4.2. Hujjatlar bilan ishlash Ish kitobini yaratish Microsoft Excel dasturida yaratilgan elektron jadvallar, ya’ni
hujjatlar Ish kitobi deb ataladi. Excel dasturida yangi hujjat yaratishning
bir nechta usullari mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat.
Birinchi usul:
— Файл menyusini bosing va Создать bo'limini tanlang.
Ikkinchi usul:
— Dastur uskunalar panelidan Создать tugmasini bosing.
Uchinchi usul:
— Excel dasturi ochilgan holda kompyuter klaviaturasidan Ctrl+N tugmalar birikmasini bosing.
To'rtinchi usul:
— Windows ish stoliga «sichqoncha» o'ng tugmasini bosing;
— Paydo bo'lgan kontekst menyusidan Создать bo'limini tanlang;
— Menyu bo'limlaridan Книга Microsoft Excel bo'limini tanlang;
108
— Hosil bo'lgan hujjatni nomlang. Masalan, Excel kitobi. Shu tariqa bajarilgan amallar natijasida yangi ish kitobi yaratiladi.