Importni kreditlash ham tijorat va bank krediti shaklida bo‘ladi.
Bu kreditlar ikkiga bo‘linadi:
Ochiq hisob bo‘yicha kredit (eksportyor yuklangan tovarlarni
importyor qarzi sifatida uning hisobiga yozib qo‘yadi, importyor esa
kreditni ma’lum bir muddatda to‘lash javobgarligini oladi). Bunda
qarzdorlik vaqti-vaqti bilan tugatilib boriladi. Tovar ham, o‘z navbatida,
muntazam jo‘natiladi. Bu holatda banklar savdo kontragentlari hisob-
kitoblarida vositachi funksiyasini bajaradi.
Veksel – kredit, bunda eksportyor tovarni kreditga sotish bitimini
imzolab tratta (o‘tkazma veksel) ni importyorga taqdim etadi. Oxirida
tovar hujjatlarini olgan shaxs trattani akseptlaydi, ya’ni veksel
summasini ko‘rsatilgan muddatda to‘lash javobgarligini oladi.
Import bo‘yicha bank kreditlari quyidagi shakllarda ham bo‘lishi
mumkin:
Akseptli kredit – aksept yoki importyor bankning eksportyor
trattasini to‘lash roziligi bilan beriladi. Bunda importyor to‘lov vaqti
kelganda bankka qarz summasini ma’lum qiladi, bank uning eksportyor
oldidagi javobgarligini yopadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |