Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Huquqiy layoqat nima?
Muomala layoqati deganda nimani tushundingiz?
Huquqiy layoqat va muomala layoqatiga misollar keltiring.
Fuqarolik huquq va burchlari qaysi hollarda vujudga keladi? Sanab bering.
Emansipatsiya nima?
Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish
MMIBDO’____________________
26-Mavzu:Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari
Reja:
Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish
Huquq buzish harakatlari turli-tuman bo‘lib, ular huquq sohasining turli tarmoqlari bilan ta’qib qilinadi.
Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to’rtta gumhga ajratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy huquqbuzarliklardir. Ana shu huquqbuzarliklar ichida bir-biriga nisbatan o‘xshashroq bo’lgani jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklardir. Ularning tajovuz qilish obyektlari ham ko‘p hollarda bir xil. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan obyektlar ko‘rsatilgan bo’lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, j amiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlash nazarda tutilsa. Ma’muriv javobgarlikto‘g‘risidagi kodeksning 10-moddasida shaxsga, fuqarolaraing huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka. davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi qonuniy aybli qilmishlar nazarda tutiladi.
Jinoiy javobgarlik Jinoyat kodeksida taqiqlangan qilmish sodir etilgan taqdirdagina qoilanadigan javobgarlikning eng og‘ir turidir.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 16-moddasi birinchi qismida jinoiy javobgarlikka jinoyat uchun javobgarlik jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qoilanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
Jinoyat sodir qilish paytida qonunda belgilangan yoshga yetgan shaxslargina jinoyatning sub’ekti boiadilar. Qonunda belgilangan yoshga yetmagan kichik yoshdagilar o‘zlarining yoshi, ruhiy va jismoniy rivojlanishi jihatidan o‘z qilmishlari uchun hali toiajavob bera olmaydilar, o‘z harakat (voki harakatsizlik)larini toia boshqara olmaydilar.
O’n to‘rt yoshga to’lmaganlar kichik yoshdagilar hisoblanib, o‘z harakatlarining ijtimoiy xavfliligini, jinoyat ekanligini (javobgarlikni og’irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o’ldirish bundan mustasno) hali to’la anglab yeta olmaydi. O’n to‘rt yoshga to’lganlar esa ayrim qilmishlarning jinoyat ekanligini anglaydi, o‘z harakatlarini toia boshqara oladi. Shuning uchun JKning 17-moddasida o‘n to‘rt yoshdan jinoyat sub’ekti bo’lishi mumkin bo’lgan jinoyatlaraing ro‘yxati berilgan.
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida o‘n sakkiz voshga toimasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo’llanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |