— D elete yoki Backspace tugmalari yordamida maydon tarkibini
o'zgartiring;
— Agar zarur bo'lsa, qo'shimcha m a’lumot kiriting.
Xuddi shu tariqa boshqa maydonlar tarkibini ham tahrirlash
mumkin.
Maydon tarkibini o'chirish
Jadvallar bilan ishlash jarayonida maydonlar tarkibini butunlay
o'zgartirish yoki tahrirlashdan tashqari, maydon tarkibini o'chirish
ham mumkin.
Buning uchun:
— Zaruriy jadvalni, jadval rejimida oching;
— Jadvalning tarkibini o'chirish zarur bo'lgan maydoniga o'ting;
— «Sichqoncha» ko'rsatkichini ikki marta bosish orqali maydon
tarkibini belgilang;
— Правка menyusini oching va Удалить amalini tanlang.
Agar talab qilinsa, shu tariqa qolgan maydonlar tarkibini ham
o'chirish mumkin.
Maydon tarkibini ko‘chirish va nusxalash
Do'stlaringiz bilan baham: |