Qanchalik g'alati boim asin, o ‘yin o ‘ynaladigan yaxshi kompyuter,
murakkab tasvirli va animatsiyali sahnalarni hamda musiqalami tezkor
namoyish etishni ta’minlash uchun juda qimmat tuzilmalardan biriga
ega b o iish i kerak.
1.4. A sosiy plata, protsessor va operativ xotira
Asosiy plata atamasi inglizcha maze bord so ‘zidan kelib chiqqan.
Asosiy plata kompyutemi ko‘p tomonlama umumiy tuzilmasini aniqlab
beruvchi asosiy qurilmalaridan biridir (1.2-rasm).
1.2-rasm. Asosiy plata (motherboard).
Bu qurilma, yirik, ko‘p qavatli plata ko'rinishida bo'lib, qolgan
barcha qurilmalarni protsessor va bir-biri bilan o'zaro aloqasini
ta’minlovchi komponentlardan tashkil topgan. Ushbu plataga protses
sor bilan birgalikda kompyuteming barcha qurilmalari, unda joylashgan
bo'linmalar yordamida ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |