Topshiriqlar paneli o'lchamini o'zgartirish
Agarda siz topshiriqlar paneliga yanada ko'proq tugm alar
joylashtirishni va bu tugmalaming nomlari ham ko'rinib turishini
istasangiz panel o'lchamini o'zgartiring:
— Topshiriqlar paneliga «sichqoncha» o'ng tugmasini bosing;
— Kontekst menyusidagi Закрепить панель задач bo'lim i
bayroqchasi o'matilmaganligiga ishonch hosil qiling;
— Panelning yuqori chegarasiga «sichqoncha» ko'rsatkichini olib
boring;
— «Sichqoncha» ko'rsatkichi ikki tomonlama ko'rsatkichli
ko'rinishga o'zgargandan so'ng, «sichqoncha» chap tugmasini bosing
va panel o'lchamini yangi holatga o'zgartiring;
— «Sichqoncha» tugmasini qo'yib yuboring. Shundan so'ng
oynalar sarlavhalaridan iborat tugmalaming nomlari paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |