Obyektni ko'chirish va nusxalash Agar grafik obyektni boshqa joyga ko'chirib o'tkazish zarur bo'lsa,
uni belgilang va «sichqoncha» tugmasini bosgan holda yangi joyga
olib o'ting.
Ko'chirib o'tkazish yordamida obyektdan nusxa olish ham mum
kin. Ctrl tugmasini bosing va «sichqoncha» yordamida obyektni yangi
joyga o'tkazing.
«Sichqoncha» tugmasini qo'yib yuboring va natijada obyekt nusxasi
paydo bo'ladi. Grafik obyektlarni ko'chirish yoki nusxalash uchun
uskunalar panelidagi Вырезать, Копировать va Вставить tugmala
ridan ham foydalanish mumkin:
— Nusxalash talab qilinayotgan obyektni belgilang;
— Uskunalar panelidan Копировать tugmasini bosing;
— Nusxa qo'yiladigan joyni aniqlang va uskunalar panelidan
Вставить tugmasini bosing.
104
Obyektlarni ko'chirish ham xuddi shunday tartibda amalga oshi
riladi, faqatgina Копировать tugmasi o‘miga Вырезать tugmasidan
foydalaniladi.