Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika psixologiy


  Ijtimoiy  psixologik  omillarning  kichik  maktab yoshi o„quvchilari shaxsi



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana26.05.2020
Hajmi0,62 Mb.
#57014
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
shaxs shakllanishida ijtimoiy psixologik omillarning orni

2.3.  Ijtimoiy  psixologik  omillarning  kichik  maktab yoshi o„quvchilari shaxsi 

shakllanishiga ta‟siri. 

 

Ma‟lumki  shaxs  shakllanishi  muammosi  barcha  davrlarda  psixologiya  fanida 

turlicha  bahs-munozaralarga  sabab  bo„lib  kelgan.          XX  asr  bo„sag„asida 

psixologiya  fani  va  uning  ilg„or  vakillari  o„zlarining    navbatdagi  jahonshumul 

ilmiy  maqsadlari  -  insonga,  ayni  paytda,  jamiyatga  psixologik  xizmat  ko„rsatish 

tizimining  muqarrarligini  nazariy-ilmiy  jihatdan  asoslab  berishga  muvaffaq 

bo„ldilar. 

Umuman,  psixologik  xizmat  ko„rsatish  muammosi  ma‟lum  ma‟noda, ilmiy  

psixologiyaning    yetakchi  yo„nalishlaridan  biri  sifatida  ko„p  bor  munozaralar 

manbai  bo„lgan.    Bu  xaqda    qadimgi  va  dastlabki  psixologik  tasavvurlar  makoni 

bo„lmish  hindiston,  Xitoy,  Mirs,  Vavilon,   O„rta Osiyo,  Gretsiyadan, shuningdek, 

jon  (ruh)  xaqidagi  I-  kitobning  muallifi  Aristoteldan  va  temperament  (mijoz) 

ta‟limotining  asoschilari  Galen,  Gippokrat  va  Ibn  Sinolardan  tortib,    to  hozirga 

qadar psixologlar o„z fikr-mulohazalarini  bildirganlar  va bildirib  kelmoqdalar. 

    Tarix  va  ijtimoiy  hayot  tamoyillari  shuni  ko„rsatmoqdaki,  jamiyatning    har  

tomonlama    rivojlanishi  va  unda  yuksak  darajadagi  hayot,  turmush  tarzining  qaror 

toptirilishi,    avvalo  har  bir  faoliyat  ko„rsatuvchi    shaxsdagi  o„ziga  xos  psixologik 

salohiyatning  ne  chog„lik  to„la-to„kis  namoyon  etilayotganligi  bilan  belgilanadi. 

Zero,  har  bir  mamlakatning  porloq  kelajagini  odamlardagi  ijodiy,  intellektual  va  

ma‟naviy  taraqqiyot  yo„liga  xizmat  qiluvchi  davlat  mexanizmisiz  tasavvur  qilib 

bo„lmaydi.    Shu  bosdan  bo„lsa  kerak,  hozirgi  kunda  barcha  rivojlangan  va 

rivojlanish  yo„lidan  borayotgan  mamlakatlar  birinchi  galda  o„z    fuqarolarining  

ma‟naviy  va  intellektual,  jismoniy  va  ruhiy  barkamolligiga  va  undan  ijtimoiy 

manfaatlar  uchun  samarali  foydalanish    yo„llarini    izlashga  jiddiy    e‟tiborni  

qaratmoqdalar.    Shu    nuqtai  nazardan,har  bir  mamlakatda  inson  va  uning  faoliyati 



o„rtasidagi  uyg„unlikni    ta‟minlashga    qaratilgan  ijtimoiy-psixologik  xizmat 

tizimining  joriy  etilishi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.    Qolaversa,    Prezident 

I.A.Karimovning  "Ma‟naviyat  va  ma‟rifat  jamoatchilik  Markazi  faoliyatini    yanada  

takomillashtirish    va    samaradorligini      oshirish  to„g„risida"gi  farmoyishi  orqali 

qat‟iy  ta‟kidlanganidek,  bugungi  kunda  "odamlarning  o„zliklarini  chuqur  

anglashini,    musta  qillikning  qadrini  tobora  teran  tushunishni,    milliy  tafakkurning 

kengayishi  va  takomillashuvini,    tarixiy  hurlik,    mustaqillik  ruhining    uyg„onishini 

ta‟minlash  ma‟naviyat  sohasidagi  siyosatimizningasosiy  maqsadiga  aylanishi 

lozim.   

    Prezidentimiz  o„zining  O„zbekistonning  bugungi    istiqlol    va  istiqbol  yo„lini 

ifodalovchi    boshqa  qator  ma‟ruzalari  va  asarlarida  ham  iqtisodiyot  bilan 

ma‟naviyat,  inson  ruhiyatining  barkamolligi,    hayotning  o„zaro  ajralmas,  bir-birini 

to„ldiradigan,  o„zaro  ta‟sir  va  aks  ta‟sir  etadigan  muhim  omillari  ekanligini  va  ayni  

paytda    bugungi    iqtisodiy    o„nglanish,    iqtisodiy  tiklanish,  iqtisodiy  rivojlanishni,  

ma‟naviy  o„nglanish,  ma‟naviy  poklanish,  ma‟naviy    yuksalish    harakatlari    bilan  

tamomila  uyg„un  bo„lishini  ta‟minlashning  muqarrar  ijtimoiy  zarurat  ekanligini 

qayta-qayta  ta‟kidlaydi.    Shuningdek,  Prezident    I.A.Karimovning    Respublika 

Oliy  Majlisi  IX  sessiyasidagi  "Barkamol    avlod    O„zbekiston    taraqqiyotining  

poydevori"    mavzusidagi    so„zlagan  nutqidan  kelib  chiqqan  holda  qabul  qilingan 

"Ta‟lim  to„g„risidagi  Qonun  va  Kadrlar    tayyorlash    bo„yicha    milliy  dastur  (1997 

yil  29  avgust)  ning  amalda  qo„llanilishi  bugungi  shaxs    faoliyatidan,    uning  

ijtimoiy  taraqqiyotiga  xizmat  qiluvchi  omillaridan  yanada  unumliroq  foydalanish 

yo„llarini  izlashga  da‟vat  etadi.    Bu    esa,    avvalo    inson  ma‟naviyati,    ruhiyati    va  

ijtimoiy  kamoloti  bilan  shug„ullanuvchi  psixologlar  oldiga  bir  muncha  jiddiy  va 

mas‟uliyatli  vazifalarni  qo„yadi.    Bu    vazifalarning  bajarilishi  esa  har  bir  shaxs  va 

uning  faoliyatini  bugungi    ijtimoiy-iqtisodiy    taraqqiyot    tamoyillari  qo„ygan 

talablar  asosida  qaror  toptirishga  ko„maklashuvchi  psixologik  xizmat    jarayonining  

muvaffaqiyatli    tatbiq    etilishiga    ham  bog„liq    ekanligi  shubhasizdir.   Zero,  shaxs 

va  uning  faoliyatini  har  tomonlama    rivojlantirish    muammosiga    psixologiyaning  



amaliy-tatbiqiy    yo„nalishlari    asosida    yondashish    zarurligi    haqida  ko„pgina 

olimlar  o„z fikr-mulohazalarini  bildirganlar  va  bildirib  kelmoqdalar. 

 

Ta‟limning  boshlanishi  bilan  bola  psixikasida  keskin  o„zgarishlar  ro„y 



beradi.  U  psixik  tomondan  qayta  qurilishiga  duch  keladi.  Psixologik  qayta qurilish 

boshlang„ich  sinf  o„quvchilarida    ayniqsa,  I–sinf      o„quvchilarida  qiyinchiliklarni 

paydo qiladi. 

Bu qiyinchiliklar: 

1.  Birinchi  sinf    o„quvchilari  ko„p  harakatlarni  intizom      qoidalari  talab    qilgan  

darajada    chaqqonlik  bilan,  sifatli  qilib  bajara  olmaydilar.  Lekin  o„qish    faoliyati  

doimiy  ravishda  intizom  qoidalariga  rioya  qilishni,    35-45  minutlik  darslarda  sabr–

toqat bilan o„tirishni,  o„zini– o„zi tuta  bilishni   talab qiladi. 

2.  Ta‟limning  butun  mazmuni  boladan  ixtiyoriy    jarayonlarini:  ixtiyoriy  diqqat,   

ixtiyoriy  idrok,  xotirani  rivojlangan  bo„lishini  taqozo  qiladi.  Lekin  bolada  hali 

bunday jarayon yetarli   rivojlangan  bo„lmaydi. 

3.O„quvchi  mustaqil  fikr    yuritishi,  vazifalarni  mustaqil    bajarishi  lozim.              Bu 

xususiyat  hamma   bolalarda ham birdek rivojlanmaydi. 

4.Bola  o„z  burchini  anglagan  bo„lishi,  yaxshi  o„qishi  va      yaxshi  intizomga    ega  

bo„lishi,  intizom  qoidalariga  rioya    qilishni,    uyga  berilgan  vazifalarni  bajarishi 

uning  burchi  ekanligi  his qilishi  kerak.  

5.  Diqqat  e‟tiborni  o„qituvchi  aytganlariga qaratish uni idrok qilib esda olib  qolish 

va  kerak  vaqtda  ularni  boshqara  olish    qobiliyatiga    ega    bo„lmog„i  talab  qilinadi. 

Bunday  talablarga  javob    qaytarish  so„zsiz    o„quvchiga  qiyindir.  Bunday 

qiyinchiliklarni  mustaqil  ravishda  yenga  bilishi    asta  –  sekin  va    muntazam  o„qish 

jarayonida    materialni  osondan    qiyinga,  oddiydan-murakkabga  qarab  tushuntirish, 

bolalarni  o„qish  faoliyatiga  qiziqtirish,  darslarni  qiziqarli  emotsional  va  obrazli 

bayon qilish orqali  bartaraf qilinadi.   

   Kichik  maktab  yoshida  ta‟lim  jarayonini  tizimli  tashkil  qilish,  bolada 

beg„amlik  davrining  tuganlanganligidan  dalolat  beradi  va  o„qishga  bo„lgan 

munosabatlar  tobora  o„zgarib  boradi.  Bu  davrda  bolaning  qiziqishlari  o„yin 




faoliyatidan  o„quv  faoliyatiga  asta-sekin  ko„chib  o„tadi.  O„qishga  xos  qiziqishlar 

ko„pincha  bolalarning  o„yin  faoliyatiga  ta‟sir  etadi,  o„qishga  xos  qiziqishlar 

ko„pincha  o„yinlar  xarakteri  va  mazmuniga  ta‟sir  qiladi.  Har  qanday  ishining 

muvaffaqiyati  ko„p  jihatdan  motivlarga  bog„liq  bo„lib,  odam  ana  shu  motivlar 

yordamida    ish  bilan  shug„ullanadi.  O„qish  motivlari  har    xil  bo„ladi.  Kichik  

maktab  yoshidagi    o„quvchilar  o„zlarini  bo„lajak  mehnat    faoliyatiga  

tayyorlashlarida  motivlarga  kamroq    amal  qiladilar.  Bola  hali  motiv haqida  o„ylab 

ko„rishdan    ancha  uzoqda.  Kichik  maktab  yoshidagi  bola    o„z  bilim  doirasini 

kengaytirish,  foydali  bilimlar    olish,  shuningdak,    jamiyat  oldidagi  o„z    burchini 

bajarish    haqida  ham  uncha  bosh  qotirmaydi.    Barcha  mana  shu      motivlar    unda 

ikkinchi  darajali    narsaga    aylanadi.  Ammo,  yuqorida  aytib  o„tganidek,  uning   o„zi 

nima  qilayotgan  va    maktabda  bilib  olayotgan    narsaga  bevosita  qiziqishi,  

shuningdek,  o„qituvchi,  ota–onalar  talablarini  bajarishga  intilishi,  maqtov  

eshitishi,  qilgan  ishining  ma‟qul  topilishi,  yaxshi    baholar  olishi  va  hakozolar 

o„qishga  nisbatan  qiziqish  uyg„otishning  eng muhim   vositalariga   aylanib  qoladi. 

Bolaning  maktabga  kirishi  bilan  butun  hayot  tartibi,  ijtimoiy  holati, 

jamoadagi,  oiladagi  ahvoli  keskin  o„zgarib  ketadi.  Maktabga  kirgan  davridan 

boshlab  uning  asosiy  faoliyati o„qish bo„lib qoladi. Muhim ijtimoiy vazifa – o„qish 

bilim  orttirish  vazifasidan  iborat bo„lib qoladi.  

Bolaning    maktab  o„quvchisi  bo„lishi    uning    hayotida  “burilish”ni    yuzaga 

keltiradi.  Uning  asosiy    faoliyati,  birinchi    va  eng  muhim    vazifasi  o„qish,  ya‟ni  

yangi  bilimlarni,    ko„nikma  va    malakalarni  ortirishdan,    tabiat  hamda  jamiyat 

haqida    sistemali    ma‟lumotlar  to„plashdan  iborat  bo„lib  qoladi.  O„z  –  o„zidan 

ma‟lumki,  kichik  maktab  yoshidagi  o„quvchilarda  o„qishga  nisbatan  yuksak  

javobgarlik  munosabati  birdaniga  tarkib  topib  qolmaydi.  Bunda  anchagina 

individual  farqlar  kuzatilsa  ham  o„qishga  bo„lgan  munosabatlar  va  motivlarining 

rivojlanish  dinamikasi    odatda  qonuniy  xarakterga  ega  bo„ladi.  Yetti  yoshli  bolalar 

ta‟limning    boshlang„ich  davrida  maktab    mashg„ulotlarining  yaqin  kelajakdagi  

istiqbollarini  ijobiy  idrok  qiladilar.  Bolalarda  hatto  xarakterli  xususiyatlarni 

jixatlardan  farq    qiladigan  o„ziga  hos    ehtiyoj  ham    paydo  bo„ladi.  Bu  aslida  hali 




o„qishga  bilim,  ko„nikma  va  malakalarni    o„zlashtirishga  bo„lgan    ehtiyoj    emas,  

biron  yangi  narsani,    tevarak-  atrofdagi  voqelik    hodisalarni  bilishga    bo„lgan 

ehtiyojdir.    Bu  ehtiyoj  o„zining  kichkina  bolalik    xolatini    o„zgartirish,  

mustaqillikning    navbatdagi  bosqichiga  ko„tarilishi,  oilani  katta  va  ish  bilan  band 

a‟zosi  bo„lishi  istagidir.  Bunda  o„qishning  tashqi    belgilari  yangi  forma  kiyish 

hoxishi,  o„z  shaxsiy    papkasiga  ega  bo„lish,  mashg„ulotlar  uchun  o„z  joyiga  ega 

bo„lish, kitoblarini  qo„yish uchun  javonchaga ega  bo„lish  xuddi otasi  yoki onasi  

ishga  borganlaridek  har  kuni    maktabga  borish  xohishi  katta    ahamiyatga  ega.  Shu 

bilan  kichkina  bolalar  ko„zi  oldida  yuksaklikka  ko„tarilishdek  yoqimli  istiqbol 

ularni 


maftun 

etadi. 


Maktabga 

bo„lgan 


bunday 

munosabatning 

mustahkamlanishiga    ikkinchi  sentabrdagi  tantanali  bayram  sharoiti  maktab 

o„quvchisi degan nom berish an‟anasi ham anchagina  yordam beradi. 

Bola  hali  maktabga  bormasdan  oldinoq,  ya‟ni  oiladan  va bog„chada ijtimoiy 

hayotimizning  turli  sohalari  bilan,  ayniqsa  maktab  hayoti,  ularning  xilma-xil 

faoliyatlari  bilan  tanishadi  va  unda  yuksak  ijtimoiy  qiziqish-havas  kurtaklari  paydo 

bo„la boshlaydi. 

Bola  maktab  yoshiga  kirib  maktab  borishga,  o„quvchi  bo„lishga  g„oyat 

darajada  qiziqadi.  Bu  uning  gap-so„zlaridan  va  qilayotgan  harakatlridan  ham 

ko„rinib  turadi.  Shu  kezlari  bola  maktab  va  maktabda  o„qish  uchun  kerak 

bo„ladigan narsalar to„g„risida ko„proq gapiradi. Sumka, “Alifbe”, qalam, daftar va 

sanoq cho„plarini tezroq tayyorlab qo„yish ustida ko„proq bosh qotiradi. Shu bilan 

birga  u  o„zining  to„plagan  o„quv  qurollarini  nihoyatda  avaylab  sumkasiga  solib, 

qayta-qayta  sumkasidan  olib  ko„rib,  bularni  maktabga  ko„tarib  borishga  oshiqadi 

va  bunga  juda  ham  havas  qiladi.  Biroq  o„qishga  bo„lgan  dastlabki  bunday  havas 

uning  tabiatga  xos  bo„lgan  “Bu  nima?”  tarzidagi  tekshirish  refleksi  asosida  yuzaga 

keladigan    faoliyatdan  iborat  bo„lsa  ham,  lekin  ularda  ko„rina  boshlagan  bunday 

qiziqish-havas    talim-tarbiya  jarayonida  takomillasha  boradi.  O„qish  bo„lsa  - 

boladan  ma‟lim  uyushqoqlikni,  intizomlilikni,  anchagina  irodaviy  zo„r  berishlikni 

talab qiladigan  jiddiy  mehnatdir.   



Maktab  ta‟limining    birinchi  kunidan  boshlab  kichik  maktabgacha  yoshdagi 

bolaning  rivojlanishini  harakatga  keltiruvchi  kuch  bo„lgan  asosiy    qarama  – 

qarshilik  yuzaga  keladi.  Bu  qarama  –  qarshilik  bola  shaxsiga,  uning  diqqati, 

xotirasi,  tafakkuriga  nisbatan  o„quv  ishlari,  o„qituvchilar  hamda  jamoa  tomonidan 

qo„yilayotgan  va  doimo  orttirib  borayotgan  talablar  bilan  o„quvchining  mavjud 

psixik  rivojlanish  darajasi  o„rtasidagi  qarama-qarshilikdir.  Talablar  hamma  vaqt 

o„sib  boraveradi  va  bolaning  mavjud  psixik  rivojlanish  darajasi  ana  shu  o„sib 

borayotgan  talablarga  tenglashishga  to„xtovsiz  ravishda    intilaveradi.  To„g„ri 

tashkil  etilgan  ta‟limda  bu  turdagi  bolalar  o„rta  maktab  dasturida  ko„rsatilgan 

bilimlarga  nisbatan  ko„proq  bilimlarni  tushunishlari  va  o„zlashtirishlari  mumkin. 

Kichik  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  o„ziga  xos  xususiyatlaridan  yana  biri 

shundaki,  shu  davrdan  boshlab,  o„quv  materialini  o„zlashtirmaslikning  dastlabki 

belgilari    ko„zga  tashlanadi.  O„zlashtirmaslikning  asosiy  sabablari:  bu  aqliy 

taraqqiyot  va  o„quvchanlikning  bir  muncha  orqada  qolishidir.  N.S.Leytes 

mulohazalariga  ko„ra  inson  yoshi  ulg„aygan  sari  aqliy  rivojlanish  darajasi  bir 

muncha  ko„tariladi,  uquvchanlik  esa  bir  muncha  pasayadi.  Kichik  maktabgacha 

yoshdagi  bolalarning  uquvchanligi  albatta  o„smir  va  o„spirinlarga  nisbatan  yuqori, 

lekin 


o„smir  va  o„spirinlarning  aqliy  rivojlanganligi  boshlang„ich  sinf 

o„quvchilariga  nisbatan yuqoridir.  

Oradan  ma‟lum  vaqt  o„tgach  shodiyona  lahzalarining  ta‟siroti  kamayishi 

bilan  maktabning  tashqi  belgilari  o„z  ahamiyatini  yo„qota  boradi  va  o„qishning 

kundalik    aqliy  mehnat,  irodaviy  zo„r  berish,  yoqtirmagan  narsa  bilan 

shug„ullanish,  diqqatni  taqsimlash,  o„z  xulqini  idora  qilish  ekanligini  anglaydi. 

Shunday  aqliy  mehnat  ko„nikmasiga  ega  bo„lmasa,  uning  o„qishdan  ko„ngli 

soviydi,  unda  umidsizlik  hissi  vujudga  keladi.  O„qituvchi  esa  bunday  xolning 

oldini  olish  uchun  bolaga  ta‟limning  o„yindan  farqi,    qiziqarliligi  haqida 

ma‟limotlar  berishi  va  uni  shu  faoliyatga  tayyorlashi  kerak.  Birinchi  sinf 

o„quvchisida  o„qish  faoliyatining aynan o„ziga qiziqish ko„zga tashlanadi. Psixolog 

olimlar  o„tkazgan  maxsus  tadqiqotlarda  bolalar  bilan  keraksiz mashqlar o„tkazilgan 

va  ularga  oldindan  bu  mashqlar  keyinchalik  kerak  bo„lmasligi  aytilgan,  lekin 



bolalar  ularni    bajarishga  kirishganlar.  O„quvchi  shaxsiy  faoliyatida  erishgan 

dastlabki  yaxshi  natija  uni  boshqa  natijalarni  egallashga  undaydi.  Uning  o„qish 

faoliyatidagi  birinchi  mehnat  maxsuli  shodlik  va  quvonch  his-tuyg„usini  keltirib 

chiqaradi.  

Masalan:  ayrim  o„quvchilar  u  yoki  bu  matnni  bir  necha  martta  o„qishga 

harakat  qiladi.  O„qish  faoliyatiga  qiziqish,  uning  mazmuniga  ham  qiziqishini 

vujudga  keltiradi,  bilim  olish  ehtiyojini  tug„diradi  va  o„qish  motivlarini    tarkib 

toptiradi.  

 

Shaxs  shakllanishida  kichik  maktab  yoshidagi  o„quvchilar  faoliyatini 



baholash  va  unda  o„qishg  ijobiy  munosabatni  shakllanishida  muhim  ahamiyatga 

egadir.    7  yashar  bo„lgan  bolalardagi  maktabga,    o„qishga  bo„lgan  bu  xildagi 

dastlabki    qiziqish  –  havaslar,  asosan  ulardagi  ixtiyorsiz  diqqat  protsessida  ro„y 

beradigan bevosita qiziqish  – havaslardir. 

Kichik  yoshdagi  o„quvchilarda  keyinroq  borib    o„z  diqqat  –e‟tiborini 

muayyan    bir  narsaga,  voqelik  va    hayotning  ma‟lum  bir    sohasiga,  ma‟lum  bir  

faoliyatga  birmuncha  uzoq  vaqt  va    barqaror    qaratilishida ifodalanadigan bavosita 

qiziqishlar   sekin- asta yuzaga  kela  boshlaydi. 

Dars  jarayonida  va  darsdan  tashqi    mashg„ulotlarda  o„quvchilar  tevarak  – 

atrofdagi  narsa  va    hodisalarni  kengroq  tushunib    boradilar.  Har  xil  narsalarga 

qiziqa  boshlaydilar,  ularning  qiziqishlari  borgan  sari    takomillashib,    barqaror  tus 

ola  boradi.  Endi  maktab  o„quvchilarini  tevarak  –  atrofdagi  ayrim    hodisalargina 

emas,  balki  o„sha    hodisalarning  sodir  bo„lish  sabablari  ham    ko„proq  qiziqtira 

boshlaydi.  Shuning  uchun  ham    bu  davrda    bola    tomonidan    beriladigan  har  xil 

“Nega  bunday?”,  “Nimadan  qilingan?”,  “Bu  nima  uchun  kerak?”  singari  so„roqlar 

yanada ko„payib ketadi. 

Bolada  ta‟lim-tarbiya  jarayonida  ko„proq  narsalarni  bilib  olishga,  yuqoriroq 

baholarga  erishishga  muayyan  darajada  ehtiyoj  va  zarurat  paydo  qilish  kerak. 

Shundagina  u  o„zidagi  buday  talabni  qondirishga  harakat  qiladi  va  aktiv  faoliyat 

ko„rsatadi.  Dars  materiallarini  bilib  olishga,  o„qituvchining  topshiriqlarini  

yaxshilab  bajarishga  intiladi.  Buning  uchun  esa  bolani  muayyan  kun  tartibiga 



odatlantirish  va  doimo  dars  tayyorlashga  o„rgatish  lozim.  Shundagina  u  o„qishda 

muayyan  daraja  muvaffaqiyatlarga  erisha  oladigan  bo„ladi  va  unda  o„qishga  havas 

uyg„onadi.  

O„qishning  dastlabki  kunlarida  bolalar  sinfdagi  dars  mashg„ulotlariga  juda 

ham  qiziqadilar.  Ularni  ko„proq  rasm  chizish,  yozish,  doskaga  chiqish,  qo„l 

ko„tarib  o„qituvchi  savollariga  javob  berish  singari  ishlar  qiziqtiradi.  Keyinroq 

borib  ular  faqat  darsdagi  mashg„ulot  jarayonining  o„zigagina  emas,  balki 

mashg„ulotlarning  mazmuniga  ham  qiziqa  boshlaydilar.  Shu  kezlari  bola  o„zining 

sinf  va  uyida  bajarib  kelgan  ishlarini,  yozma  narsalarni  o„qituvchiga  tezroq 

ko„rsatishga  oshiqadi.  O„qituvchining  o„quvchi  bajargan  vazifani  og„zaki 

maqullashi  ham uni  g„oyatda quvontiradi.  

Bolalarning  bu  xususiyatlarini  yaxshi  bilgan  mohir  o„qituvchilar  e‟tiborini 

ko„proq  yozishga  va  berilgan  topshiriqlarni  tezroq  bajarish  lozim  ekanligigagina 

emas,  balki  topshiriqlarni  sifatli  qilib  bajarish,  to„g„ri  va  chiroyli  qilib  yozish 

kerakligiga  ham  jalab  etadilar  hamda  topshiriqlarni  yaxshilab  bajargan,  to„g„ri  va 

chiroyli  yozgan  o„quvchilarni  o„z  vaqtida    rag„batlantirib  boradilar.  Natajada 

o„quvchilar  sekin-asta  dars  mashg„ulotlarining  mazmuniga  qiziqadigan  va  ularni 

sifatli 


qilib 

bajarishga 

harakat 

qiladigan 

bo„lib 

qoladilar. 

O„quvchilar 

o„qituvchilarning  “yaxshi  yozibsan”,  “to„g„ri  bajaribsan”,  “barakalla”  singari 

og„zaki  ma‟qullashigagina  emas,  balki  uning  o„zlarining  daftarlarga  qo„yib 

beradigan  baholariga  ham  qiziqa  boshlaydilar.  Bu  yoshdagi  bolalarda  o„qishga 

qiziqishning  ortib  borishida  ularning    o„z  bilim  va  tushunchalarning  takomillashib 

borayotganligini  sezib  borishlar,  o„z  imkoniyatlarining  o„sib  borayotganligini 

tushunishlari  katta ahamiyatga  egadir.  

Ma‟lumki,  maktablarda  bolalarni  og„zaki  baholash  odat  tusiga  kirib  qolgan, 

chunki  birinchi  sinf  o„quvchisi    ana  shu  baho  ta‟sirida  o„z faoliyatini kuchaytiradi, 

ijodiy  izlanishga  harakat  qiladi.  Hatto,  o„quvchi  dastlabki    paytlarda  “yaxshi”  yoki 

“yomon”  bahoning  farqiga  ham  bormaydi,  uni  ko„proq  nechta  baho    olgani 

qiziqtiradi.  O„qituvchining  rag„batlantirishi  uning  uchun  eng  muhim  ahamiyatga 

ega. 



Ko„pchilik  mutaxassis  olimlar    kichik  maktab  yoshdagi  o„quvchilarni 

baholash  salbiy  oqibatlarga  olib  keladi  deb  hisoblaydilar.  Ma‟lumki,  faqat  baho 

uchun  o„qish  bilimning  ijobiy  ahamiyatini  pasaytirishi  mumkin.  shunga  ko„ra 

bilimni  tekshirishning  boshqa  usullarini  topish  hamda  qo„llash  hozirgi  kunning 

dolzarb vazifalaridan  biridir.   

O„quvchilarnig  olgan  baholariga  kattalarning  munosabati  ham  ularning 

o„qishga  qiziqishlariga  muayyan  darajada  ta‟sir  ko„rsatadi.  Chunonchi, 

o„quvchining  olgan  baholariga  o„qituvchi  va  ota-onalarning  beparvolik  bilan 

qarashlari  undagi  o„qishga  bo„lgan  qiziqishning  pasayishiga  sabab  bo„ladi. 

Shuning  uchun  ham  o„qituvchilar  va  ota–  onalarni  bolalarning  oladigan  baholariga 

alohida  e‟tibor  berishlari,  ular  olgan  yuqori  baholarini  ma‟qullab  turishlari  va 

harakat  qilinsa,  hamma  fanlardan  ham  yuqori  baho  olish  mumkinligini  aytib,  ularni 

rag„batlantirib  turishlari  juda muhimdir. 

Kichik  yoshdagi  o„quvchilarda  yuqorida  ko„rsatib  o„tilgan    xilma  –  xil 

qiziqishlar  bilan  birga  individual  qiziqishlar  ham  tug„ila  boshlaydi.  Ba‟zi 

o„quvchilar  rassomlik  ishlariga  ko„proq  qiziqsalar,  boshqalari  musiqaga  yoki 

she‟riyatga  muhabbat  qo„yadilar.  Shuningdek,  ayrim  o„quvchilar  matematika  yoki 

texnikaga  qiziqsalar,  ba‟zilari  ona  tili  yoki  tibbiyotni  yaxshi  ko„radilar.  Bulardan 

tashqari,  ayrim  o„quvchilarda  har  –  xil  kasblarga  bo„lgan  individual  qiziqishlar 

ham  ko„rina boshlaydi. Lekin bu yoshdagi o„quvchilarning orzu – havaslari hali tez 

–  tez  o„zgarib  turadigan  bo„ladi.  Shuni  ham  unutmaslik  kerakki,  ba‟zi 

o„quvchilardagi  ayrim  narsalarga  bo„lgan  qiziqish  umrbod  saqlanib  qolmog„i  ham 

mumkin.  Muayyan  va  doimiy    qiziqish  –  havaslar  o„quvchilarda  asosan  ayrim 

o„smirlik  davrida  tarkib  topib  borayotgan  ideallar  bilan  bog„liq  ravishda    vujudga 

keladi  va o„sadi. 

 

Yosh  avlod  ijtimoiy  turmushning  barcha  soxalari,  xususiyatlari  Bilan  oila 



kuchogida  tanishadi.  Oilaviy  turmushda  odamlarga,  mexnatga,  narsalarga  va  uz-

uziga  bulgan  nisbatan  munosabatlarni  ifodalovchi  xarakter  xususiyatlari  tarkib  topa 

boradi.  Shuning  uchun  oila  jamiyatning  boshlangich  bugini  sifatida  bolalarning 



axloki,  kobilyati,  akl  zakovati,  xulki,  yurish-turishi,  xatti  xarakati,  mulokoti, 

e‟tikodi  va  dunyokarashlariga  yukori  darajada  tarbiyaviy  ta‟sir  kursatish 

imkoniyatiga  ega.  Oilaviy  turmush  inson  xayotining  eng  muxim  jixatlaridan  biri 

xisoblanadi.  Xudi  shu  boisdan  jamiyatning  konun  koidalariga  nisbatan  munosabat 

xam  oiladagi  shaxslararo  turli  tuman  muammolalarda,  mulokotda,  fikr  almashuvda, 

munozanalarda  uz  ifodasini  topadi,  binobarni  yoshlarni  vatanparvarlik  ruxida 

tarbiyalash  oilaning  nokadar  mustaxkam  bulishiga,  ota-ona  munosabatlarida  oliy 

janob  xarakter  xislatlarini,  bolada  yuksak  ma‟naviy  xislarni  shakllantirishga 

boglikdir.  Yosh  avlodni  oilada  kamil  inson  kilib  tarbiyalashdek  yuksak  va 

ma‟luliyatli  vazifa  ota-onaga  oiladagi  kattalarga  yukladilgandir.  Darxakikat  inson 

shaxsini  shakddantirish  oila  muxitidan  boshlanadi.  Xususan oilada, bolada xarakter 

xususiyatlari,  iroda  sifatlari,  milliy  odatlar,  fe‟l  atrof,  xulk,  tevarak  atrofga  nisbatan 

munosabat,  e‟tikod  va  karashlar  vujudga  keladi.  Anna  shulardan  kelib  chikkan 

xolda,  oilaviy  turmushda  insonni  kamol  topshirish  sharoitlari,  faollik  kursatish 

imkoniyatlarini  izchil  urganmay  turib,  shaxsning  xususiyatlari  va  keltirib 

chikaruvchi  omillar  tugrisida  fikr  yuritish  mumkin  emas.  Ma‟lumki,  oila  –  bu 

ijtimoiy  tarixiy  belgicha  ega  bulgan,  muayyan  tuzilishiga  ega  bulgan  ijtimoiy 

guruxning  kurinishidir,  chunonchi  uning  a‟zolarini  karindosh  urugshlik,  nikox, 

turmush  sharoiti  birligi,  odob-oxlok  umumiyligi,  ma‟naviy  extiyoj  nosligi  kabi 

alokalar  uzaro  boglab  turadi.  Oila  murakkab  ijtimoiy  gurux  bulib,  biologik, 

ijtimoiy,  axlokiy,  idealogik  va  psixologik  munosabatlarning  uzviy  birlashuvi 

natijasida  vujudga  keladi.  Shu  sababdan  turmushdosh  va  oila-a‟zolarining  uzaro 

moddiy-maishiy,  iktisodiy  negizi  uzgarishiga  bevosita boglikdir. 

Oilaviy  turmush  va  oila  a‟zolarining  uzaro  muammalalarini  tadkik  kilgan 

venger  sotsiologi  M.Komloshi  10-14  yoshdagi  maktab  ukvchilarining  ukishga  va 

mexnatga  bulgan  munosabatiga  bevosita  ta‟sir  kiluvchi  oilaviy  muxit  (vaziyat, 

sharoit) omillarini  4 guruxga  ajratadi: 

1. 


Ota-onalarning  jamoat  faoliyati  (ularning  siyosiy  pozitsiyalari, 

ishga nisbatan munosabatlari). 




2. 

Oila  davrasidagi  munosabatlar  (ota-onalarning  ukuvchilarga 

munosabati, aka-ukalar  va opa-singillarning  uzaro munosabatlari). 

3. 


Ota-onalarning 

tarbiyaviy 

pedagogik 

faoliyati 

(ularning 

pedagogik  kizikishlari,  maktab  Bilan  xamkorliklari,  ukuvchilarga 

dars 

tayyorlash 



nezida 

ota-onalarning 

yordami, 

ularning 

tarbiyaviy  metodlari). 

4. 


Oilada  ukuvchining  faoliyati  (ukuvchining  kun-tartibi,  xujalik 

ishlardagi  muayyan  majburiyati)  va boshkalar. 

Tadkikotchi  M.Komloshi  yikkan  materiallarini  taxlil  kilib  oilaviy  muxit 

(vaziyat,sharoit)ni  uch  kategoriyaga  ajratadi:  ijobiy,  uzgaruvchan  va  salbiy.  

Psixolog  V.I.Selivanov  oilada  shaxsni  shakllantirish  jarayonini  urganib,  baxtli 

bolalik  –  bu  oiladagi  kuvonchli  xam  jixatlikning  xamda  ota-onalarning  uz 

bolalariga  gamxurligining  spmarasidir  degan  xulosaga  keladi.  Agar  oilalarning 

yunalishiga  kara  buch  toifaga  mansub  ekanligini  kursatib  beradi:  ijtimoiy 

progressiv  tarakkiyparvar  yulishdagi  oila,  past  darajadagi  ijtimoiy  yunalishga 

mansub oila. 

Birinchi  toifaga  xos  bulgan  oilalar  mamlakatimiz  oilalarning  kupchilik 

kismini  tashkil  kiladi.  Bunday  oilalarda  shaxslararo  munosabatlar  milliy, 

umumbashariy,  xakchil  tamoyillardan  kelib  chikkan  xolda  amalga  oshiriladi, 

shuningdek,  xar  tomonlama  kamol    topgan  shaxsning  ijtimoiy  ideali  nazariyada 

tutiladi.  Ijtimoiy-progressiv  yunalishidagi  oilalarning  voyaga  yetgan  a‟zolari  ishlab 

chikarishda,  korxonada,  jamoat  yeshlarida  faol  ishtirok  etadilar,  ilgor  madaniyatga 

nisbatan  kizikishlarini  namoyish  kiladilar,  shuning  Bilan  birga  bu  narsalarga  uz 

farzandlarida  xam  xavas  uygotadilar.  Oilada  goxo  namoyon  buladigan 

ziddiyatlarni  juda  kiska  muddatda  osoyishta  yusinda  xal  kiladilar.  Ushbu  toifaga 

mansub  oilalrda  xujalik  ashyolari,  asboblari,  kimmat  baxo  materiallar  xar  xil 

extiyojlarni  kondirish  vositasi  sifatida  karaladi,  bu  narsalar  shaxsning  kelajak 

istikbolli  bilan  mutloko boglanmaydi. 

Ikkinchi  toifadagi  oilada  umumbashariy,  milliy  yunalishi  uzil-kesil  xal 

kilinmagan  buladi.  Oilaviy  turmush  munosabatlari  uzluksiz  ravishda  biron-bir 




goyaning  boshka-boshka  bir  goya  bilan  uzaro  nikoblangan  kurash  boskichida 

bulib,  u  yoki  bu  karashlar,  akidalar  ustunligi,  istikboli  xech  kanday  axamiyat  kasb 

etmaydi.  Bunday  xolatning  kuzga  tashlanishi  eskilik  Bilan  yangilik  urtasidagi 

kurashni  aslo  anglatib  kelmaydi.  Balki  er-xotinning  yoki  boshka  voyaga  yetgan 

oila  a‟zolarining  murosasiz  pozitsiyalari  (nuktai  nazarlari)  kupincha  ularning 

xarakter  xususiyatidagi  tafovut  negizida  boglik  bulib,  mutlako  eskilik  sarkiti 

moxiyatidan  kelib  chikmaydi.  Oilada  suz  bilan  ish  birligi  masalasi  bkarama-karshi 

yunalishli  ikki  markazga  va  2  xil  intilishga  ega.  Fakat  burch  xissigina,  muayyak 

majburiyat  bajarilishigina  oila  a‟zolarini  uzaro  birlashtirib  turadi  xolos.  Mana 

bunday  oilalarda  er-xotinning  bolalarga  ta‟sir  utkazish  uchun  kurashi,  rakobati 

yakkol namoyon buladi. 

Uchinchi  toifaga  mansub  oilalarda  kupincha  meshchanlik  udumi  va  ideallari 

xokimlik  kiladi.  Mazkur  oilada  barcha  narsa  yagona  narsaga  buysurilgan,  ya‟ni 

mol-dunyo  tuplashga,  moddiy-ma‟ishiy  jixatdan  ustunlikka  erishiga  karatilgan. 

Voyaga  yetgan  oila  a‟zolarining,  ota-onalarning  korxonada,  muassasada, 

tashkilotda  mexnat  kilishi  anna  shu  kuzlagan  maksadga  yetish  vositasi  sifatida,  xar 

kanday  mexnat  esa  ish  xaki  mikdori  bilan  ulchanadi.  Ushbu  toifa  katoriga  yana 

fanatizm  xususiyatli  kishilar,  ruxoniylar  oilalari  kiradi.  Xox  meshchanlikka  oggan 

oilada  bulmasin,  xox  ruxoniy  oilasida  bari  bir  eski  akidaparastli  munosabatlari 

kudratli  kuchga  ega.  Jumladan,  oila  boshligining  zuravonligi,  zoshiligi,  unga  kur-

kurona  va  suzsiz  buysunishlik,  sajda  kilishlik,  zaif  va  nimjon  a‟zolar  faolligini 

paymol  kilishga  intilish  va  xzo  meshchanlik  ideali  va  diniy  e‟tikod  doirasidan 

tashkari  chikish  xollari  kamsitilib,  bekorga  vakt  sarflash  deb  baxolanadi,  xudi  shu 

boisdan  bunday  ijtimoiy  yunalishga  mansub  oilalardan  kup  xollarda  xkdbin, 

kurkok,  jamiyat  tarakkiyoti  uchun  kam  naf  tegadigan  ugil-kizlar  yetishib 

chikadilar,  chunki  «kush-uyasidan kurganini  kiladi». 

Tarakkiyparvar 

jaxon 


psixologiyasi 

fanida 


oilaviy 

turmush 


munosabatlarining  juda kup kirrali  urganilgan. 

Oilaviy  munosabatlar  ta‟sirida  ilk  bolalikdan  tarkib  mustakillik,    istiklolga 

nisbatan  sodiklik,  vatanparvarlik,  sharkona  an‟ana  shaxsiy  kizikishni  jamiyat, 



mamlakat  kizishiga  buysundirish  xislati,  kat‟iylik,  kadr-kimmat  xissi  kabi  yuksak 

insoniy  xislar  shakllana  boshlaydi.  Asta-seking  tugishlanganlarga  gamxurlik,  aka-

ukalik  va  opa-singillik  mexri,  ota-onaga  muxabbat  va  shafkat  singari  teranlik 

tuygulari  namoyon  bulla  boradi.  Oilaviy  turmushdagi  samimiy  va  okilona 

munosabatlar,  ilik  psixologik  muxit  ta‟siri  natijasida  oila  a‟zolarida  kamtarlik, 

kungilxanlik, 

iltifotlik, 

sabrlilik,tugrilik, 

yaxshilik, 

uyatchanlik, 

yumshoklik,dilkashlik, 

mexribonlik, 

talabchanlik,  mexnatsevarlik,  vijdonlilik, 

mexnatga  ma‟suliliyatlilik,  ozodalik,  izzat-nafslilik,  tejab-tergashlik  kabi  shaxs 

xislatlari  tarkib  topadi.  Agarda  oilaviy  turmush  munosabatlari  kupollik, 

andishashizlik  negiziga  kurilgan  bulsa  u  xolda  oila  a‟zolari  ruxiy  dunyosida 

kekkayshilik, 

pismiklik,  jamoatchilik  ma‟kullagan  narsalarni  va  kupchilik 

tomonidan 

kabul 


kilingan 

xatti-xarakat 

koidalarini 

sezmaslik, 

yalkovlik, 

ma‟suliyatsizlik,  ifloslik,  almaslik,  shuxratparastlik,  magrurlik,  uzini  kata  olish, 

dimogdorlik  singari  illatlar  yuzaga keladi,  shakllanadi. 

Shaxslararo  munosabatlarning  bir  necha  tiplari  mavjud  ekanligi  pedagogik 

psixologiyada kayd kilib  utilgan.   

Oilaviy  munosabatlarning  «demokratik»  toifasi  ugil-kizlarga,  u  yoki  bu 

tarzdagi  xatti-xarakatni  amalga  oshirishda,  Biron-bir  ishni  rejalashda  kata  erk 

beradi,  shuning  Bilan  birga  mayda-chuyda  kursatmalardan,  kat‟iy  vakt  belgilash 

xolatidan  xorij  buladilar.  Oila  a‟zolarining  xar  bir  shaxsni  izzatlash,  xurmat  kilish 

maroii  asosiga  kurilgan  bulib,  uzaro  okilona  talabchanlik,  kat‟iyatlik  ruxi  Bilan 

sugorilgandir.  Oila  boshligi  xisoblangan  ota-onalarning  asosiy  dikkat-e‟tibori 

milliy  va  umumsoniy  koidalari  talabidan  kelib  chikkan  xolda  uz  farzandlarida 

ijobiy  xarakter  xisda  uz  farzandlarida  ijobiy  xarakter  xislatlarini,  zamon  ruxida 

mos  shaxs  fazilatlarini,  zamon  ruxida  mos  shaxs  fazilatlarini  shakillantirishga 

karatiladi.  Mazkur  toifadagi  oila-a‟zolari  davrasidagi  suxbatlar,  munozaralar, 

mulokazalar  uzaro  tenglik,  uzaro  xurmat  ruxida  buysundiriladi.  Xar  bir  oila 

uzining  insonga  mikrota‟sir  utkazishning  xususiyati  bilan  ajralib  turadi.  Unday 

oilada  shaxslararo  munosabatda  ta‟sir  utkazish  sexri  (mexanizm)  oshirilgan  xolda 

buladi.  Shu  boisdan  tasofidan  vokea  va  xodisalarni  sodir  bulishi  turlicha 



baxolanadi  va  ularga  bevosita  alokador  oila-a‟zolari  turmush  tajribasidan  kelib 

chikkan  xolda  yo  ragbatlantiriladi  yoki  jazolanadi.  Manna  bunday  odilona  amalga 

oshirilgan  mulokot  ta‟sirida  ugil-kmzlarda  dustlik,  diskashlik,  xushlizomalalik, 

shaxsiy  xatal-xarakatida  va  muloxaza  yuritishida  mustakillik,  shaxsiy  karashlari 

saklangan  xolda  yangi  koidalar  va  talabalarga  moslashish,  uz-uziga  buyruk  berish, 

uz-uzini  boshkarish kabi muxim  fazilatlar  paydo buladi. 

Oilaviy  munosabatlarning  yana  bir  turi  «avtoritar»  deb  atalib,  bunda  ota-

onaning  obrusi  xal  kiluvchi  rol  uynaydi,  shaxslararo  teng  kukuklilik,  erkin  xatti-

xarakat  kilish,  tashabbuskorlik  uz  axamiyatini  yukota  boshlaydi.  Shaxslararo 

munosabatdagi  bunday  noxushlik  ota-ona  kuzlagan  tarbiyaviy  maksadni  amalga 

oshirmaydi  va  past  samara  berishga  olib  keladi.  Okibat  natijada  oila  a‟zolari 

urtasida  mazkur  pedagogik  ta‟sirga  nisbatan  salbiy  pozitsiya  nomoyon  buladi. 

Paydo  bulgan  salbiy  nuktai  nazar,  avval  ota-onaga,  sungra  boshka  kata  yoshdagi 

oila-a‟zolariga  nisbatan  kullaniladi.  Farzandlarda  ota-onaga  yakinlik,  mexr  xissa 

kamayadi,  keyinchalik  bu  tuygu  uzoklashish,  «begonalashish»  kechinmasiga 

aylanadi.  Ota-ona  Bilan  buladigan  mulokot  esa  ugil-kizlar  tomonidan  juda  kuyi 

darajada  baxolanadi.  Oiladagi    shaxslararo  munosabatlar  ularni  kondirmaydi, 

natijada  odamovi,  ichindan  top,  damduzlik,  tashvishlik,  xavotirlik  sotsial  norma  va 

koidalarga  kiyinchilik  Bilan  moslashish  kabi  xarakter  xislatlari  vujudga  keladi.  Shu 

sababdan  oila  a‟zolari  ruxiy  dunyosida  simpatiya,  empatiya,  samimiylik, 

xayrixoxlik  kabi  yuksak  insoniy  xis-tuygular  juda  yuzaki  soxta  ifodalanadi.  Kur-

kurona  va  suzsiz  buysunishga  asoslangan  munosabat  negizida  yetgan  tarbiyaviy 

ta‟sir  kurkok  va  irodasi  kuchsiz  shaxsni  tarkib  toptiradi.  Oilaviy  turmush 

munosabatlarining  «diffuz»  aralash  yoki  korishik  toifasida  bola  shaxsini 

shakllantirishning  muayyan  pedagogik  sistemasi  mavjud  emas.  Oila  a‟zolari 

urtasida  buladigan  munosabatlar  aksariyat  xollarda  ugit-nasigat,  axlokiy  suxbat, 

yul-yurik  kursatish  Bilan  boglanib  ketadi.  Oilaning  kichik  a‟zolari  katti-xarakati 

ma‟lum  darajada  cheklangan  bulib,  kuyilgan  shartdan  bola  tashkari  chiksa,  jazo 

chorasi  kuriladi.  Pand-nasixatga  uzviy  boglanib  ketgan  ota-onaning  farzandlariga 

mulokoti  erkdan  va  botinib  fikr  yuritishdan  uzok  bulganligi  sababli,  yumor  xissiga 




befarklik,  uz-uzini  kulga  asmaslik,  ma‟suliyatsizlik  yetarli  darajada  aloka  urnata 

olmaslik  singari  xarakter  xislatlarini  tarkib  toptiradi.  Xar  kanday  ijtimoiy 

jamiyatda  xam  uchrasa-da  lekin  nenormal,  anomal  munosabatga  ega  bulgan  oilalar 

mavjuddir.  Bunday  tipga  ajralish  darajasiga  yetib  borgan,  bola  oilaviy  manbai  deb 

tushunuvchi  «bola»,  baxonasi  tufayli  xil  ustida  turgan,  ichuvchi  alkogollar  yoki 

narkoman  oilalar  kiradi.  Mazkur  oila  muxitini  larzaga  keltiradi,  yosh  buginlar 

axlokiga,  ongiga,  akl-zakovatiga  dunyokarashiga,  e‟tikodiga  salbiy  ta‟sir  kiladi. 

Urinsiz  mashmashalar,  janjallar,  kupol  muammomalar  xarakatlar  oila-a‟zolari 

urtasidagi  nonormal  xolatosoyishta  yashash,  tinch  ijod  kilish,  muayyan  ukish 

uchun zarur imkoniyatlar  yaratib  berishga kadir emas. 

Oilaviy  turmush  munosabati  ichida  «liberal»  toifa  xam  kup  xollarda  uchrab 

turadi.  Oila  davrasida  murosasiz,  kungilchang  bulishlik  tashki  kushnishdan  ilik 

psixologik  muxit  kukmdorligi  uzini  aks  ettirgandek  bulib  tuyuladi.  Agarda 

murosizlik  «murosa-yu,  madora»  kabilida  kechirimlilikni  bildirib  kelsa,  yukoridagi 

fikrimizni  tasdiklagan  buladi.  Afsuski,  «liberal»lik,  munosasozlik  oiladagi  xar 

kanday  vaziyatni  «umumiy  til»  topish  asosida  xal  kilishga,  prinsipiallikdan 

uzoklashishga,  subutsizlikka  olib  keladi.  Ota-onalarning  farzandlari  Bilan  bunday 

munosabatda  bulishlari  salbiy  okibat  sari  yetaklaydi,  kat‟iylik,  mustakillik,  dadtllik 

singari  irodaviy  sifatlar  ugil-kizlar  ruxiy  dunyosidan  uzoklashadi.  Murosasizlik 

ta‟sirida  yosh  avlod  xarakterida  munofiklik,  ikkiyuzmachilik,  kelishuvchanlik  kabi 

illatlar  tarkib  topishi mumkin.   

 

          Ma‟lumki,    barcha  rivojlangan    mamlakatlardagi    xalq    ta‟limi  tizimining 



muvafaqiyati    ushbu  tizimda  psixalogik  xizmatning  har  tomonlama  to„g„ri  va 

samarali  tarzda  tadbiq    etilishi    bilan    bevosita  bog„liq  ekanligi  ko„pgina  maorif 

xodimlarining  diqqat e‟tiborini  o„ziga qaratmoqda. 

      Porloq  kelajagimiz  poydevorini,albatta  yuksak  ijtimoiy  bilimlar  majmuasi 

bo„lmish ta‟lim  tarbiyasiz   va  uning  ravnaqisiz  ko„rib bo„lmaydi. 

          Boshlang„ich  ta‟lim  jarayoning  psixologik  tahlilga  bag„ishlangan  kuzatishlar 

shuni  ko„rsatadiki,  o„quvchilarning  o„quv  tarbiyaviy    faoliyatlarini  tashkil    etishda 



va  boshqarishda  bugungi  kunda  psixologik  xizmat  tizimi  hal  qilishi  va  bartaraf  

etishi   lozim   bo„lgan qator muammolar  mavjud: 

     1.Bolalarni ruhiy  va  intellektual  tayyorgarligi  asosida maktabga qabul 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish