5.2. Slaydlar bilan ishlash Shablon tanlash Ixtiyoriy taqdimot namoyish etiladigan slaydlardan tarkib topadi.
Hozirgi darsimizda PowerPoint dasturi taklif etadigan shablonlaming
biri asosida taqdimotning birinchi slaydni yaratamiz:
— Topshiriqlar maydonidan Из шаблона оформления bo'limini
tanlang;
— Текстура shablonini tanlang.
Shundan so'ng yaratilayotgan slaydga m a’lumotlami kiritishingiz
mumkin.
Yangi slayd yaratish Taqdimotga yangi slayd qo'shish uchun slaydlar rejimida ishlash
talab qilinadi. Yangi slayd qo'shish uchun quyidagi amallarni bajaring:
— Вставка menyusini bosing;
— Paydo bo'lgan menyu bo'limlaridan Новый слайд amalini
tanlang;
— Ish maydonida yangi slaydning maketi paydo bo'ladi. Bu maket
taqdimotning birinchi slaydi maketidan farq qiladi;
157