— OK tugmasini bosing.
Xuddi shunday tartibda satrlar balandligini ham o'rnatish mumkin.
Sahifaga grafik fon berish Jadvalga chiroyli ko'rinish berish uchun uning fonini biror bir
rasm bilan bezashingiz mumkin:
— Talab qilinayotgan sahifani tanlang;
— Формат menyusini oching;
— Лист bo'limidan Подложка menyu amalini bajaring;
— Paydo bo'lgan muloqot oynasidan mos rasm faylini tanlang;
— Вставить tugmasini bosing.
Natijada tanlangan rasm sahifa fonida paydo bo'ladi. Grafik fonni
bekor qilish uchun:
— Формат menyusini oching;
— Лист bo'limidan Удалить фон menyu amalini bajaring.