ishonchga tayanadi. Kredit berish esa qarz oluvchining kreditga
389
asoslanadi. Shu sababli kredit shartnomasi bo‘yicha uchinchi shaxsga
birinchi shaxs nomidan kredit olish huquqi berilmaydi. Bu tartib
qonunchilikda o‘z aksini topmaganligi sababli uni shartnomadan albatta
shartlarning biri qatorida muhrlab qo‘yish kerak.
Shu bilan bir qatorda shartnomaga binoan birinchi shaxs
zimmasidagi qarzni uchinchi kishi zimmasiga o‘tkazilishi mumkin (agar
u birinchi mijoz zimmasidagi barcha qarz majburiyatlarini to‘lashni o‘z
zimmasiga olsa).
Kredit shartnomasining yana bir xususiyati shundaki, garchi
shartnomada yuridik jihatdan tomonlarning rasmiy teng huquqligi qayd
qilingan bo‘lsa-da, ammo bu yerda bank mavqeyining ustunligi saqlanib
qoladi. Bu hol bankning o‘z manfaati nuqtayi nazardan mijozga o‘z
tazyiqini namoyon qilishda, unga iqtisodiy samarasiz operatsiyalarni
majburlab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Masalan, kredit shartnomasida
kredit berish sanasi pul mablag‘larini mijoz hisobvarag‘iga qayd
qilingan kun sanasi emas, balki mijoz hisobvarag‘iga ssuda provodka
qilingan sana yoki bankning korrespondent hisobvarag‘idan
mablag‘larni hisobdan chiqargan sana hisoblanadi.
[244]. Odatda kredit shartnomasining quyidagi bo‘limlari mavjud:
mijozning qarz majburiyati;
kredit berish to‘g‘risidagi bitim;
ta’minlanganlik;
cheklovchi shartlar;
mijoz tomonidan beriladigan kafolatlar;
kredit shartnomasini bajarmaslik hollari.
Bank mijozga kredit berishga rozi bo‘lsa, ular o‘rtasida shartnoma
tuziladi va imzolanadi. Birinchi bo‘lib, olinayotgan kredit hajmiga qarz
majburiyati imzolanadi. Qarz majburiyatida kreditga o‘rnatilgan foiz
miqdori va kreditni qoplash muddati ko‘rsatiladi. Qarz majburiyati bilan
birga yirik firma va kompaniyalar ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish
sharti bilan kredit shartnomasini imzolaydilar va bank bu shartnomaga
asosan kelishilgan kredit hajmi miqdorida o‘rnatilgan muddat ichida
mijozga kredit berish majburiyatini oladi.
Beriladigan kreditlar ta’minlangan yoki ta’minlanmagan (ishonchga
asosan) bo‘ladi.
Ta’minlangan kreditlar mijoz mulkini garovga olish orqali
beriladi. Garov tariqasida ko‘chmas mulk, avtomobil, qimmatli
qog‘ozlar va boshqa likvid boyliklar berilishi mumkin.
390
Ishonchga tayanib beriladigan kreditlarga garov olinmaydi.
Bunda asosan mijozning obro‘-e’tibori, daromadlari darajasining
yuqoriligi asosiy omil hisoblanadi.
Ko‘pgina kredit shartnomalarida banklar mijozlariga cheklanishlar
belgilaydilar. Bu cheklanishlar ikki xil bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: