kurash uchun asos yo‘qdir. Zotan, barcha musulmonlar, ular xoh fuqaro, xoh 

mulkdor bo‘lishidan qat’iy nazar teng huquqlidirlar».

1

 


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish