Xulosa
Iqtisodiy sub’ekt tomonidan o‘z biznesi uchun institutsional muhitni – oshkora yoki xufyona – tanlash to‘g‘risidagi qaror birinchi va ikkinchi holatlarda bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlarini qiyoslash orqali belgilanadi. Boshqacha aytganda, qonunga bo‘ysunish normasi yana bir bor oqilona asoslanadi: shaxs uning talabini mutlaq imperativning ta’siri ostida emas (qonuniy narsalarning hammasi yaxshi), balki qonunga amal qilishdan kutilayotgan foydalar tufayli bajaradi. Qonunga ixtiyoriy bo‘ysunishga
undovchi omillar shaxsda faqat, davlat iqtisodiyotining oshkora sektorida transaksiya xarajatlarini pasaytirish yo‘li bilan uning manfaatlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan taqdirda, paydo bo‘ladi.
Iqtisodiy sohada xufyona bilimlar amalga oshiriladigan o‘yin qoidalarida, birinchi galda bozor konstitutsiyasidan bitimlarning barcha ishtirokchilarini «o‘ziniki» va «begonalarga» ajratish bilan katta farq qiladi. O‘zinikilarga nisbatan opportunizmni oldini olishning ijtimoiy mexanizmlari amal qiladi, ishonch va o‘zaro yordam me’yorlari hukmronlik qiladi.
Aksincha, «begonalarga» nisbatan opportunizm me’yor bo‘lib qoladi. T.Veblen yozganidek, xufyona iqtisodiyot «hasadguylik raqobatchiligiga» asoslangan «yovvoyi» bozor modeliga juda yaqin. Va nihoyat, xufyona iqtisodiyot maksimal darajada fragmentlangan va mozaikli, u to‘liq tizim shaklini qabul qilmaydi hamda bozorning barcha ishtirokchilari uchun yagona va majburiy bo‘lgan konstitutsiyani qabul qilmaydi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, qonunga bo‘ysunishning yuqori narxiga muqobil variant ham g‘oyat qimmat ekan.
«Xufiyona» iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim, Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi: Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabr
konvensiyasi; Korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabr konvensiyasi; Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999-yil 9-dekabr xalqaro konvensiyasi.
Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi:
Yevropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar);
Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Yevropa Ittifoqining pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002-yil 8-fevral) miqyosi, korrupsiya, soliqdan bo‘yin tovlash, uyushgan
jinoyatchilik iqtisodiyoti, iqtisodiyotning jinoiylashuvi, narkobiznes, terrorizm iqtisodiyoti, jinoyatchilikka qarshi kurashni iqtisodiy jihatdan maqbullashtirishning umumiy prinsiplari.