Yorug‘likning qutblanishi Reja: Malyus qonuni



Download 362,5 Kb.
bet4/7
Sana12.07.2022
Hajmi362,5 Kb.
#782813
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sherzod33

Masalan, shisha uchun (n=1,53) Bryuster burchagi 56˚ ga yaqin. Boshqacha qilib aytganda tabiiy yorug‘lik nuri shisha plastinkaga 56˚ burchak hosil qilib tushurilsa qaytgan nur tushish tekisligiga perpendikulyar yo‘nalishda to‘la qutblangan bo‘ladi.

Bryuster qonunining fizik mohiyatini batafsilroq tushunaylik. Yorug‘likning qaytishi va sinishi ikki dielektrik chegarasida emas, balki vakuum bilan dielektrik chegarasida ro‘y berayotgan holda qaraylik. Tushayotgan yorug‘lik elektr maydoni ta’sirida dielektrik tarkibidagi elektronlar tebranma xarakatga keladi. Tebranuvchi elektronlar o‘z navbatida ikkilamchi kogerent to‘lqinlarni nurlantiradi. Ikkilamchi to‘lqinlar birlamchi to‘lqinlar bilan kogerentdir. Bu to‘lqinlar o‘zaro interferensiyalashishi tufayli qaytgan va singan nurlarning yo‘nalishlaridan tashqari barcha yo‘nalishlardagi tebranishlar so‘nadi. Elektron nazariya qaytgan va singan nurlarning tabiatini shu tarzda tushuntiradi. Ko‘p kristallarda yorug‘likning yutilishi yorug‘lik to‘lqini elektr va magnit vektorining yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu hodisa dixroizm deb ataladi. Bunday xossaga Malyus tajribasida ishlatilgan turmalin kristali ega. Biror qalinlikdagi turmalin kristali o‘zaro perpendikulyar qutblangan yorug‘likni (masalan, Еx) to‘la yutadi va qisman (Еu) to‘lqinni o‘tkazadi. Elektr vektori tebranishi o‘tadigan yo‘nalish plastinkaning ruxsat etilgan yo‘nalishi deb ataladi. Turmalin kristali chiziqli qutblangan yorug‘lik olish uchun qutblovchi polyarizator va yorug‘likni qutblanganligini tekshirish uchun analizator sifatida ham ishlatiladi.

Hozirgi vaqtda sun’iy polyaroid plyonkalar keng ishlatilmoqda. Polyaroidlar mumkin bo‘lgan yo‘nalishdagi tebranishni to‘la o‘tkazib, perpendikulyar yo‘nalishdagi tebranishlarni butunlay o‘tkazmaydi. Polyaroidlarni ideal qutblovchi filtrlar deb hisoblash mumkin. Ikkita ketma-ket joylashtirilgan ideal polyaroidlardan (P1 va P2) tabiiy yorug‘likni o‘tishini qaraylik (11.5-rasm). Birinchi polyaroid qutblovchi vazifasini bajaradi. U tabiiy yorug‘likni chiziqli qutblangan yorug‘likka aylantiradi. Ikkinchi polyaroid o‘ziga tushgan nurni tahlil qiladi, analizator vazifasini bajaradi.


Download 362,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish