Quvvati 108 Vt/sm2 va bundan katta yorug‘lik manbalari (lazerlar) bilan olib borilgan juda ko‘p tajribalar shuni ko‘rsatadiki, optik hodisalar xarakteri sezilarli darajada nurlanish intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Optik hodisalar xarakteri nurlanish intensivligiga bog‘liq bo‘lishini o‘rganuvchi optikaning bo‘limiga chiziqli bo‘lmagan optika deyiladi. 3. Yorug‘lik bosimi Yorug‘likning moddaga ko‘rsatadigan turli ta’sirlari orasida uning bosimi juda katta ahamiyatga ega. Yorug‘likning bosimi yorug‘lik elektromagnitik nazariyasining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |