«Sichqoncha» yordamida ko'chirish
va nusxalash
Проводник oynasida Drag and Drop usulidagi amallarni bajarish
juda qulay bo'lib hisoblanadi.
Uning yordamida fayllami ko'chirib o'tkazish va ulardan nusxa
olish, dasturlarni ishga tushirish, hujjatlarni bosmaga chiqarish
mumkin:
— Ko'chirilishi kerak bo'lgan fayl joylashgan papkani oching;
— Oynaning ish maydonidagi kerakli obyektga «sichqoncha» chap
tugmasini bosing;
— «Sichqoncha» chap tugmasini qo'yib yubormasdan, obyektni
oynaning chap qismidagi kerakli papka belgisiga olib boring;
— Papkaning belgilanishini kuting va shundan so'ng «sichqoncha»
tugmasini qo'yib yuboring;
— Shundan so'ng papkani ochib ko'rishingiz mumkin va haqiqatan
ham obyektning ko'chirilganligiga ishonch hosil qilasiz.
Agar xuddi shu amallar Ctrl tugmasini bosgan holda amalga osh-
irilsa, u holda obyektdan nusxa olish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |